Personal faoliyatini baholashning zamonaviy uslublari


Download 455.67 Kb.
bet16/30
Sana17.06.2023
Hajmi455.67 Kb.
#1542459
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   30
Bog'liq
12-mavzu PB

Σ Σ Σ × ijk
I J k

bunda: i mezon tartib raqami 0 = 1/6);


j — mezondagi belgi tartib raqami (] = 1/5
kbelgidagi daraja ahamiyati (k = 1/6).
Xodimlar ushbu guruhiga taqsimlanadigan ish haqi fondi miqdorining mazkur guruh xodimlari olgan ballga bo‘linishi natijasida hosil bo‘lgan miqdor ball narxini belgilaydi. To‘plangan ballarni ball narxiga ko‘paytirish orqali xodimning mehnat faoliyati baholanayotgan vaktidagi xizmat vazifasi maoshi miqdorini aniqlasa bo‘ladi.
Kompaniya yoki firma personalini qator toifalarga bo‘lib, bu har bir toifa xodimlari uchun ballning eng kam miqdori (maoshining eng kam miqdori)ni belgilab qo‘yish mumkin. Ana shu ko‘rsatkich xodimni ishga olish, uning sinov muddatini o‘tash davri uchun o‘ziga xos mo‘ljal vazifasini o‘tashi mumkin. CHunki, ana shunday vaziyatlarda ishga qabul qilinayotgan xodimni baholashning boshqa mezonlari bo‘lmaydi.
Ushbu usuldan xodimlarni xizmat vazifalariga tayinlash, ularni martabasining yuqorilashuvida ham foydalanish mumkin. Masalan, personal faoliyatini baholashda xodim tomonidan to‘plangan ball uni yuqoriroq lavozimga ko‘tarish, mansabda pasaytirish yoki u bilan mehnat shartnomasini bekor qilish uchun asos bo‘la oladi.
Mehnat faoliyatini baholash uchun juda ko‘p mezonlar talab etiladi. SHuning uchun baholash mezonlarini tanlashda baholash qaysi maqsadni ko‘zlab o‘tkazidayotganligiga alohida e’tibor qaratish talab qilinadi. Ikkinchidan, mezonlar xodimlarning qaysi toifalari uchun tanlanayotganligini hisobga olish kerak. CHunki mezonlar xodim faoliyati murakkabligi, mas’uliyati va xususiyatiga qarab tabaqalash-tirilgan bo‘ladi.
Xususan, mehnat taqsimotiga muvofiq, rahbarlar mehnat faoliyati natijalari qoida bo‘yicha korxona yoki uning bo‘linmasi ishlab chiqarish, xo‘jalik va boshqa faoliyati yakunlari (masalan, foyda olish rejasiningbajarilishi, mijozlarning ko‘payishi va hokazolar) orqali o‘z ifodasini topadi.

Download 455.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling