zarur. Normal va g‘ayritabiiy
nazorat zardoblari, plazma, siydik, hujayra
suspenziyalari va boshqa sanoat tomonidan ishlab
chiqarilgan materiallar
laboratoriyada sifatni nazorat qilish uchun ishlatiladi.
Tekshirish materialining standart qiymatlari natijalarning to‘g‘riligini
nazorat qilish uchun ishlatiladi. Tekshirish uchun nazorat materialini tayyorlash
qat‘iy ishlab chiqaruvchining ko‘rsatmalariga muvofiq amalga oshiriladi va bemor
namunalari bilan bir xil ishlatiladi. Tekshirish materialini bir martalik muzlatish va
eritishga ruxsat beriladi.
Laboratoriyada yetarli miqdordagi sanoat ishlab
chiqarishining nazorat
materiallarini olishning iloji bo‘lmagan hollarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri laboratoriyada
tayyorlangan materiallarni ishlatish mumkin - zardob, plazma, siydik va boshqalar.
Laboratoriya ichi sifat nazorati quyidagilarga bog‘liq:
- reagentlarning yaroqlilik muddatiga;
- nazorat materiallari va standartlarni qo‘llash;
- analitik jihozlarning holatini tekshirish;
- asboblarni kalibrlash;
- doimiy va o‘z vaqtida texnik xizmat ko‘rsatish va b.
Do'stlaringiz bilan baham: