Persi bishi shelli. Poeziya himoyasi


Biroq bunday yanglishuvlar har doim ham jinoyat emas va ta’kidlangan shoirlarda shafqatsizlik, hasad, qasos, makkorlik va boshqa kuchli yovuzliklar kuzatilmagan


Download 36.28 Kb.
bet5/7
Sana16.06.2023
Hajmi36.28 Kb.
#1512234
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
PERSI BISHI SHELLI

Biroq bunday yanglishuvlar har doim ham jinoyat emas va ta’kidlangan shoirlarda shafqatsizlik, hasad, qasos, makkorlik va boshqa kuchli yovuzliklar kuzatilmagan.

Haqiqat tantanasi uchun bu masalani qanday o‘ylagan bo‘lsam, shunday chizgilar tartibida joylashtirishni maqbul, deb hisobladim. Bu traktat munozarali javob shaklida yozilmagan bo‘lsa-da, agar o‘quvchi haqqoniy e’tirof etsa, “Poeziyaning to‘rt asri”dagi qarashlarga raddiya mujassamlashgan (har holda, birinchi qismida). Mazkur asar muallifi bo‘lgan olim va mutafakkirni aynan nima g‘azablantirganligini topish qiyin emas. Xuddi u kabi men ham xirillagan Kodrlarning zamonaviy “Tezeida”si* bilan g‘ururlanishga muhtoj emasman. Baviy va Meviy* chidab bo‘lmas yaratmalar edi va shundayligicha qoladi. Biroq agar tanqidchi bir vaqtning o‘zida faylasuf bo‘lsa, u aralashtirib yuborishdan ko‘ra, ko‘proq farqlay bilishi kerak, deb o‘ylayman.

Mulohazalarimning birinchi qismi Poeziyaning mohiyati va tamoyillariga tegishli; asarning chegaralangan hajmi imkon berganicha poeziyaning go‘zallik va uyg‘unlikning boshqa shakllari bilan umumiy manbaga egaligi, inson hayotining mazmunini ifodalashi haqidagi fikrlarga to‘xtaldim. Shubhasiz, ular oliy ma’nodagi Poeziyani anglatadi.

Mulohazalarimning ikkinchi qismida bu umumiy tamoyillarni hozirgi zamon poeziyasiga tatbiq etishga harakat qildim, shuningdek, kundalik hayotimiz va qarashlarimizni poeziyaga tatbiq etish va ularning poetik ibtidoga bo‘ysunishini asoslashga intildim. Chunki xalq irodasi o‘zining buyukligi va erkinligini namoyon etgan pallalarda ingliz adabiyoti har doim kuchli yuksalishni boshdan kechirgan, hozir ham yangi hayot arafasida turibdi. Bizning davrimizda zamonaviy ijodkorlarning izzat nafsini kamsitayotgan holatlar uchrab turganiga qaramay, davrimiz yuksak ma’naviy jasoratlar asri bo‘lib tarixda qolajak; biz fuqaro va e’tiqod ozodligi uchun xalq kurashi zamonidan so‘ng paydo bo‘lgan kurashchilardan yuqoriroq turuvchi shoirlar va mutafakkirlar orasida yashamoqdamiz. Poeziya ezgu o‘zgarishlar, yangi jamiyat qurish uchun kurashga uyg‘otishda buyuk xalqning eng sodiq darakchisi, safdoshi va yo‘ldoshidir. Bunday vaqtlarda inson va tabiat haqida yuksak olovli so‘zlarni aytishga idrokimiz, qobiliyatimiz yanada ortadi. Kimlarki bunday qudratga to‘lgan bo‘lsalar, ular albatta, kelgusi kunlar haqida bashorat qilguvchi ruh hukmidadirlar. Ammo undan bosh tortgan taqdirlarida ham o‘z qalblaridagi Hukmron tuyg‘ularga xizmat qilishga mahkumdirlar.

Davrimizning shon-shuhratga erishgan yozuvchilarining asarlarini o‘qish va ularning hayajonli so‘zlaridagi jo‘shqin hayotning ehtirosli ifodasidan hayratga tushmaslikning iloji yo‘q. Ular g‘ayritabiiy zukkolik bilan inson tabiatining barcha qirralarini hamda chuqurliklarini qamray va chamalay olmoqdalar, balki boshqalarga qaraganda ularda shunday kuch-qudrat paydo bo‘lganidan hayratda qolish kerakdir, zero bu nafaqat o‘zlarining ruhi, balki, ayni paytda, davrning ruhidir. Shoirlar aql bovar qilmaydigan ilhom fidoyilari; tobora yaqinlashib kelayotgan kelajakning bugunga tushayotgan soyasini aks ettirayotgan ko‘zgu; ular o‘zlari ham anglab yetolmaydigan ma’nolarni anglatguvchi kalom; ular bamisoli barchani jangga chorlagani holda chorlov ovozini o‘zlari eshitmayotgan burg‘u; ular shunday bir kuchdirlarki, boshqalarni harakatga keltirib, o‘zlari joyida mustahkam va qoyim qolguvchilardir.


Download 36.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling