Mavzu: Oziq-ovqat mahsulotlarining nojo‘ya ta’sir etuvchi komponentlari


Download 5.57 Kb.
Sana20.06.2023
Hajmi5.57 Kb.
#1636430
Bog'liq
тми

Mavzu: Oziq-ovqat mahsulotlarining nojo‘ya ta’sir etuvchi komponentlari.

Ovqatdan zaharlanish - ko‘p hollarda o‘tkir va ayrim hollarda surunkali ko‘rinishda bo‘lib, sanitariya nuqtai-nazardan sifatsiz bo‘lgan ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish natijasida kelib chiqadi. Bunda ovqat mahsulotlari tarkibida ayrim turdagi mikroorganizmlar yoki ular ishlab chiqargan toksinlar yoki boshqa tabiatga ega bo‘lgan kimyoviy moddalar bo‘lishi mumkin. Ovqatdan zaharlanish ko‘pincha jamoa shakldagi ovqatlanishda kuzatiladi, ammo yakka tartibda kuzatiladigan holatlari ham uchrab turadi.

Qo‘rg‘oshin birikmalari surunkali zaharlanishlarni keltirib chiqaradi:

Qo‘rg‘oshin birikmalari surunkali zaharlanishlarni keltirib chiqaradi:

  • yomon idishlarda murabbo, tuzlangan, marinadlangan mahsulotlarni saqlash tufayli.
  • Zaharlanishlarning belgilari:

  • umumiy holsizlanish
  • bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi
  • og‘izda bemaza ta‘m
  • oyoq-qo‘llar qaltirashi
  • ishtaha yo‘qolishi, ozib ketish, ich ketish
  • anemiya
  • qo‘rg‘oshinli kolikalar

Mis birikmalari odatda o‘tkir zaharlanishlami keltirib chiqarib, oshqozonning shilliq qavatini shikastlaydi.

Mis birikmalari odatda o‘tkir zaharlanishlami keltirib chiqarib, oshqozonning shilliq qavatini shikastlaydi.

  • Bemorda 2-3 soatdan so‘ng (ovqat iste’molidan keyin) agar mis birikmalari ko‘proq bo‘lsa bir necha daqiqadan keyin
  • qorinda og‘riq, qusish, ich ketish belgilari;
  • og‘izda metall ta’mi paydo bo‘ladi.
  • Buni oldini olish uchun idish zirxlarida mis, qo‘rg‘oshin, rux birikmalari bor bo‘lganida bu idishlarda ovqat mahsulotlarini saqlash qat’iyan man etiladi.

Pestitsidlardan zaharlanish - olib borilgan tekshirishlarning ko‘rsatishicha organizmga pestitsidlarning tushishi asosan ovqat mahsulotlari orqali sodir bo‘ladi. Ko‘pincha surunkali zaharlanishlar qayd qilinadi.

Pestitsidlardan zaharlanish - olib borilgan tekshirishlarning ko‘rsatishicha organizmga pestitsidlarning tushishi asosan ovqat mahsulotlari orqali sodir bo‘ladi. Ko‘pincha surunkali zaharlanishlar qayd qilinadi.

Xlor organik birikmalarining (XOB) organizmga ta’siri birinchi navbatda MNSning jarohatlanishi bilan kuzatiladi, keyinchalik parenximatoz organlar, endokrin sistema, yurak-tomir sistemasi jarohatlanadi.

  • o‘tkir zaharlanishlarda nerv sistemasining jarohatlanish belgilari,
  • surunkali zaharlanishlarda esa parenximatoz organlar (jigar, buyrak) jarohatlanadi.

Fosfor organik birikmalaming (FOB) ta’siri mexanizmi asosida esteraza fermentlarining aktivligining pasayishi kuzatiladi, ayniqsa xolinesteraza fermenti.

Fosfor organik birikmalaming (FOB) ta’siri mexanizmi asosida esteraza fermentlarining aktivligining pasayishi kuzatiladi, ayniqsa xolinesteraza fermenti.

FOBlar bilan zaharlanganlarda quyidagi belgilar kuzatiladi:

  • qusish,
  • qorin sohasida og‘riq,
  • ich ketish,
  • ko‘zdan yosh oqish,
  • keyinchalik esa MNS jarohatlanish belgilari yuzaga keladi: bezovtalanish, qo‘rquv, bosh aylanish, qo‘l va butun badanning qaltirashi.
  • Ayrim karbamin kislota guruhiga kiruvchi (baygon, sevin, betanol) pestitsidlar oksidlanish jarayoni bo‘lgan, nuklein kislotasi almashuvini izdan chiqaradi.

Simob organik birikmalar (SOB):

Simob organik birikmalar (SOB):

  • N-guruhi fermentlarini bloklaydi,
  • kapillyartoksik va allergenlik xususiyatlarini namoyon qiladi.
  • Oldini olish choralariga kumulyativlik xususiyatiga ega bo‘lgan barcha turdagi pestitsidlarini atrof-muhitda umuman bo‘lmasligiga erishishni talab etadi.

Bundan tashqari ayrim hollarda achchiq danak mag‘izlarini iste’mol qilinganda (shaftoli, o‘rik, olcha, bodom) uning tarkibida amigdalin organizmda gidrolizlanib sinil kislotasini hosil qiladi.

  • Bundan tashqari ayrim hollarda achchiq danak mag‘izlarini iste’mol qilinganda (shaftoli, o‘rik, olcha, bodom) uning tarkibida amigdalin organizmda gidrolizlanib sinil kislotasini hosil qiladi.
  • Ayrim hollarda kartoshka qish kunlarida noto‘g‘ri saqlanishi va bahorda o‘sib ketishi natijasida uning tarkibida solanin hosil bo‘ladi va u gemolitik xususiyatiga egadir.

E‘tiboringiz uchun rahmat!
Download 5.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling