Personal boshqaruvga tizimli yondashuv reja: Personalni boshqarish tamoyillari Personalni boshqarish uslublari


I. Boshqaruvning ma’muriy uslublari


Download 28.72 Kb.
bet3/6
Sana04.02.2023
Hajmi28.72 Kb.
#1158316
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
personla boshqaruv

I. Boshqaruvning ma’muriy uslublari. Bu uslub hokimiyatga, personalga imtiyozlar berish va jazo choralari ko’rishga asoslangan. Personalga ma’muriy ta’sir ko’rsatishning besh asosiy vositasi mavjuddir.
1. Tashkiliy ta’sir — korxona faoliyatini muvofiklashtirib turuvchi me’yoriy hujjatlar (korxona nizomi, jamoa shartnomasi, shtatlar jadvali, xizmat yo’riqnomalari, ish o’rnini tashkil etish qoidalari)ga asoslangan.
2. Farmoyish bilan ta’sir ko’rsatish — boshqaruv maqsadlariga bevosita ma’muriy boshqarish orqali erishishga qaratilgan.
3. Moddiy mas’uliyat. Bu xodimning mehnat faoliyati yoki faoliyatsizligi oqibatida korxonaga etkazilgan moddiy zararini qoplashdir.
4. Intizomiy mas’uliyat — mehnatga oid amaldagi qonunchilikka rioya etilmagan taqdirdagi mas’uliyatdir.
5. Ma’muriy mas’uliyat — xodim tomonidan ma’muriy huquq-buzarliklarga yo’l qo’yilgan hollardagi mas’uliyatdir.
II. Boshqaruvning iqtisodiy uslublari — personalga iqtisodiy qonunlar va me’yoriy hujjatlar asosida ta’sir ko’rsatishdir. Ularning quyidagi turlari mavjuddir
1. Xo’jalikni rejali yuritish — bu har qanday korxona faoliyat yuritishining asosiy qonuni hisoblanib, korxona maqsadlariga erishishning aniq strategiyasi mavjud bo’lishini taqozo etadi.
Xo’jalik hisobi — korxonaning mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarini xo’jalik faoliyati natijalari (sotish hajmi, daromad) bilan taqqoslash asosidagi xo’jalik yuritish uslubidir.
2. Mehnatga haq to’lash — mehnat faoliyati bilan shug’ullanishga qiziqtiruvchi asosiy omil va ishchi kuchi qiymati hisoblanadi.
4. Ishchi kuchi — mehnat vositalari yordamida xom ashyo va materiallarni pirovard mahsulotga aylantiradigan mehnat jarayonining asosiy elementidir. Bu har qanday korxonaning eng asosiy omilidir.
5. Bozor narxining shakllanishi — tovar-pul munosabatlari-ning muvofiklashtiruvchi vosita, daromad va xarajatlar, mahsulot bahosi va qiymati muhim iqtisodiy kategoriyasidir.

Download 28.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling