Peshob haydovchi dorivor o’simliklar


 Dorivor o'simlik mahsulotlarining farmakognostik tahlili


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana11.07.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1659760
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Peshob haydovchi dorivor o’simliklar

2.2. Dorivor o'simlik mahsulotlarining farmakognostik tahlili 
Tovarshunos tahlili farmakognoziya faniga xos bo'lib, uning yordamida 
dorivor mahsulotlarning sifati hamda tozaligi aniqlanadi. Har bir dorivor 
mahsulotda ruxsat etilmaydigan aralashmalar va mutlaqo yo'l qo'yib bo'lmaydigan
nuqsonlardan tashqari, DavIat standarti (GOST), ayrim sohaga tegishli standart 
(OST), vaqtincha texnik shartlar (VTU) va Davlat farmakopeyasi (OF) tomonidan 
ruxsat etiladigan ma'lum miqdordagi aralashmalar bo'ladi. Bunday aralashmalar 
miqdori ruxsat etilgan miqdorga nisbatan ortiq bo'lganida dorivor mahsulot sifati 
pasayib ketadi. Ruxsat etilgan aralashma va nuqsonlar miqdori tovarshunos tahlili 
yordamida aniqlanadi. Bu tahlil uchun GOST, OST, VTU va Davlat farmakopeyasi 
qo'llanma hisoblanadi. Bazalar va omborlarda, dorivor mahsulotlardan preparatlar 
ishlab chiqarish farmatsevtika muassasalarida mahsulotni qabul qilishda 
tovarshunos tahlili olib boriladi. Tovarshunos tahlili ikki bosqichda bajariladi:
I bosqich. Mahsulotni qabul qilish va tahlil uchun o'rtacha namuna olish.
II bosqich. O'rtacha namunani tah1il qilish.
Farmatsevtika zavodi va fabrikalarida hamda markazlashtirilgan omborlarda 
dorivor mahsulotlar, odatda, ko'p miqdorda partiya qilib qabul qilinadi. Og'irligi 50 
kg dan kam bo'lmagan, har taraflama bir xil bo'lgan, sifatni tasdiqIovchi bitta hujjat 
bilan rasmiylashtirilgan mahsulot solingar o'rinlar to'dasi bitta partiya hisoblanadi. 
Partiya ochib ko'rilganda rangi, hidi, bir xilligi va namligiga ahamiyat beriladi. 
Dorivor mahsulot quyidagi hollarda yaroqsiz deb topiladi va qabul qilinmaydi:
1. Bir kecha-kunduz shamollatganda ham ketmaydigan badbo'y, yot hid bo'lsa yoki 
o'ziga xos hidini yo'qotgan bo'isa.
2. Zaharli o'simlik mahsuloti aralashmasi bo'lsa.
3. Begona o'simliklar (somon, hashak) yoki mineral aralashmalar (qum, tosh) 
hamda qush va hayvonlar chiqindisi ruxsat etiladigan me'yordan juda ko'p bo'lsa.
4. Mahsulot mog'orlagan va chirigan bo'lsa.
5. Ombor zararkunandalari bilan II-III darajada zararlangan bo'isa.
Agar mahsulotning tashqi ko'rinishi tekshirilganda uni bir xil emasligi
boshqa o'simliklar bilan ruxsat etiladigan miqdoridan ortiq ifloslangan bo'lsa va 


14 
boshqa nuqsonlar aniqlansa, u vaqtda partiya butunlay navlarga ajratilib, tozalanadi 
va qaytadan ikkinchi marta qabul qilinadi. Ombor zararkunandalaridan un kanasi, 
ombor uzun tumshug'i, don qayroqchisi va ombor kuyasi juda xavfli hisoblanadi. 
Bulardan tashqari, kemiruvchilar (sichqon, kalamush va boshqalar) ham dorivor 
mahsulotlarga katta zarar yetkazadi. Un kanasi - o'rgimchakka o'xshash, oq rangli 
juda mayda hasharot bo'lib, eng xavfli hisoblanadi. Ombor uzuntumshug'i - qo'ng'ir 
rangli mayda qo'ng'izcha bo'lib, yorug'likni yomon ko'radi. Dorivor mahsulotlar 
bilan bir qatorda g'allaga ham katta zarar yetkazadi. Don qayroqchisi - qo'ng'ir 
rangli mayda qo'ng'izcha bo'lib, ildiz, ildizpoya, tugunak va shunga o'xshash 
mahsulotlarga tushadi. Ombor kuyasi - dorivor mahsulotlarga juda katta zarar 
yetkazadi. Ayniqsa, uning kapalak qurti shoxkuya va shunga o'xshash 
mahsulotlami yaroqsiz qilib qo'yadi. Dorivor o'simliklar mahsulotini qabul qilishda 
va ularni saqlashda har yili mahsulotni ombor zararkunandalari bilan 
zararlanganligi albatta tekshirilishi kerak.
Dorivor mahsulotlaming ombor zararkunandalaridan zararlanish darajasini 
aniqlash uchun ulardan 1 kg olib, teshigining diametri 0,5 mm (kanalar uchun) 
yoki 3 mm (uzuntumshuq va boshqalar uchun) bo'lgan elakda elanadi. Elakdan 
o'tgan kukun (poroshok)dagi zararkunandalar miqdori va dorivor mahsulotning 
hasharotlardan qay darajada zararlanganligini lupa bilan aniqlanadi. Agar elakdan 
o'tgan mayda qismida 20tagacha kana bo'lsa, dorivor mahsulot birinchi darajali, 
20dan ortiq bo'lib, kolonna hosil qilmagan bo'lsa, II darajali, kanalar juda ko'p va 
kolonna hosil qilgan hamda yurishiga joy qolmagan bo'lsa, III darajali zararlangan 
hisoblanadi. Elakdan o'tgan qismda 1-5ta uzuntumshuq, don qayroqchisi, ombor 
kuyasi, ulaming qurti va boshqalar bo'lsa, mahsulot birinchi darajali, 6-10ta bo'lsa 
II darajali, 10dan ortiq bo'lsa III darajali zararlangan hisoblanadi. Hasharotlar 
miqdori 1 kg mahsulotga nisbatan olinadi. Dorivor o'simliklar mahsuloti ombor 
zararkunandalari bilan zararlangan bo'lsa, mahsulot avval dezinfeksiya qilinib, 
so'ngra teshigining diametri 0,5 mm (kanalar bilan zararlangan bo'lsa) yoki 3 mm 
(boshqalar bilan zararlangan bo'lsa) li elakda elanadi. Shunday qilib,
tozalangandan keyin mahsulotni ishlatish to'g'risida fikr yuritiladi. Agar mahsulot 1 


15 
darajali zararlangan bo'lsa, uni tezda kerakli maqsad uchun ishlatishga ruxsat 
etiladi. Bordi-yu II darajali zararlangan bo'lsa, faqat ayrim hollarda tibbiyotda 
ishlatilishi mumkin, III darajali zararlanganida esa mahsulotdan ta'sir etuvchi 
kimyoviy birikmalarini oIish uchun foydalaniladi. «Tovarshunos tahlili» qismida 
dorivor mahsulotlarning namligi GOST da qo'yilgan talablardan yuqori bo'lsa, 
sifati past bo'lishi mumkinligini aytib o'tilgan edi. Shuning uchun ham namlikning 
aniqlashni ahamiyati katta. Aniqlash texnikasi (XI DF ga ko'ra). Analitik tarozida 
aniq tortilgan ikkita 3-5 g (ayrim hollarda 1-2 g) og'irlikdagi mahsulot (tahlil uchun 
olingan mahsulot) doir:niy og'irlikkacha quritilgan va tortilgan 2ta byuksga ayrim-
ayrim solinadi. So'ngra ikkala byuks mahsulot bilan qurituvchi pechda 100-105°C 
da doimiy og'irlikkacha quritiladi. Qizdirilgan byukslarni tortishdan oidin 
eksikatorda 30 daqiqa sovutiladi. Birinchi tort ish barg, yer ustki qism va gullar 
uchun 2 soat, ildiz, ildizpoya, po'stIoq, meva, urug' va boshqa mahsulotlar uchun 3 
soat qizdirib, 30 daqiqa sovitilgandan so'ng o'tkaziladi. Byukslar doimiy og'irlikka 
keiguncha qizdiriladi, sovitiladi va tortiladi. Keyingi qizdirishlar hamda sovitishlar 
30 daqiqa davomida bo'ladi. Keyingi ikki marta tortilgan byuks og'irligining farqi 
o'zaro 0,01 g dan ortiq bo'lmasa, byuks doimiy og'irlikka kelgan yoki mahsulot 
absolut quritilgan hisoblanadi. Ikkala namuna namligining o'zaro farqi 0,5 foizdan 
ortmasligi kerak. Ikkala namlik yig'indisini ikkiga bo'lib, o'rtacha ko'rsatkich 
topiladi. GOST da hamma dorivor mahsulotlarning muayyan namlik miqdori 
ko'rsatilgan bo'ladi. Namlik miqdori havo namligiga hamda dorivor mahsulot 
tabiatiga bog'liq. Gigroskopik mahsulotlar havo namligini tez tortib oladi. 
Mahsulotni saqlashda ularning bu xususiyati hisobga olinadi. Mahsulotniog kulini 
aoiqlash Har qanday mahsulot yoqilsa yoki yuqori haroratda qizdirilsa, yonib kulga 
aylanadi. Buni «umumiy kul» deyiladi. Umumiy kul tarkibida oksid holida ko'p 
elementlar bo'lib, u 10 foizli xlorid kislotasi ta'sirida suvda eriydigan tuzlar hosil 
qiladi. Kuldagi silikat angidrid esa 10 foizli xlorid kislotada erimay cho'kmada
qoladi. Bu cho'kma «10 foizli xlorid kisiotasida erimaydigan kul» deb ataladi. 
Umumiy kul miqdori har bir o'simlik uchun turlicha bo'lib, ruxsat etiladigan 
miqdori GOST, OST, VTU hamda Davlat farmakopeyasida ko'rsatiladi. Agar 


16 
o'simlik iflos joyda yoki changli yo'l yoqasida o'ssa yoki tanasidan chang 
yopishadigan shira ajratsa, kuydirganda umumiy va «o'lik kul» miqdori ortadi. 
Bunday o'simliklarda, masalan, belladonna, mingdevona va bangidevona bargida 
kul miqdorining ko'p bo'lishiga GOST, VTU va DF da ruxsat etilgan.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling