Urobilinogenuriya.
Normal peshobda urobilinogen 0 – 2 mg/l bo‗ladi va u peshobga somon -
sariq rang beradi. Bu ko‗rsatkich oddiy usullarda aniqlanmaydi
va manfiy natija
beradi. Urobilinogen indikator test-tilimchalar yoki Erlix reaktivi yordamida
aniqlanadi.
2 mg/l
10 mg/l
20 mg/l
40 mg/l
80 mg/l
14-rasm. Peshobda
urobilinogenni aniqlash
Urobilinogenni aniqlash uchun 2,5 ml peshobga 2,5
ml Erlix reaktivi va
to‗yingan uksus kislotali natriy eritmasi solinadi. YAxshilab chayqatilganda
peshobda urobilinogen ko‗p bo‗lsa eritma qizil rangga kiradi. Eritma 20 ml li
silindrga olinadi va unga 10 ml xloroform va butanol 1:1 eritmasi qo‗shiladi.
Eritma yaxshilab chayqatiladi va biroz vaqtga qoldiriladi.
Eritma qavatlarga
ajraladi va sinama musbat bo‗lganda yuqori qismi qizil rangda bo‗ladi.
Urobilinogen miqdorinig keskin ortishi gemolitik anemiyada,
jigarning
toksik zararlanishi va yallig‗lanish jarayonida, ichak kasalliklarida (enteritlar,
qabziyat) kuzatiladi. Jigar osti sariqligida peshobda urobilinogen bo‗lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: