[Переслано от Sanaqulova Mahbuba]


Download 42 Kb.
Sana29.12.2022
Hajmi42 Kb.
#1072314
Bog'liq
Azizga sovg\'a


Aziz, [30.11.2021 19:13]
[Переслано от Sanaqulova Mahbuba]
Nafsilamrini aytganda, mavjud va bir necha oʻn yillardan buyon hukmron boʻlgan muhitni, sharoitni oʻzgartirib, xalq hayotini yangi, nurli manzillarga burib yuborish dunyo davlatchiligi tarixida juda kam odamlarga nasib qilgan. Va oʻz navbatida, xalq ham mudom shunday Yoʻlboshchilar, Sardorlarga ehtiyoj sezganini tarixdan yaxshi bilamiz.

Shu maʼnoda gapirganda, bugun jamiyatda, odamlar orasida bir mehrga yoʻgʻrilgan istiloh paydo boʻldiki, u singdirilgan yo uqtirilgan emas, balki samimiy bir eʼtirofdir. Xalqning, odamlarning oʻz Prezidentiga bildirayotgan samimiy dil izhoridir.


Bu qariyb yuz yil davomida xalq tomonidan davlatga berilayotgan ilk xolis baho, mafkuralashmagan, oddiy va samimiy – “Mening Prezidentim!” degan kalomdir!


“Xalq — demokratik davlatning avom raiyati emas, balki fuqarosidir. Qachonki, davlat oʻz fuqarolarining huquqlarini himoya qilsa, bunga javoban fuqarolar ham davlatga nisbatan sadoqatli boʻladi. Ayni paytda jamiyatdan oʻzini ayri tutgan avtoritar tuzum hukumati esa oʻz xatti-harakatlariga xalqdan rozilik olish majburiyatini bermagan holda, ulardan itoatkorlik va sodiq xizmat talab qiladi...”


2000-yillarda AQSH Davlat depar­tamenti axborot boʻlimi tomonidan tayyorlangan hisobotdan olingan ushbu iqtibosda toʻgʻridan-toʻgʻri sobiq sovet davlati va yoki postsovet jamiyatlari haqida gapirilmayotgan boʻlsada, matn ohangi bizning ruhiyatimizga uncha begona emasdek tuyuladi. Bu ichki tuygʻu esa total va avtoritar boshqaruvga qurilgan tuzumlarning formulasi bir xilligini koʻrsatishga yaxshi misol boʻlishi mumkin.


Vaholanki, shunday ekan, biz ham ushbu nazariyalar toʻlqinini hayotimizda koʻrdikmi? Zikr etilayotgan manzara ­xolstida oʻzimizni koʻrib, tanib olishimiz mumkinmi? Ha, mumkin, hatto baʼzi oʻrinlarda bundan hamon qutula olganimiz ham yoʻq.


Bizning davlat haqidagi tushuncha va tasavvurlarimiz koʻpchilik hollarda epik xarakter kasb etib keldi: yer davlatniki, suv davlatniki, koʻchalar, uylar, shaharlar, daryoyu koʻllar, bilagi kuchga toʻla koʻp millionli, horish nimaligini bilmaydigan ishchilar (odamlar) sinfi hamma-hammasi davlatniki, xalq uni asrashi, avaylashi va neʼmatlarni yana-da koʻpaytirish uchun xizmatkor boʻlishi ­kerak.


Xuddi qadim ertaklardagiday... Davlat goʻyoki bir ummon oʻrtasidagi tiyiqsiz girdob — suv yuzida koʻringan narsa borki, tortib, yutib ketadi. Mehnat, mehnat, mehnat... Koʻrayotgan kunidan norozi boʻlish, savol berish, insoniy haq-huquq haqida gapirish, hatto sitamlar ogʻrigʻidan ovoz ­chiqarib ingranish bu davlatga xiyonat va shakkoklik boʻlishi mumkin edi.


Adolat nuqtayi nazaridan aytganda, shu insofdanmi? Uchinchi ming yillikda, axborot asrida yashayapmiz, deya hayqi­rayotgan odam uchun-a?..


1


Albatta, davlat va jamiyat orasidagi qutblashuv shunday haddidan oshib ketgan paytlarda bunday sarkash munozaralarning tugʻilishi notabiiy boʻlmaydi. Afsuski, bizda uzoq yillar shakllantirilgan zehniyat (mentalitet) — kommunistik axloqqa koʻra, davlat haqidagi tasavvurlarimiz shunday shaklga

Aziz, [30.11.2021 19:13]


[Переслано от Sanaqulova Mahbuba]
Prezident Shavkat Mirziyoyev ish boshlagan ilk kunlarda soʻz erkinligi va ijtimoiy tarmoqlarning “jilovini boʻshatish” haqida munozaralar qizigan paytlarda koʻpchilik qatori, ochigʻi, men ham xavotirlanganman. Negaki, ichkaridagi ahvoldan hammamiz yaxshi xabardor edik. Ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va maishiy muammolar bir-biriga oʻrin bermas darajaga kelgan edi. Shunday bir pallada oʻnlab yillar davomida OAV uchun deyarli yopiq boʻlgan jamiyat — odamlarga oʻz fikrini ochiq bayon qilish huquqini berishi, goʻyoki dambaning tiqinlarini birvarakayiga boʻshatishday gap edi. Shunday boʻldi ham. Ijtimoiy tarmoqlar odamlarning chaqiriqlari, bayonotlari va adolat soʻrab ­yozayotgan nomalariga toʻlib ketdi.

Va ayni shu narsa bizda uzoq yillar davomida Shalabiy aytgan “ijtimoiy inqiroz” soʻzi prinsip sifatida mutlaqo tilga olinmaganini isbotlab berdi, desam, yanglishmagan boʻlaman, nazarimda.


Iloji boricha “istalmagan ovoz” chiqadigan tirqishlarni bekitish, matbuot va boshqa targʻibot qurollari orqali ortiqcha zavq-shavqqa berilish davlat bilan jamiyatning orasiga harir bir parda tashladiki, aslida u har ikki ijtimoiy toifani bir-biridan begonalashtirishga xizmat qildi.


Bu usul mohiyatan qaralganda, mustabid tuzum anʼanasining maʼnaviy asorati edi. Xalq bilan hisoblashmaslik, jamiyat ovozini nazar-pisand qilmaslik, bularning ustiga, tinimsiz tarzda itoatkorlik va sodiqlikni talab qilish ayni oʻtmish atmosferasini esga solib turardi.


Odamlarning davlat tushunchasidan qoʻrqishi, taysallashi bir huquqshunos doʻstimiz koʻp takrorlaydiganiday, xalqning huquqiy savodi pastligida emas, balki xalqning davlat haqidagi tasavvurlari dahshatli xotiralar bilan toʻlib-toshib ketganida edi. Davlatniki, davlatga tegishli, davlat odami, degan mulohazalar ortida, albatta, qandaydir jazo muqarrarday, hech boʻlmaganda yashirin turganday tuyulishi hech qanday Freydcha shizofrenik simptomlarga emas, ­balki tajribaga tayanardi. Chunki bu xalq yaqin bir asrda bosqinlarni, qatagʻonu qatliomlarni, ocharchiliklar va soʻngsiz tuhmatlarni boshidan kechirgan edi. U muttasil qoʻrqitilgan, xiyonat va aldovlarning qurboni boʻlgan edi.


Balki shuning uchun ham uning davlat haqidagi tasavvurlari epik xayollarga qorishib ketdi, skepsis (shubha va ishonchsizlik bilan qarash) tus oldi. Ochiqchasiga davlatdan qoʻrqdi, choʻchidi, undan begonasiradi. Davlat, uning yuqori lavozimli mulozimlari ham xuddi uningdek oddiy odam, shu elning bolasi ekanini tasavvuriga sigʻdira olmadi.


Yaqinda televizorda bir ayolning intervyusini koʻrdim. Qizi gematologik kasallik bilan ogʻrib, kasalxonaga tushgan asakalik Dilfuza Xolmatova muxbirga bemor qizining ahvoli, yaratilgan sharoitlar haqida gapira turib, Hayit kuni ularni qutlab, bu yerga davlatimiz rahbari kelganini hikoya qilib, taassurotlarini shunday soʻzladi: «Men ­Prezidentni oldin televizorda koʻrganman, yonidan birinchi koʻrishim... Sodda, samimiy odam ekan, mehribon, bizga boʻlgan mehri shundoq koʻzlaridan koʻrinib turibdi... Men hech bunday oʻylamovdim».


Oddiy xalq vakili tomonidan aytilgan shu detal sizga jamiyat va davlat orasidagi masofaning qanchalik uzoqlashib ketganini koʻrsatib berishga yetadimi, yoʻqmi?!


3


Albatta, biz ochiq jamiyatda yana-da erkinroq koʻrinishni istaymiz. Koʻpchiligimiz allaqachonlar “siyosiy populizm” degan dardga ham chalinib ulgurdik. ­Tanqid qilish, inkor etish, boʻlayotgan ishlarga, yoʻq unday emas, deya oyoq tirash
Download 42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling