Personal faoliyatini baholashning zamonaviy uslublari


Xodimning bevosita rahbari


Download 455.67 Kb.
bet14/30
Sana17.06.2023
Hajmi455.67 Kb.
#1542459
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   30
Bog'liq
12-mavzu PB

Xodimning bevosita rahbari. U xodim ishi bilan yaxshi tanish, uning mehnat faoliyatini baholashda yaxshiroq imkoniyatlarga egadir. Bundan tashqari, u shaxsiy ijroni korxona maqsadlari bilan bog‘lay oladi. Bu rahbar xodimni rag‘batlantirish (jazolash) uchun mas’ul hisoblangani sababli uni ijroni baholash uchun mas’ul qilish ham mantiqan to‘g‘ridir.

  • Hamkasblar. Mehnat faoliyatining shunday turlari (masalan, huquqiy faoliyat, ta’lim) borki, rahbar mazkur faoliyat turi bilan band bo‘lgan xodim ishini kuzatish uchun kamdan-kam imkoniyatga ega bo‘ladi. Bu faoliyat turlarida ish natijalari ijroni baholash uchun muayyan axborot bersa ham, mazkur xodim bilan yonma-yon ishlayotgan hamkasblarining baholari salmoqpiroqbo‘ladi. SHunday bo‘lsa-da, hamkasblar fikr-mulohazalariga, ijroni baholash tizimining bir qismi sifatida qarash va baholash uchun boshqa ko‘rsatkichlardan ham foydalanish kerak.

  • Bo‘ysunuvchilar. Ular bahosidan bu bo‘ysunuvchilar bevosita rahbarini yuqoriroq lavozimga o‘tkazish hollarida foydalansa bo‘ladi. Bo‘ysunuvchilar uchun bevosita rahbarlari amalda qanday vakolatga ega ekanliklari, etakchilik uslubi, aloqalari, ishni rejalashtirish va tashkil etish qobiliyati juda yaxshi ma’lum bo‘ladi. Bo‘ysunuvchilar baholaridan rahbarlar o‘zlariga juda ko‘p bo‘ysunuvchilar mavjud bo‘lgan yirik kompaniya va firmalarda, rahbar-larning bo‘ysunuvchilari oz bo‘lgan kichik korxonalarda hamda pedagoglari o‘z talabalar faoliyatini baholaydigan oliy o‘quv yurtlarida ko‘proq foydalaniladi.

    1. O‘z-o‘zini baholash. Xodimlarning ijroni baholash jarayonida ishtirok etish imkoniyatlari, ayniqsa bu maqsadni belgilash bilan uzviy bog‘liq holda amalga oshirilsa, ishga qiziqishni kuchaytirish bilan birga baholashga qarshilik ko‘rsatishni kamaytiradi. Ikkinchi tomondan esa xodimlar odatda o‘zlariga rahbarlariga nisbatan yuqoriroq baho berishlari bu usuldan personal bo‘yicha qarorlar qabul qilishda foydalanish imkoniyatlarini cheklaydi.


    2. Download 455.67 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   30




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling