12–mavzu. Ta`lim jarayonida zamonaviy innovatsion texnologiyalarni
qo`llash imkoniyatlari.
Zamonaviy ta’limni tashkil etishga qo‘yiladigan muhim talablardan biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir. Qisqa vaqt orasida muayyan nazariy bilimlarni o‘quvchilarga yetkazib berish, yangicha yondashuvni talab etadi.
13–mavzu. Ta’lim jarayonida innovatsion muhitni yaratish sharoitlari .
Pedagogik texnologiya o‘z mohiyatiga ko‘ra sub’ektiv xususiyatga ega, ya’ni, har bir pedagog ta’lim va tarbiya jarayonini o‘z imkoniyati, kasbiy mahoratidan kelib chiqqan holda ijodiy tashkil etishi lozim.
14–mavzu. Тa’limning zamonaviy texnologiyalari.
Insoniyat sivilizatsiyasining quyi bosqichlarida shaxsni tarbiyalash, unga ta’lim berishga yo‘naltirilgan faoliyat sodda, juda oddiy talablar asosida tashkil etilgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib ta’lim jarayonini tashkil etishga nisbatan o‘ta qat’iy hamda murakkab talablar qo‘yilmoqda.
15–mavzu. Zamonaviy ta`limda AKTning ahamiyati.
Hozirda ta’lim muassasalari zamonaviy kompyuter, axborot kommunikatsiya texnologiyalari asosida jihozlanmoqda. Bu pedagoglarni o‘z mehnat faoliyatlariga yangicha yondashuvlarini talab etadi. Zamonaviy texnologiyalarning joriy etilishi pedagogni o‘quv jarayonida ta’lim vositalari asosida faoliyat doirasining cheklanishiga emas, balki uning vazifalari va rolini o‘zgarishiga, pedagogik faoliyatning mukammallashuviga olib keladi
|
II semestr
16-mavzu. Keys-stadi texnologiyasi. “Case” so‘zi, lotincha “casus” - “voqea, hodisa” so‘zidan kelib ehiqqandir. Keys-stadi tuzish texnologiyasi. “Keys-stadi” yordamida o ‘qitishda muammolar aniqlanadi, yechimlar topiladi, tavsiyalar ishlab chiqiladi.
17-mavzu. Modulli o‘qitishning mohiyati. «Modulli o‘qitish» termini xalqaro tushuncha - modul bilan bogiiq bo‘lib («modul», lot. modulus), uning bitta ma’nosi faoliyat ko‘rsata oladigan o‘zaro chambarchas bog‘liq elementlardan iborat bo‘lgan tugunni bildiradi. Modulli o'qitish asosan inson bosh miyasi to‘qimalarining modulli tashkil etilganligiga tayanadi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |