Personal faoliyatini baholashning zamonaviy uslublari


Ma’lumot — xodimning malaka darajasini aniqlashda asosiy sifat ko‘rsatkichlaridan biridir. Ish staji


Download 455.67 Kb.
bet3/30
Sana17.06.2023
Hajmi455.67 Kb.
#1542459
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
12-mavzu PB

Ma’lumot — xodimning malaka darajasini aniqlashda asosiy sifat ko‘rsatkichlaridan biridir.
Ish staji — tajribaning miqsor ko‘rsatkichi hisoblanadi.
YOsh esa ish staji bilan o‘zaro bog‘liqdir.
Xodimning ma’lumoti, ish staji va yoshi to‘g‘risidagi ma’lumot-lardan nomzodning kasbiy istiqbolligi koeffitsientini hisoblab chiqishda foydalaniladi:


K = Bm.d. (1+s/4+yo/8)
bunda: Knomzodning kasbiy istiqbolligi koeffitsienti;
Bm.d. — nomzodning ma’lumoti darajasining bahosi;
Snomzodning mutaxassisligi bo‘yicha ish staji;
YO — nomzod yoshi.
Ma’lumot darajasi bahosi (Bm.d.) odatda to‘liqsiz o‘rta ma’lumotlilar uchun 0,15, o‘rta ma’lumotlilar uchun — 0,6, o‘rta maxsus va to‘liqsiz oliy ma’lumotlilar uchun — 0,75, mutaxassisligi bo‘yicha oliy ma’lumotlilar uchun — 1,0 dir.
Olimlar tavsiyalariga muvofiq, xodimning mutaxassisligi bo‘yicha ish staji (S) 4 ga bo‘linadi. CHunki, ilmiy tadqiqotlar natijasida aniqlanishicha, xodimning ish staji mehnat unumdorligiga uning ma’lumotiga nisbatan 4 baravar kam ta’sir ko‘rsatar ekan.
Xuddi shuningdek, ilmiy tadqiqotlarda xodimning yoshi (YO) mehnat unumdorligiga xodimning ma’lumotiga nisbatan 18 baravar kam ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan. Bunda erkaklar yoshining eng yuqori darajasi 55, ayollar uchun 50 yosh qilib belgilanadi.
Lavozimga nomzodning umumiy bahosi aniqlanayotganda uning kasbiy istiqbolligi koeffitsienti (K) miqdori amaliy va tashkilotchilik qobiliyatlari baholariga qo‘shiladi. Tabiiyki, lavozimga eng ko‘p ballga ega bo‘lgan nomzod tayinlanadi. Bunda nomzodning xuddi yuqoridagi usulda aniqlangan shaxsiy sifatlari ham albatta e’tiborga olinadi.
Boshqaruv xodimini baholashda amaliyot bilan sinash hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligi ayondir. Rahbarlik lavozimiga nomzodni amaliyotda quyidagicha sinash mumkin:

Bunday hollarda ham nomzod ish natijalarini ob’ektiv baholashni talab etadi. Bu ekspert baholashi orqali amalga oshiriladi. Ana shu holda eng avvalo ekspert sifatida mazkur sohaning g‘oyat malakali va tajribali mutaxassislari tanlanishi muhimdir.
Ekspert baholashni amalga oshirishda shaxsiy va guruhiy usuldan foydalanish mumkin.

Download 455.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling