Пешкў туман халқ таълими муассасалари фаолиятини методик таъминлаш ва ташкил этиш бўлимининг 2015 йил II чораги якунида ўтказилган кенгаши
Download 0,59 Mb.
|
7-DMTT Ped kengash bayonnomasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mas’ul
- 500 balldan
- Mehnat samaradorligi natijalari
- Tashkilot hujjatlarining yuritilish holati
- Tashkilot faoliyatini kuzatish natijalari
- Pedagoglar rahbar va ma’muriyat faoliyatidan qoniqish hosil qilganligi (so`rovnoma natijalari)
- Tarbiyalanuvchilar rivojlanish darajasini kuzatish natijalari
- Maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatining barcha sohalar bo’yicha natijalari
- Jami: 500 356,6 71,3
- Kengash raisi, maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori
Yangiyo`l shahar 7-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotining 3/2 - sonli navbatdan tashqari pedagogika kengashi bayonnomasidan ko`chirma “15“ dekabr 2022 -yil
KUN TARTIBI: Maktabgacha ta’lim tashkilotida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 7 iyundagi “Davlat ta’lim muassasalari hamda nodavlat ta’lim muassaslarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o`tkazish tartibini takomillashtirish to`g‘risida”gi qarori 470-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida o`tkazilgan tashqi baholash yakunlari to`g‘risida. Mas’ul: Tashkilot direktori A.Bilolova ESHITILDI: Kun tartibidagi masala yuzasidan A.Bilolova so`zga chiqib, “Davlat ta’lim muassasalari hamda nodavlat ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o`tkazish tartibi to`g‘risidagi Nizom” talablariga muvofiq maktabgacha ta’lim tashkilotida joriy yilning 1 dekabrdan 2022 yildan – 5 dekabr 2022 yil kunlari Attestatsiya komissiyasi tomonidan tashqi baholash jarayonlari o`tkazilgani hamda baholash natijalariga ko`ra tashkilot maksimall 500 balldan haqiqiy 356,6 ball bilan baholanganini aytib o`tdi. Shundan so`ng Yangiyo`l shahar MTBning ta’lim sifatini ta’minlash va innovatsion texnologiyalarini joriy etish bo`yicha metodisti B.E.Xasanova so`zga chiqib tashqi baholash natijalari yuzasidan taxliliy ma’lumot berdi. Maktabgacha ta’lim tashkilotida davlat talablarining bajarilishi, tarbiyachilarining kasbiy kompetensiyaviyligi, shuningdek, ta’lim-tarbiya jarayonlarining sifatini o`rganish maqsadida 3 nafar tarbiyachining mashg‘ulotlari tahlil qilindi, tahlil natijalariga ko`ra Esayeva D. nisbatan yuqori, Rahmatullayeva R. nisbatan past natijalarni ko`rsatdi.
Tashkilot hujjatlari Maktabgacha ta‘lim vazirining 2019 yil 30 avgustdagi “Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglarining ish hujjatlarini tasdiqlash to`g‘risida”gi 155-sonli buyrug‘i asosida o`rganildi. O’rganish natijalariga ko’ra boshqaruv hujjatlari to`g‘ri yuritilgan deb topildi, lekin tarbiyalanuvchilar va ayrim pedagog xodimlarga oid bo`lgan hujjatlarning yuritilishida o`ziga xos kamchiliklar mavjud ekanligi aniqlandi.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti moddiy-texnika bazasining holati, tarbiyalanuvchilar rivojlanishi uchun yaratilgan sharoitlar, sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga, estetik talablarga rioya qilinishi hamda ovqatlantirish sifatini o`rganish hamda jamoatchilik bilan hamkorlikda olib borilgan ishlar kuzatildi va kuzatish natijalariga ko`ra mazkur yo`nalish o`rtacha 4,0 ball bilan baholandi.
Tashkilot faoliyatini o`rganish jarayonida ota-onalar va pedagog xodimlar o`rtasida anonim so`rovnomalar o`tkazildi va so`rovnoma natijalari asosida davlat dasturining bajarilishi, pedagoglar faoliyati, ko`rsatilayotgan xizmatlar, ovqatlantirish holati, pedagog va ota-onalar o`rtasida ma’lumotlar almashinuvining yo`lga qo`yilganligi, ota-onalar yoki oila a’zolarining ko`ngilli sifatida ta’lim-tarbiya jarayonidagi ishtiroki, shuningdek, kuzatuv kengashi hamda direktor faoliyati tahlil qilindi.
Bundan tashqari ekspertlar tomonidan tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarining 5 ta soha bo`yicha rivojlanish darajasi kuzatilib, rivojlanish xaritasida qayd etilgan natijalarga mosligi tahlil qilindi. Ekspertlar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko`ra sohalar bo`yicha kuzatuv natijalari rivojlanish xaritasidagi qaydlarga taqqoslanganda quyidagicha tafovutlar mavjudligi aniqlandi: jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzi bo`yicha – 11,4; ijtimoiy-hissiy rivojlanish bo`yicha – 1,9; nutq va muloqot, o`qish va yozish malakalari bo`yicha – 9,6; bilish jarayonining rivojlanishi bo`yicha – 10,6; ijodiy rivojlanish bo`yicha – 2,1.
Pedagogika kengashi yakunida Attetatsiya komissiyasining xulosasini o`qib eshittirdi (Xulosa matni ilova etiladi). Ta'lim-tarbiya jarayonining davlat talablariga muvofiq tashkil etilganligi 61,6 ball, tarbiyalanuvchilarning rivojlanish darajasi 27,0 ball, ta’limning keyingi bosqichiga tayyorlash dasturlarining ijrosi 10,0 ball, rahbar va tarbiyachi-pedagog kadrlar salohiyati 104,7 ball, moddiy-texnika bazaning holati va tarbiyalanuvchilar rivojlanishi uchun yaratilgan sharoitlar 72,0 ball, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga, estetik talablarga rioya qilinishi hamda ovqatlantirish sifati 44,0 ball, jamoatchilik va ota-onalar bilan o'zaro hamkorlikdagi ishlari 38,8 ball bilan baholandi.
Kengashda Attestatsiya komissiyasi raisi ham so`zga chiqib, tashqi baholash jarayonida aniqlangan kamchiliklarga qisqacha to`xtalib o`tdi, shuningdek, kamchiliklarni bartaraf etilishi yuzasidan o`zining aniq ko`rsatma va tavsiyalarini berdi. Pedagogika kengashi kun tartibidagi masala yuzasidan QAROR QILADI: 1. Maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorining tahliliy ma’lumoti hamda Attestatsiya komissiyasining tashqi baholash natijalariga ko`ra bergan xulosasi axborot uchun qabul qilinsin. 2. Maktabgacha ta’lim tashkiloti barcha xodimlariga: Tashqi baholash natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan ishlab chiqilgan Yo`l xaritada ko`rsatilgan vazifalar belgilangan muddatlarda amalga oshirilishi ta’minlansin. 3. Maktabgacha ta’lim tashkiloti uslubchisi (B.Turmanova)ga: - Tashqi baholash natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan bajarilgan ishlar bo`yicha har chorak yakunida hisobot tayyorlash va o`rnatilgan tartibda Attestatsiya komissiyasiga taqdim etish; - Yo`l xaritasida belgilangan vazifalarni o`z vaqtida ta’minlanishi yuzasidan mas’ul xodimlarga zarur tushunchalar berish; - tashqi baholash natijalariga ko`ra yuqori samaradorlikka erishgan pedagog xodimlarni rag‘batlantirish yuzasidan aniq takliflar kiritish vazifalari yuklatilsin. 4. Qaror ijrosi yuzasidan nazorat etishni o`z zimmamda qoldiraman. Kengash raisi, maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori: A.Bilolova Kengash kotibi: B.Turmanova Download 0,59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling