Perinatal va chaqaloqlik davrida psixofiziologik rivojlanishga xos xususiyatlar haqidaumumiy tushuncha. Tug’ilish davri inqirozi. «Tirilish kompleksi»


Download 34.3 Kb.
bet2/3
Sana30.04.2023
Hajmi34.3 Kb.
#1408162
1   2   3
Bog'liq
ALIMJONOVA 03

Homila bosqichi(9- 38 hafta)
Embrionga amnion suyuqligi bilan to‘lgan amnion qobig‘i joylashadi. Amnion qobig‘i embrionni himoya qilib, doimiy haroratini ta’minlab turadi. Embrion ona bilan ikki tizimcha orqali bog‘langan. Kindik tizimchasi embrionni yo‘ldosh bilan bog‘lovchi qon tomirlaridan iborat. Yo‘ldoshga qon tomirlar kindik tizimchasi orqali onaning qon tomirlarigacha etib boradi, lekin bevosita ular bilan birlashmaydi. Qon kindik qon tomirlarining barmoqsimon o‘simtalari –qilchalar orqali oqadi. Qilchalar ona qon tomirlariga bevosita yaqin joylashgan, bu vitaminlarning o‘tishi, Shuningdek, ona qoniga almashinuv mahsulotlarining diffuziya mexanizmi hisobiga ajralish imkonini beradi. Tana qismlari va organizm tizimlari embrional davrda shakllanadi va homila bosqichida o‘z vazifalarini samarali bajara boshlaydi. Tana qismlari va ichki organlar hosil bo‘lishi bilan ona qornida rivojlanishning ikkinchi muhim bosqichi nihoyasiga etadi. Organlarning o‘z vazifasini bajara boshlashi navbatdagi oxirgi bosqichga to‘g‘ri keladi.
Homila bosqichi(9- 38 hafta)
Embrionga amnion suyuqligi bilan to‘lgan amnion qobig‘i joylashadi. Amnion qobig‘i embrionni himoya qilib, doimiy haroratini ta’minlab turadi. Embrion ona bilan ikki tizimcha orqali bog‘langan. Kindik tizimchasi embrionni yo‘ldosh bilan bog‘lovchi qon tomirlaridan iborat. Yo‘ldoshga qon tomirlar kindik tizimchasi orqali onaning qon tomirlarigacha etib boradi, lekin bevosita ular bilan birlashmaydi. Qon kindik qon tomirlarining barmoqsimon o‘simtalari –qilchalar orqali oqadi. Qilchalar ona qon tomirlariga bevosita yaqin joylashgan, bu vitaminlarning o‘tishi, Shuningdek, ona qoniga almashinuv mahsulotlarining diffuziya mexanizmi hisobiga ajralish imkonini beradi. Tana qismlari va organizm tizimlari embrional davrda shakllanadi va homila bosqichida o‘z vazifalarini samarali bajara boshlaydi. Tana qismlari va ichki organlar hosil bo‘lishi bilan ona qornida rivojlanishning ikkinchi muhim bosqichi nihoyasiga etadi. Organlarning o‘z vazifasini bajara boshlashi navbatdagi oxirgi bosqichga to‘g‘ri keladi.
Homila bosqichi(9- 38 hafta)

Homila bosqichi oxirgi va eng uzoq davom etadigan bosqich bo‘lib, to‘qqizinchi haftasidan boshlab, tug‘ruq bilan tugallanadi. Bu vaqtda homilaning tana o‘lchamlari kattalashadi va organizm tizimlari faoliyat yurita boshlaydi. 4 oylikdan homilaning og‘irligi 113,4 grammdan 226,8 grammgacha etadi. Oxirgi 5 oyda homilaning og‘irligi 1984,5 grammdan 2268 grammgacha o‘lchamlari kattalashib borishini ko‘rish mumkin.


1. Tuxumdon va urug‘don differensiatsiyasi
2. Qon tomir tizimining faoliyati
3. Homila harakatining onaga sezilishi.
4. Homila boshida soch qoplanishining hosil bo‘lishi .
5. So‘rish va yutish faoliyati.
6. Bosh miyaning maxsus faoliyati.
7. Homilaning hayotchan davri.
8. Og‘irligini tezda ko‘paytirib olishi.
9. Tug‘ruq.

2. Chaqaloqlik (tug’ilganidan boshlab bir-ikki oylikkacha). Bola ko’pchilik jonivorlarning bolasiga qaraganda ancha ojiz tug’iladi. U nisbatan cheklangan xulq-atvor, tashqi olamga moslashishning muqarrar-reflektor shakllari jamg’armasiga ega bo’ladi. Shuning uchun bolaning ushbu rivojlanish davri “tug’ilish davri inqirozi” deb ham ataladi. Tug’ma xulq-atvor shakllarining kamligi bola kuchsizligini emas, kuchini tashkil etadi – u deyarli cheksiz aqliy rivojlanish, xulq-atvorning yangi shakllariga ega bo’lishning yangi tajribalarini o’zlashtirish imkoniga bog’liq bo’ladi. Chaqaloq rivojlanishining farqli jiyatlari shuki, uning analizatorlari faoliyati somatik (jismoniy) harakatlarga qaraganda tezroq shakllanadi. Shu asosda munosabat refleksi rivojlanadi va xilma-xil shartli reflektor aloqalari shakllana boshlaydi. Chaqaloqlik davri oxiri va go’daklikning boshlanish davri “tirilish kompleksi” deb ataladi va bu davrda kattalarnnig paydo bo’lishiga munosabat bildirish paydo bo’ladi. Go’daklikda (bir-ikki oylikdan bir yoshgacha) go’dak to’laligicha kattalarga bog’liq bo’ladi (uni ovqatlantirishadi, yuvintirishadi, yo’rgaklashadi, ag’darib qo’yishadi, qo’lga olishadi, sayr qildirishadi, allalashadi, gapirishga, yurishga o’rgatishadi va h.k.). Bola hayotining birinchi yili so’ngiga kelib go’dak ayrim so’zlarni tushunadi va ilk so’zlarni ayta boshlaydi. Tasodifan odamlar davrasidan chiqib qolgan inson bolasi o’z rivojlanishida insoniy imkoniyatlar darajasigacha ko’tarila olmaydi. Faqat ijtimoiy muhit va ta’lim natijasidagina bolada insonlarcha his qilish va fikrlashga qodir shaxsiyat shakllanadi. Go’daklik so’ngida bolalar kattalarga taqlid qila boshlaydilar. Maqsadli harakat va taqlid intensiv rivojlanayotgan intellektdan (aqliy faoliyatdan) dalolat beradi. Bola harakat jarayonida, o’zining va boshqalarning harakatlariga taqlid qilib, fikrlashga o’rganadi.
Ko’pchilik psixologlar tug’ilgandan voyaga yetgunga qadar insonning psixologik rivojlanish yo’lining o’rtasi 3 yosh deb hisoblashadi. Uch yoshli bola o’z-o’ziga xizmat qila oladi, atrofdagi odamlar bilan o’zaro munosabatga kirishishni biladi. Bunda u og’zaki muloqot qilishni biladi, unda xulq-atvorning eng oddiy shakllari shakllanadi. Bola uch yoshda yetarlicha faol va atrofdagilarga tushunarlidir. Uning xarakteri va temperamenti xususiyatlari allaqachon namoyon bo’la boshlaydi. L.N.Tolstoy shunday deydi:
Besh yoshdan to mengacha – bir qadam,
Tug’ilishdan besh yoshgacha – abadiyatdir,
Homiladan tug’ilishgacha – girdobdir,
Yo’qlikdan homilagacha – mavhumlikdir,
L.N.Tolstoy yana shunday deydi: Chaqaloqning yangi sharoitda yashashini ta’minlovchi asosiy omil tug’ilishda unda vujudga kelgan tabiiy mexanizmlardir. U tashq’i sharoit va muhitga moslashish imkonini beradigan, nisbatan etilgan nerv sistemasi bilan tug’iladi. Tug’ilganidan boshlab mazkur reflekslar organizmda qon aylanishi, nafas olish hamda nafas chiqarishni ta’minlaydi. Birinchi kundanoq kuchli qo’zg’atuvchilarga nisbatan ko’zni qisish, pirpiratish, uning qorachig’ini kengaytirish yoki toraytirish mexanizmlari ishlay boshlaydi. Bu reflekslarni himoya reflekslari deyiladi. Chaqaloqda himoya reflekslaridan tashqari, qo’zg’atuvchilar bilan aloqa o’rnatishga xizmat qiladigan reflekslar ham bo’ladi. Bularni orientir reflekslari deb ataladi. Chaqaloqlarni kuzatishlarda ikki uch kunlik bola xonaga quyosh nuri tushishi bilan boshini yorug’lik tomonga burishi, chaqaloq xonaga asta kirib kelayotgan nur manbaini ham sezishi yaqqol ko’rindi.
3. Ilk bolalik davri.- Go‘daklik davridan so‘ng rivojlanishning yangi bosqichi ilk bolalik (1-3 yosh) davri boshlanadi, Ilk bolalik davri bola hayotidagi eng ahamiyatta molik, uiing kelajakdagi psixologik rivojlanishini belgilab beruvchi - muhim davr hisoblanadi. Bu davrdagi rivojlanishning asosini bolaning to‘tri yurishi, mulohotta kirishishi va predmeatsh faoliyatni egallash xususiyatlari tashkil etadi. Tikka va to‘g‘ri yura olish imkoni bolani, doimiy ravishda yangi ma’lumotlarni egallashga zamin bo‘ladi. Bu yoshdagi bolalar o‘z xatti—harakatlari bilan juda faol va kattalar bilan muloqotga kirishishga intiluvchan bo‘ladilar. 3-7 yoshgacha bulgan davr bogcha yoshi davri xisoblanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasida juda tez sifat uzgarishlari bulishini inobatga olgan xolda 3 davrga (3-4yosh) kichik maktabgacha davri(4-5yosh)kichik bogcha yoshi urta maktabgacha davr( urta bogcha yoshi) 6-7 yosh va katta maktabgacha davr katta bogcha yoshilarga ajratish mumkin.Bola rivojlvnish jarayonida odamlarning ilgari utgan avlodlari tomonidan yaratilgan predmet va xodisalar olami bilan aloxida maxsus munosabatga kirishadi.Bola insoniyat kulga kiritgan barcha yutuklarni faol ravishda uzlashtirib,egallab boradi.Bunda predmetlar olamini,xamda ular yordamida amalga oshiriladigan xatti – xarakatlarni, tilni , odamlar orasidagi munosabatlarni egallab olishi, faoliyat motivlarining rivojlanishi, kobiliyatlarning usib borishi, katta yoshli kishilarning bevosita yordamida amalga oshirilib borilmogi kerak Asosan mana shu davrdan boshlab bolaning mustakil faoliyati kuchaya boshlaydi. Bogcha yoshdagi bolalarga beriladigan tarbiya ularning murakkab xarakatlarini takomillashtirish, elementar gigiena, madaniy va mexnat malakalari xosil kilish, nutkini ustirish xamda ijtimoiy axolk va estetik didning dastlabgi kurtaklarini yuzaga keltirish davridir.
Bog‘chagacha bo‘lgan Yosh davrining birinchi yarmida bolalar predmetlar bilan harakat qilib, tanishib boradilar. Harakatlarning barcha koordinatsiyasi bolada barqaror diqqatning rivojlanishiga, idrokning aniq bo‘lishiga va iroda kuchining o‘sishiga olib keladi. Ammo bolalarning harakatlari kattalarning harakatlariga taqlid qilish xarakteriga ega bo‘­ladi. Biror bir harakatni o‘z vaqtida o‘zlashtirishi bilan bola uni asta-sekin mustaqil bajara boradi, bu harakat unda dadillik, ishonch va sabr-matonatlilik kabi ijobiy hislatlarning tarkib topishiga yordam beradi. Bola hayotining uchinchi yilida, ya’ni organizmning intensiv o‘sishi va rivojlanishi davrida harakatlarning kam bo‘lishi bolaning umumiy o‘sishi­ga salbiy ta’sir etadi. SHu sababli asosiy harakatlar (yurish, yugurish, predmetlarga tirmashib chiqish) bilan birgalikda, qo‘l harakatlariiing ham to‘g‘ri va o‘z vaqtida rivojlanishi haqida g‘amxo‘rlik qilish zarurdir. Bolaning harakatlarini asosan uning kundalik faoliyati jarayonida o‘stirib borishga e’tibor berish kerak. Masalan, mustaqil ravishda yuvinish, kiyinish, ovqatlanish, gigienik mashqlar, o‘yin va boshqalar.

Download 34.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling