Oksalat kislota (yoki uning tuzlari)ning standart eritmasini tayyorlash. Ish eritmasi KMnO4 ning tayyorlangan eritmasi qanday normallik (0,05N) da bo’lsa oksalat kislota eritmasi ham shu normallikda tayyorlansa maqsadga muvofiq bo’ladi.
Oksalat kislotaning 0,05 N eritmasidan 250 ml tayyorlash uchun kerak bo’ladigan tortimi massasini quyidagicha hisoblash mumkin:
Shuncha massadagi H2C2O4 ∙ 2H2O tortimi analitik tarozida o’lchanib, 250 ml hajmli o’lchov kolbasida eritiladi, eritma hajmi suv bilan belgigacha yetkazilib, yaxshilab aralashtiradi. Tayyorlangan eritma titri va normalligi olingan tortim massasi asosida aniqlanadi. Shundan so’ng, oksalat kislota eritmasini standart eritma sifatida KMnO4 eritmasi titrini aniqlashda foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |