Peshob haydovchi dorivor o’simliklar


 Qoraqiz bargining mikroskopik tuzilishi


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana11.07.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1659760
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Peshob haydovchi dorivor o’simliklar

3.3. Qoraqiz bargining mikroskopik tuzilishi. 
Ishqor eritmasi bilan yoritilgan barg bo'lagining tashqi tuzilishini mikroskop 
ostida ko'riladi.
Bargning epidermis hujayralari egri-bugri devorli bo'ladi. Bargining pastki 
tomonidagi epidermis hujayralari yuqori epidermis hujayralariga nisbatan 
maydaroq va ko'proq egri-bugri devorli, ustitsalar bargining har ikka1a tomonida 
bo'lib, u1ar 3-5tagacha epidermis hujayralari bilan o'ra1gan. Tuklar siyrak bo'lib, 
barg p1astinkasining qirrasi va tomirlari bo'y1ab o'rnashgan. Barg p1astinkasi 
qirrasidagi tuklar 3-7 hujayrali, o'tkir uchli, qalin devorli, qat-qat kutikulali. Barg
p1astinkasidagi va ko'proq tomirlar bo'y1ab joylashgan tuklar 2 xil bo'ladi: nozik, 
mayda, yupqa devorli, 9-12 (ba'zan 18tagacha) hujayrali, pilla qurtiga o'xshash 
(faqat pastki hujayrasi qalin devorli va qat-qat kutikulali) hamda 9-13 ta, qalin 
devorli va qat-qat kutikulasi bor hujayrali, o'tkir uchli tuklar. Barg tomirlari bo'ylab 
(ishqor eritmasi ta'sirida qo'ng'ir rangga bo'yalgan) bezli yo'llar joylashgan.


34 
IV.XULOSA 
O'simliklar yer yuzida ko'p bo'lib, ular zaharli va dorivor xususiyatlarga ega. 
Ulardan dorivor o’simliklar muhim ahamiyat kasb etadi. Har bir o’simlikning ta’sir 
etish mehanizmi turlichadir. O'zbekiston tibbiyotida qo'llaniladigan dorivor 
vositalarning 38-40 foizini o'simliklardan olinadigan preparatlar tashkil qiladi. 
Ba'zi og'ir kasalliklarni davolashda ishlatiladigan muhim ahamiyatli ayrim dorivor 
preparatlami (yurak glikozidlar, qator alkaloidlar, terpenlar, saponinlar, steroid va 
fenolli birikmalar va boshqa biologik faol moddalar) shu vaqtgacha sintez yo'li 
bilan olib bo'lmadi. Ulami olish manbayi hozircha faqat o'simliklar bo'lib 
qolmoqda. Yovvoyi holda o'sadigan dorivor o'simliklarning zaxirasi har qancha 
ko'p bo'lmasin, yildan-yilga ko'payib borayotgan tayyorlash miqdorini qondirish 
hamda tabiiy sharoitda o'sadigan o'simliklami saqlab qolish uchun ularni yig'ishni 
to'g'ri uyush tirilishi kerak hamda mahsulotlami tayyorlashni ilmiy asoslangan 
qat'iy rejaga rioya qilingan holda olib borish zarurdir. O’simliklarning qismlari 
organizmga turli ta’sir etib, ulardan dori vositalari olinadi. Bunday o’simliklarni 
quritish tayyorlash va saqlash muhim ahamiyatga ega. O’simliklarni tayyor 
mahsulotlarini DF da keltirilgan bo’yicha tayyorlash lozim. Farmatsevtika zavodi 
va fabrikalarida hamda markazlashtirilgan omborlarda dorivor mahsulotlar, odatda, 
ko'p miqdorda partiya qilib qabul qilinadi. Og'irligi 50 kg dan kam bo'lmagan, har 
taraflama bir xil bo'lgan, sifatni tasdiqIovchi bitta hujjat bilan rasmiylashtirilgan 
mahsulot solingar o'rinlar to'dasi bitta partiya hisoblanadi. Shular qatorida peshob 
haydovchi o’simliklar ham mustasno emas. Tarkibida peshob haydovchi moddasi 
bo’lgan o’simliklar yer yuzida anchagina uchratish mumkin. Tarkibida peshob 
haydovchi vositalar bo’lgan dorivor o’simliklar guruhlari va o’simlik turlarida 
vitaminlar odam va hayvonlar uchun muhim ahamiyatga ega bo'lgan, turli 
kimyoviy tuzilishdagi organik birikmalardir. Organizm uchun juda kam miqdorda 
talab etiladigan (oqsil, yog' va uglevodlardan farqi) bu birikmalar fermentlar 
molekulasi tarkibiga kirib, to'qimalardagi moddalar almashinuvida ishtirok etadi.


35 

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling