Personal faoliyatini baholashning zamonaviy uslublari


Qiziqgirish (motivatsiya) funksiyalari


Download 455.67 Kb.
bet8/30
Sana17.06.2023
Hajmi455.67 Kb.
#1542459
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   30
Bog'liq
12-mavzu PB

Qiziqgirish (motivatsiya) funksiyalari. Bu ma’muriyat qobiliyatli xodimlarni aniqlagach, ularni munosib ravishdataqdirlashi mumkinligi (ish haqini oshirib, yuqori lavozimga ko‘tarib) bilan bog‘liqdir. Faoliyatning yuqori unumdorlik bilan bog‘liq ijobiy tomonlarini muntazam rag‘batlantirib borish xodimni kelajakda ham samaraliroq mehnat qilishga qiziqtirishning eng ta’sirchan vositasidir.
Mehnat faoliyatini baholashning ma’muriy, axborot va qiziqtirish funksiyalari o‘zaro bog‘liq bo‘lib, tizim sifatida amal qiladi. Xodim faoliyati to‘g‘risidagi axborotning uni lavozimda ko‘tarish to‘g‘risida ma’muriy qaror qabul qilishga olib kelishi insonni yanada unumliroq ishlashiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi — qiziqtirishi lozim.
Personal faoliyatini baholash uning faoliyatini taqqoslash uchun standartlar mavjud bo‘lishini taqozo etadi.
Ijro standartlariga ikkita asosiy narsa: „Nima qilindi?” va „Bu qay darajada sifatli ijro etildi?” mezonlarini kiritish maqsadga muvofiqdir. YA’ni ijro standartlari topshiriqqanchalik yaxshi bajarilganiga yo‘naltirilgandir. Har bir standart shunday ravshan ta’riflab berilishi kerakki, rahbar ham, xodim ham ijrodan nimani kutish kerakligini va umumiy maqsadga erishish mumkinligini aniqtasavvur etishlari darkor. Ijro standartlari va mehnat vazifalari bir-birlari bilan uzviy bog‘liqlikda bulishlari sababli ular o‘zaro rivojlanishi umume’tirof etiladi. Ijro standartlari ishga talablarni xodim uchun maqbul yoki nomaqbul darajaga o‘tkazadi. Ular „ish tahlili — ijroni baholash” tizimida hal qiluvchi rolь o‘ynaydi (11.2- rasm).



Mehnat faoliyatini baholashning har qanday tizimi uchun quyidagi asosiy talablar qo‘yiladi:
Aloqadorlik. Bu, birinchidan, shaxsiy mehnat faoliyati uchun ijro standartlarining korxona maqsadlari bilan, ikkinchidan, mehnat ko‘rsatkichlari tahlili va baholash shakllari miqdori o‘rtasidagi aniqaloqasini ifodalaydi. Bunda maqbullik, masalan, „SHaxsiy mehnat faoliyatida yutuq bilan muvaffaqiyatsizlik o‘rtasidagi farqamalda nimadan iborat?” degan savolga aniqjavobdir.

Download 455.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling