Permanganatometriya metodi


II.4. Mor tuzi tarkibidagi temir (II) miqdorini permanganatometriya metodi bilan aniqlash


Download 217 Kb.
bet8/16
Sana02.01.2022
Hajmi217 Kb.
#199306
TuriReferat
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Bog'liq
analitik kimyo

II.4. Mor tuzi tarkibidagi temir (II) miqdorini permanganatometriya metodi bilan aniqlash

Eritmalardagi Fe2+ miqdorini aniqlashni permanganatometriyadan foydalanishning muhim bir ko’rinishlaridan hisoblanadi. Mor tuzi (NH4)2SO4∙FeSO4∙6H2O yoki (NH4)2Fe(SO4)2 ∙ 6H2O eritmasini KMnO4 ning ishchi eritmasi bilan titrlanganda quyidagi reaksiya boradi:



Fe2+ - e = Fe3+

MnO4- + 8H+ + 5e = Mn2+ + 4H2O

Ayni shu holatda Mor tuzi ekvivalent massasi uning molyar massasiga teng va temirning ekvivalenti uning mol massasiga, ya’ni 55,85 g/molga teng.



Aniqlash tartibi. 250 ml hajmli o’lchov kolbasiga ma’lum hajmdagi Mor tuzi eritmasidan solib, kolbadagi eritma hajmi distillangan suv qo’shib belgisigacha yetkaziladi va batafsil aralashtiriladi.

Pipetka bilan tayyorlangan eritmadan 25 ml olib titrlash kolbasiga solinadi, ustiga sul’fat kislotaning 2N eritmasidan 10-15 ml qo’shiladi va byuretkadagi kaliy permanganatning ishchi eritmasi bilan titrlanadi. Titrlash xona temperaturasida olib boriladi. Kaliy permanganat eritmasini qo’shish titrlanayotgan eritma 1-2 minutda yo’qolmaydigan och pushti rangga kirganda to’xtatiladi. Titrlash jarayoni kamida 3 marta takrorlanadi, bir-biriga yaqin hajmlarni o’rtachasi olinadi va tekshirilayotgan eritmadagi temirning grammlar miqdori hisoblab topiladi.


Yozish tartibi

  1. Mor tuzining eritmasini KMnO4 ning ishchi eritmasi bilan titrlash.

1-titrlash uchun ketgan 0,04850 N KMnO4 eritmasi V1=23,85 ml

2-titrlash uchun ketgan 0,04850 N KMnO4 eritmasi V2=23,80 ml



3-titrlash uchun ketgan 0,04850 N KMnO4 eritmasi V3=23,75 ml



  1. KMnO4 eritmasi titrini aniqlanuvchi modda – temir (II) bo’yicha hisoblash.





  1. Mor tuzi eritmasi tarkibidagi temir (II) miqdorini hisoblash.

Agar 25 ml tekshirilayotgan Mor tuzi eritmasini titrlash uchun kaliy permanganatning ishchi eritmasidan o’rtacha 23,80 ml sarflangan bo’lsa, 250 ml Mor tuzi eritmasi tarkibidagi temir (II) miqdori quyidagicha hisoblanadi:





Download 217 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling