Перспективное развитие сетей 110-220 кв северо-Западного узла энергосистемы
Download 138 Kb.
|
УрДУ Джуматов М С макола Лотинча 33
UDK 621.316 Xorazm viloyati elektr ta`minoti tizimini takomillashtirish t.f.n. Djumatov M.S., Qodirov A.H., Sapayev N.A., Mamajonova S.M. Al-Xorazmiy nomidagi Urganch davlat universiteti, Urganch Maqolada O`zbekiston energotizimining Xorazm viloyati hududidagi iste`molchilarni sifatli va ishonchli elektr energiya bilan ta`minlash borasidagi dolzarb muammolar va ularning yechimi sifatida takliflar keltirilgan. Energetika sohasining mavjud ishlab chiqarish va ilmiy-texnik salohiyatidan maksimal darajada samarali foydalanish orqali iqtisodiy sohaning ishonchli elektr ta`minoti va aholi hayot tarzining sifat ko`rsatkichlari o`sishini ta`minlash energetika sohasidagi Davlat siyosatining hamda 2030-yilgacha va undan keyingi davrlarda O`zbekiston energetikasi rivojlanishining ustuvor yo`nalishi hisoblanadi [1]. Elektr energetika korxonalarining mavjud salohiyatidan samarali foydalanish va shu bilan birga sohaga yangi texnologiyalarni tadbiq qilish sanoatning taraqqiyoti va buning natijasida iqtisodimizning o`sishiga zamin yaratadi. Bu borada elektr energetika sohasini jadal rivojlantirish bo`yicha bir qancha hujjatlar ishlab chiqilgan va qabul qilingan [1], shu jumladan, elektr energetika tarmog`ini yanada rivojlantirish va isloh qilish strategiyasi to`g`risida [2], 2020-2030 yillarda O`zbekiston Respublikasini elektr energiyasi bilan ta`minlash konsepsiyasi [3], qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish to`g`risida [4] va boshqalar. Ma`lumki, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanishni yo`lga qo`ymasdan zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish samaradorlik o`sishiga ancha salbiy ta`sir ko`rsatadi. Demak, qabul qilingan hujjatlarda belgilangan vazifalarning to`liq bajarilishi hamda elektr energetika sohasida samaradorlikni oshirish uchun birinchi navbatda mavjud tarmoqlardan samarali foydalanishni tashkil etish lozim. Ushbu maqolada O`zbekiston energotizimining bir qismi – Xorazm viloyati hududida joylashgan 110-220 kV kuchlanishli tarmoqlardan samarali foydalanishni tadqiq qilish maqsad qilingan. Bugungi kunda Xorazm viloyati iste`molchilari 220/110/10 kV “Xorazm” podstansiyasi va “Tuyamuyun GES” orqali 110 kV tarmoqlardan elektr energiya bilan ta`minlanadi. “Tuyamuyun GES” asosan qishloq xo`jaligi yerlarini sug`orish mavsumida ishlaydi hamda ishlab chiqarish quvvati suv omboridagi suv hajmiga bog`liq. Shu sababli viloyat iste`molchilarini elektr energiya bilan ta`minlanashdagi asosiy yuk viloyat elektr tarmoqlarini energotizim bilan bog`lovchi, viloyat markazida joylashgan yagona 220 kV kuchlanishli “Xorazm” podstansiyasi zimmasiga tushadi. 110 kV kuchlanishli tarmoqlar 1970-1980 yillarda shakllantirilgan bo`lib, bugungi kunda iste`molchilarni sifatli va uzluksiz elektr energiya bilan ta`minlash hamda quvvat oqimini elektrik kattaliklar bo`yicha optimallashtirish imkoniyatiga ega emas. Xususan, iste`molchilarni elektr energiya bilan ta`minlash jarayonida quyidagi muammolar yuzaga kelishi kuzatiladi: - Xorazm podstansiyasida avtotransformatorlarni, 220 kV yoki 110 kV shinilar sistemasini ta`mirlashga chiqarishda yoki avariya holatida o`chishlarda 110 kV kuchlanishli tarmoqlarda elektr ta`minoti ishonchliligi pasayadi va quvvat tanqisligi yuzaga kelishi xavfi ortadi; - Qishgi va yozgi maksimum davrlarida 110 kV kuchlanishli tarmoqlarda ortiqcha yuklanish holatlari kuzatiladi, buning natijasida esa taqsimlash tarmoqlarida texnologik sarf miqdori keskin ortadi; - 110 kV kuchlanishli tarmoqlarni aktiv va reaktiv quvvat bo`yicha optimallashtirish [6] imkoniyati mavjud emas. Ushbu muammo va kamchiliklar tahlili shuni ko`rsatadiki, Xorazm viloyati iste`molchilarini elektr energiya bilan ta`minlovchi 220/110 kV kuchlanishli tarmoqlarni qayta qurish bugungi kunning dolzarb masalasi hisoblanadi. Xususan, texnik jihatdan eskirgan, ortiqcha yuklanish natijasida texnologik sarf miqdori ortishiga sabab bo`layotgan 110 kV kuchlanishli havo liniyalarini qayta qurish yoki qo`shimcha liniyalar qurish zaruriyati yuzaga keladi. Lekin, bu yechim muammoni qisman bartaraf qiladi, ya`ni, 110 kV kuchlanishli tarmoqlarda ortiqcha yuklanishning oldi olinadi. Aktiv va reaktiv quvvat bo`yicha optimallashtirish, elektr ta`minotining ishonchliligini oshirish kabi masalalar yechimsiz qoladi. Muammoning to`liq yechimi sifatida 40-50 yil oldin shakllantirilgan elektr ta`minoti tizimini to`liq qayta qurish lozim. Xususan, tizimning quvvat markazlarini aniqlash va ularni 220 kV kuchlanish tarmoqlari bilan bog`lash zarur. Bu maqsadda 110 kV kuchlanishli havo liniyalarini qayta qurish bilan bog`liq ortiqcha sarf xarajatning oldini olish maqsadida, 110 kV havo liniyalari o`zaro bog`langan mavjud podstansiyalarni 220 kV kuchlanishli tarmoq bilan bog`lash maqsadga muvofiqdir. Viloyatning g`arbiy qismi – Gurlan, Shovot tumanlari hamda qisman Yangibozor va Qo`shko`pir tumanlarini ta`minlash uchun “Xorazm” podstansiyasidan “Shovot” podstansiyasiga 110 kV kuchlanishli L-Xorazm liniyasi orqali elektr energiya yetkazib beriladi va ushbu liniya maksimal yuklama davrida 90-110 foizgacha yuklangan. Ya`ni, elektr energiya iste`molining o`sish dinamikasini inobatga olgan holda yaqin 2‑3 yil davomida ushbu liniya orqali ta`minlanuvchi hududlarda quvvat tanqisligi yuzaga kelishi kutiladi. Bundan tashqari, bu hududlar 110 kV kuchlanishli L‑Xorazm havo liniyasi ta`mirlashga chiqarilganda yoki avariya holatida o`chishlarda to`laligicha elektr ta`minotidan uzilib qoladi. “Shovot” podstansiyasi 5 ta 110 kV kuchlanishli havo liniyalarini o`zaro bog`lab turadi. Mavjud sxema bo`yicha ushbu hudud (Shovot tumani)dan o`tuvchi 220 kV kuchlanishli L-1-X-2 havo liniyasi orqali uzatilayotgan quvvatning bir qismi (50-70 MVt) 110 kV kuchlanishli L-Xorazm liniyasi orqali yana orqaga - shu hududga (43,32 km masofaga) qaytib keladi, ya`ni tarmoqlarda ortiqcha texnologik sarfga yo`l qo`yiladi. Shu sababli, quvvat tanqisligining oldini olish, texnologik sarfni kamaytirish [5], ishonchlilikni oshirish hamda quvvat oqimini optimallashtirish imkonini yaratish maqsadida, ushbu hududda 220/110/10 kV kuchlanishli podstansiya qurish zarur. Mavjud sxema bo`yicha, ushbu hududdan o`tgan 220 kV L-1-X-2 havo liniyasiga ulanish uchun eng qulay (yaqin) hudud Shovot podstansiyasi (Shovot tumani) hisoblanadi. Ya`ni Shovot podstansiyasiga qo`shimcha 125 (200) MVA, 220/110/10 kV avtotransformator o`rnatib, ushbu hududdan o`tgan L-1-X-2 220 kV havo liniyasini Shovot podstansiyasining mavjud 110 kV shinalari bilan bog`lash mumkin. Yangi sxema bo`yicha 110 kV kuchlanishli L-Xorazm havo liniyasi “Xorazm” podstansiyasidan (2‑nuqta) yoki “Shovot” podstansiyasidan (3-nuqta) o`chirib qo`yish mumkin. Quvvat oqimini optimallashtirish maqsadida 110 kV kuchlanishli L-Xorazm va L‑Qo`shko`pir havo liniyalari orqali umumiy yuklamaning bir qismini “Xorazm” podstansiyasiga yoki “Shovot” podstansiyasiga o`tkazish imkoniyati mavjud. Taklif qilinayotgan sxemada 220 kV kuchlanishli L-1-X-2 havo liniyasi 1 nuqtadan uzib, yangi quriladigan podstansiya shinalariga ulanadi va undan chiqib “Xorazm” podstansiyasi shinalariga ulanadi. Ushbu podstansiya qurilishi natijasida 50-70 MVt quvvatni uzatish yo`li 220 kV kuchlanishli liniya bo`ylab 45 km va 110 kV kuchlanishli liniya bo`ylab teskari yo`nalishda uzatishda yana shuncha masofaga qisqarishi natijasida 220-110 kV tarmoqlardagi texnologik sarf miqdori kamayadi. Bundan tashqari 110 kV tarmoqlarning ortiqcha yuklanishi oldi olinadi, iste`molchilarni uzluksiz elektr energiya bilan ta`minlash imkoniyati oshadi. 1-rasm. Xorazm viloyatining qayta qurish taklif qilinayotgan shimoli-g`arbiy qismi elektr ta`minoti sxemasi. Shtrix chiziqlar bilan taklif qilinayotgan qismi ko`rsatilgan. Taklif qilinayotgan sxema bo`yicha 110 kV kuchlanishli elektr tarmoqlari shimoli-g`arbiy qismining ish rejimlari sharqiy qisminining ya`ni, Tuyamuyin GESning ish rejimiga bog`liq emas. Shu sababli bu qismining ish rejimlarini alohida hisoblash maqsadga muvofiq bo`ladi. Taklif qilinayotgan sxemada quvvat oqimi bo`yicha 3 ta ish rejimi yuzaga keladi: Asosiy ish rejimi – 110 kV kuchlanishli L-Xorazm va L‑Qo`shko`pir havo liniyalari 2x16 MVt quvvatga ega Qo`shko`pir podstansiyasi bilan 220 kV kuchlanishli “Shovot” podstansiyasiga ulangan (L‑Xorazm liniyasi “Xorazm” podstansiyasidan ajratilgan). Zahira ish rejimi – 110 kV kuchlanishli L-Xorazm va L‑Qo`shko`pir havo liniyasi 2x16 MVt quvvatga ega Qo`shko`pir podstansiyasi bilan birga “Xorazm” podstansiyasidan ta`minlangan, ya`ni L‑Xorazm va L‑Qo`shko`pir havo liniyalari “Shovot” podstansiyasidan ajratilgan. Avariyaviy ish rejimi – avariyaviy holat yoki ta`mirlash jarayoni sababli “Xorazm” podstansiyasida 110 kV shinalarga quvvat yetkazib berish imkoniyati cheklangan vaziyatda viloyatning asosiy iste`molchilari “Shovot” podstansiyasiga o`tkaziladi va aksincha, “Shovot” podstansiyasida 110 kV shinalarga quvvat yetkazib berish imkoniyati cheklangan vaziyatda “Shovot” podstansiyasining iste`molchilari “Xorazm” podstansiyasiga o`tkaziladi. 110-220 kV kuchlanishli tarmoqlarda texnologik sarfni hisoblash O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 31‑martda ro`yxatdan o`tkazilgan “Elektr energiyasini elektr tarmoqlari bo`ylab uzatish va taqsimlashda texnologik yo`qotishlarning normativlarini hisoblash tartibi to`g`risidagi yo`riqnoma”ga asosan amalga oshirilgan [7]. 1-jadval. Mavjud sxema bo`yicha texnologik sarf hisobi 1-jadvalda asosiy ish rejimiga mos keluvchi (mavjud) sxema bo`yicha hisoblash natijalari keltirilgan. Hisob-kitoblar hajmini kamaytirish maqsadida sxemaga o`zgartirish kiritilishi natijasida 220 kV "Xorazm" va "Shovot" podstansiyalari transformatorlaridagi texnologik sarf hisobi hamda aktiv va reaktiv quvvat oqimi o`zgarishi sababli kuchlanish miqdori o`zgarishi6 natijasida viloyatning 110 kV kuchlanishli tarmoqlarida texnologik sarfning o`zgarishi inobatga olinmagan. Texnologik sarfni hisoblash uchun 2018-yil ma`lumotlaridan foydalanilgan. 2-jadval. Shovot tumani hududida 220 kV kuchlanishli podstansiya qurilgandan keyingi sxema bo`yicha texnologik sarf hisobi 220 kV kuchlanishli “Shovot” podstansiyasi qurilishi natijasida yuzaga keladigan ish rejimi va qurilishdan oldingi ish rejimini hisoblash natijalarini taqqoslash (3-jadval) shuni ko`rsatadiki, ushbu podstansiya qurilishi natijasida yiliga 25 mln.kVt.s. elektr energiyani tejash imkoni mavjud ekan. 3-jadval. 220 kV kuchlanishli “Shovot” podstansiyasi qurilishi natijasida texnologik sarfning kamayishi Maqolada yoritilgan taklif bo`yicha yuzaga keladigan quvvat oqimlarining hisob-kitoblari natijasiga asosan xulosa qilish mumkinki, yangi, 220 kV kuchlanishli “Shovot” podstansiyasi qurilishi natijasida Xorazm viloyatining g`arbiy hududlaridagi 110-220 kV elektr tarmoqlarida ishonchlilik ortadi, kuchlanish, aktiv va reaktiv quvvatning optimal taqsimlanishi ta`minlanadi, shu jumladan texnologik sarf miqdorini kamaytirish hisobiga yiliga 25 mln.kVt.s. elektr energiyani tejash imkoniyati yuzaga keladi. Download 138 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling