Передняя сторона обложки
Savdo siyosatining moliyaviy usullari: Eksport kreditlari
Download 2.2 Mb.
|
taqdimot 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Savdo siyosatining moliyaviy usullari: Demping
Savdo siyosatining moliyaviy usullari: Eksport kreditlari
Eksport kreditlari tashqi savdo siyosatining moliyaviy usuli bo’lib, u milliy firmalar eksporti rivojlanishini davlat tomondan moliyaviy rag’batlantirishni nazarda tutadi. Eksport kreditlari quyidagi ko’rinishda bo’lishi mumkin: • Milliy eksportyorlarga subsidiyalashgan kreditlar — davlat banklari tomonidan bozor stavkasidan past stavkada kreditlar berilishi; • Xorijiy importyorlarga davlat kreditlarini berilishi, ya’ni kredit bergan mamlakat tovarini sotib olish sharti bilan; • Milliy eksportyorlarni eksport risklaridan sug’urtalash. Eksport kreditlari: qisqa muddatli, o’rta muddatli va uzoq muddatli bo’lishi mumkin. Eksport kreditlari bo’yicha eng yirik uyushmalardan biri Eksport krediti guruhi – Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti doirasida eksportni kreditlash bo’yicha hukumat va agentliklar vakillari guruhi hisoblandi. Bu guruh 2 yil va undan ortiq muddatli eksport kreditlarini tartibga soladi. Ikkinchi yirik tashkilot Bern ittifoqi, ya’ni kreditlar va investitsiyalarni sug’urtalash bo’yicha xalqaro ittifoqdir. Savdo siyosatining moliyaviy usullari: Demping Tashqi savdoni notarif usullar bilan tartibga solish amaliyotini o’rganish shuni ko’rsatadiki, eksport subsidiyalari ko’pincha dempingga – xorijiy bozorlarda eksportyor mamlakat ichki bozoridagi o’rtacha narxga nisbatan past baholarda sotishga moddiy asos bo’ladi. Mutaxassislar dempingning quyidagi variantlarini ajratib ko’rsatishadi: . Tasodifiy — eksportyorda tasodifiy ortiqcha tovarlarni paydo bo’lishi bilan bog’liq; . Vaqtinchalik — eksportyor tomonidan boshqa mamlakat bozoriga tezlik bilan kirib borish uchun qo’llaniladi; . Doimiy — monopolist kompaniya tomonidan, uning tashqi iqtisodiy faoliyati davlatning doimiy qo’llab-quvvatlashi sharoitida, tashqi bozorlarda foydani maksimallashtirish uchun qo’llaniladi, bunda ichki bozorda nisbatan yuqori narx saqlab turiladi. Etibor uchun raxmatDownload 2.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling