Perseptiv obrazlarni kontur va sturkturaning ahamiyati Idrok va uning nazariyalari. Idrokning konstantligi
Download 452.66 Kb. Pdf ko'rish
|
Perseptiv obrazlarni kontur va sturkturaning ahamiyati Idrok va
Perseptiv obrazlarni kontur va sturkturaning ahamiyati 1. Idrok va uning nazariyalari. 2. Idrokning konstantligi. 3. Idrok turlari. 4. Idrokning yangi qirralari. 5. Illyuziya va gallyusinasiya. 6. Gestalt psixologiyasining asoslari. Idrok va uning nazariyalari. Idrok sezgilarga nisbatan murakkab va mazmundor psixik jarayon bo‘lib hisoblanganligi sababli barcha ruhiy holatlar, hodisalar, xususiyatlar, xossalar va inson ongining yaxlit mazmuni, egallangan bilimlar, tajribalar, kunikmalar bir davrning o‘zida namoyon bo‘ladi, aks ettirishda ishtirok qiladi. Idrok tushunchasi lotin tilida “perceptio” qabul qilish, idrok deb nomlanadi, uning yuqori bosqichi esa «appersensiya» (lotincha perception – idrok, qabul qilish) deyiladi. Appersepsiya – idrok jarayonini shaxsning oldingi bilimlari, shaxsiy va ijtimoiy tajribalari, qiziqishlari, motivasiyasi, ehtiyojlari va odatlari, umuman, ruhiy hayotning barcha mazmuni bilan belgilanishidir. Appersepsiya hodisasi tufayli odamlar o‘zaro idrokining mazmuni bilan bir- birlaridan muayyan darajada tafovutlanadilar, yaʼni ular aynan bir xil narsani o‘zining bilim saviyasi, maslagi, pozisiyasi, dunyoqarashi va ijtimoiy kelib chiqishiga asoslangan holda turlicha idrok qiladilar hamda aks ettiradilar. Masalan, “ildiz” tushunchasini biologlar o‘simliklarning moddiy asosi sifatida, matematiklar sonlarning ildiz ostidagi ko‘rinishida, ijtimoiy nuqtai nazardan qarindosh-urug‘chilik shaklida ko‘z ungiga keltiradi. Psixologiya fanida idrok muayyan shakllarga ajratilib tadqiq qilinadi, vaqt, harakat, fazo yordami bilan atrof-muhitning, biosferaning, ijtimoiy turmushning mohiyati yuzasidan axborotlar maʼlumotlar, xususiyatlar aks ettiradi. Borliqdagi narsa va hodisalarning yashash shakli, uzluksiz ravishda harakatda bo‘lishi , muayyan obʼektiv vaqt birligidagi hukm surilishi inson ongida bevosita inʼikos kilinadi. Odatda, inson tomonidan vaqtni idrok qilish, asosan, ruhiy hodisalar, holatlar, vaziyatlar, xususiyatlarning o‘zaro urin almashinuvi tufayli namoyon bo‘ladi va o‘ziga xos tugilishi bilan mazkur jarayonning boshqa shakllaridan farq qilib turadi. Vaqtni idrok qilish inson tomonidan aks ettirilayotgan vaqt birligining obʼektiv (haqqoniy, holis) mazmuniga, shaxsning unga nisbatan munosabatiga bog‘lik bo‘lib, xuddi shu mezon orqali uning maxsuldorligi o‘lchanadi. Masalan, shaxsning ehtiyoji, motivasiyasi, qiziqishlari va intilishga mos, muttanosib vaqt birligini, idrok birligini idrok qilgan taqdirdagina vaqt obʼektiv jihatdan (kechinmalar, xis-tuyg‘ularga nisbatan shaxsning ijobiy, haqqoniy munosabatlarida) tez o‘tganday idrok qilinadi, odatda, yoqtirmaslik, idrok maydoniga (qamrovga ) nomutanosiblik esa shaxsda zerikish, vaqt “ sekin” utinsh tuyg‘usini uyg‘otadi. Download 452.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling