"перспективные задачи разработки и внедрения инновационных технологий в ветеринарии и животноводстве" международная научно-практическая конференция
Download 359,91 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 14-15 октября AGROBIOTEXNOLOGIYA VA VETERINARIYA TIBBIYOTI ILMIY JURNALINING MAXSUS SONI 117
- Kalit soʻzlar
"ПЕРСПЕКТИВНЫЕ ЗАДАЧИ РАЗРАБОТКИ И ВНЕДРЕНИЯ ИННОВАЦИОННЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В ВЕТЕРИНАРИИ И ЖИВОТНОВОДСТВЕ" международная научно-практическая конференция 14-15 октября AGROBIOTEXNOLOGIYA VA VETERINARIYA TIBBIYOTI ILMIY JURNALINING MAXSUS SONI 117 OTLARDA BO‘G‘IM KASALLIKLARINING UCHRASH DARAJASI Kokilov B. I., Ro‘ziboev A. K., Niyozov H. B. Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Annotatsiya: Samarqand va Buxoro viloyatlari tumanlarining yilqichilikka ixtisoslashtirilgan fermer xo„jaliklari, otchopar, ot sport klublari va shaxsiy ot egalariga qarashli zoti har xil bo„lgan jami 131 bosh ot klinik tekshirilganda, ularning 26 boshida (19,8 %) barmoqning turli yiringli yallig„lanishlari mavjudligi aniqlanib, shundan 8 bosh otlarda (30,7 %) yiringli sinovit, 5 bosh otlarda (19,2 %) yiringli pododermatit va 13 bosh (50 %) otlarda esa yiringli artrit kechayotganligi , ko„pkariga qatnashadigan otlarda ushbu kasalliklar ko„proq kuz, qish va bahor oylarida qayd etildi. Kalit soʻzlar: ippodrom, barmoq, bo„g„im, septik, yallig„lanish, mikrotravma, tuyoq emirilishi, artrit, lat eyishlar. Kirish. Otlarda yiringli barmoq kasalliklari bo„g„imlarning zo„riqishidagi mikrotravmalar, tuyoq emirilishi va deformatsiyasi, oyoqlardagi tayanch-harakat tizimidagi jarohatlarga mikroorganizmlarning tushishi sabab bo„ladi. Bundan tashqari, ayrim bo„g„imlarda artritlarning kelib chiqishiga ularning anatomo-topografik tuzilishi, turli darajadagi ochiq lat eyishlar va boshqa xususiyatlarga ega bo„lgan omillar ham sabab bo„lishi mumkin [1]. Otlarni yiringli barmoq kasalliklarini aniqlashda muhim klinik va diagnostik ahamiyatga ega bo„lgan barmoqlarni morfo-funksional tuzilishlari va ularni kasallik kechishidagi xususiyatlarini o„rganish borasida o„rganilgan adabiyotlar tahlili shuni ko„rsatdiki, barmoqlarning anatomik tuzilishi to„g„risida ma‟lumotlar etarli bo„lsada, uning mintaqamizga xos bo„lgan ayrim xususiyatlari, turli barmoq kasalliklaridagi kechish xususiyatlari, bu xususiyatlarni postnatal o„zgarishlari, ularni hayvonlarni saqlash, oziqlantirish va foydalanishdagi o„zgarishlari, ayniqsa barmoq bo„g„imlarining gemo-gistotsitar to„siqlarini turli kasalliklarda namoyon bo„lishi hamda uning etiologiyasi, patogenezi va uchrash darajasi ytarlicha o„rganilmagan. Shu tufayli noan‟anaviy davolash usullari kasallik o„chog„i, hayvon himoya vositalari va ularni kasalliklardagi faoliyatini o„rganish borasida keng ilmiy tadqiqotlar olib borishni hayotning o„zi taqozo qilmoqda [2,3,9,10,11]. Ilmiy manbalar ma‟lumotlarini tahlil qilish shuni ko„rsatadiki, hozirgi kungacha respublikamizning yilqichilik fermer xo„jaliklari sharoitida barmoq bo„g„imlari yiringli yallig„lanishlarining etiopatogenezi, diagnostikasi va oldini olish chora-tadbirlari ytarlicha asoslanmagan, shuningdek, adabiyotlarda hayvonlarda barmoq bo„g„imlari yiringli yallig„lanishlarini davolashda mahalliy vositalardan foydalanish to„g„risidagi ma‟lumotlar etarli emasligi kuzatildi [4]. Xulosa qilib aytish mumkinki keyingi yillarda ko„pkariga qatnashadigan qorabayir zotli otlar o„rtasida barmoq bo„g„imlari yiringli yallig„lanishlarining ko„p uchrab xo„jaliklarga katta iqtisodiy zarar etkazmoqda,shuning uchun xam bu kasallikni etiologiyasini, davolash va oldini olish chora–tadbirlarini ishlab chiqish shu kunning dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Download 359,91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling