Perseptiv obrazlarni kontur va sturkturaning ahamiyati Idrok va uning nazariyalari. Idrokning konstantligi


Download 452.66 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana16.06.2023
Hajmi452.66 Kb.
#1493464
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Perseptiv obrazlarni kontur va sturkturaning ahamiyati Idrok va

Fazoni idrok qilish – voqelikdagi narsa va hodisalarning fazoda 
egallagan urnini, shaklini, miqdorini va bir-biriga nisbatan munosabatlarning 
bilish jaryonlarning shaklidir. Voqelikni idrok qilish orqali inson borliq 


to‘g‘risida, uning xususiyatlari, hajmi, masofasi ( ich tomoni, chuqurligi 
yuzasidan muayyan maʼlumotlar, xossalar, axborotlar tuplash, ularni farqlash 
imkoniyatiga ega bo‘ladi. Idrokning har uchala shaklining yordami bilan 
dunyoni bilish jarayoni amalga oshadi, verbal va noverbal holatlar bilan bevosita 
va bilvosita yo‘l yordamida muayyan obrazlar (timsollar, tasvirlar, imidj) 
mujassamlashadi, natijada yaxlit inʼikos etish holati yuzaga keladi, bilishga oid 
aksariyat maxsullar tuplanadi. Idrok jarayonida uning fenomenlari (yunoncha 
“phainomenon – noyob, g‘ayriodatiy holat degan maʼno anglatadi) muayyan 
hodisalarni aks ettirishda ishtirok etadi, inʼikosning turlicha aniqlikda namoyon 
bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risida maʼlumot beradi. Ular jaxon psixologiyasi 
fanida gallyusinasiya (lotincha – hallucinftio «- alaxlash, bosinqirash, valdirash, 
yaʼni yo‘q narsalarning ko‘rinishi, eshitilishi, sezilishi), illyuziya (lotincha « 
illusio” xato, aldashish, yanglashish degan maʼnoni bildiradi), attraksiya 
(franso‘zcha «attraction» o‘ziga tortish, maxliyo etish, jalb qilish maʼnosini 
beradi), yaqqol ko‘rinish ( ruscha «yasnovidenie» yaqqol oldindan kurish, 
yaqqol g‘oyibdan xabar olish demakdir) tushunchalari orqali nomlanadi. 
Yaqqol voqelikdagi narsa va hodisalarning tana aʼzolarini qabul qilish 
analizatorlariga bevosita taʼsir etmasdan inson ongida turli obrazlarning 
(ovozlarning eshitilishi, sharpalarning sezilishi) xayolan, fikran paydo bo‘lishi 
dan iborat idrokning psixopatologik (ruhiy xastalik) hodisasiga gallyusinasiya 
deyiladi. Gallyusinasiya hodisasi muvaqqat ruhiy xastalikning alomati bo‘lib, 
baʼzan qurqinch xissi mahsuli hisoblanib, bosh miya katta yarim sharlari 
qobig‘idagi qo‘zg‘alish jarayonlarining nuqsonli, sust (patologik) harakati 
natijasida, goho asab tizimining zaharlanishi, zaiflashuvi, xaddan tashqari 
toliqishi tufayli yuzaga kelishi mumkin. Illuziya xissiy aʼzolarimizga bevosita 
taʼsir etib turgan narsa va hodisalarning noto‘g‘ri (noadekvat), yanglish, xato 
idrok qilishdan iborat jarayonining noyob hodisasidir. Baʼzan psixologiya fanida 
idrok qilishga olib keluvchi ko‘zgatuvchilar konfigurasiyasining (lotincha 
«contiguratio» tashqi tuzilishida o‘xshashlik, o‘zaro o‘xshashlik, joylashuvda 
yondashuvlik deganidir) o‘zi ham illyuziya deb ataladi. «Adekvat» tushunchasi 
lotincha «adaegguatus», yaʼni teppa-teng, mutlaqo mos, ayni to‘g‘ri demakdir. 
Illyuziyalarning bir turkumi optik geometrik illyuziyalar deb nomlanib, ular 
asosiy tasvir bilan uni kurshab turgan fazoviy joylashuvi bilan fark qiluvchi 
boshqa shakllar o‘rtasida ulchov munosabatining bo‘zilishida namoyon bo‘ladi. 
Tasvirlar yorug‘ fondi qora fonga nisbatan qoraroq tuyo‘ladi, yangi holat 
mahsuli deyiladi. Kontrast « contraste» - keskin qarama-qarshilik demakdir, 
boshqacha so‘z bilan aytganda yorug‘lik bilan fon o‘rtasidagi munosabat 
ifodasidir. « Fon « tushunchasi franso‘zcha «fond» deb atalib, asos, negiz, tag 
maʼnosini bildiradi. 

Download 452.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling