Petr ilich chaykovskiy bajardi: 20-12 guruh talabasi Sangilova Omina Tekshirdi: ibragimova nilufar


Download 0.64 Mb.
bet1/2
Sana04.02.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1159087
  1   2
Bog'liq
portal.guldu.uz-PETR ILICH CHAYKOVSKIY(1)

PETR ILICH CHAYKOVSKIY

Bajardi: 20-12 guruh talabasi

Sangilova Omina

Tekshirdi: ibragimova nilufar


Petr Ilich Chaykovskiy
(1840-1893)
Reja:
 
1. P.I. Chaykovskiyning estetik pintsiplari.
2. P.I. Chaykovskiy hayotiy va ijodiy yo`li .
3. P.I. Chaykovskiy ijodiga xarakteristika.
4. P.I. Chaykovskiy simfonik ijodi.
5. P.I. Chaykovskiy opera ijodiyoti.
6. P.I. Chaykovskiy baletlari .
7. P.I. Chaykovskiy kamer-cholg`u asarlari.
8. P.I. Chaykovskiy romanslari.
9. P.I.Chaykovskiy ijodining ahamiyati.
Petr Ilich Chaykovskiyning estetik printsiplari. Petr Ilich Chaykovskiy nomi, Glinka va Dargomijskiy an`analarini davom ettirgan holda, klassik kompozitorlari orasida ajralib turadi. Uning o`lmas, bebaho asarlari A.S. Pushkin va L.Tolstoy kabi insonlarning asarlari bilan bir qatorda turadi. Chaykovskiy estetik printsiplarining asoslari XIX asrning 60-70 yillarida shakllangan. Bu davr, badiiy g`oyalarning yuksalishi, rus adabiyoti, rassomchiligi va musiqasining “gullab yashnash” davriga to`g`ri keladi. Dunyokarashining o`tkir fojeasi Chaykovskiyga xos xususiyat bo`lsada, Chaykovskiy hayotga go`zallik va ishonuvchanlik ko`zlari bilan qaragan. “Go`zallik -- bu hayotning o`zidir”, kabi Cherno`shevskiyning printsipi, Chaykovskiyning ham printsipiga aylandi. Chaykovskiy hayotni va insoniyatni sevar edi. Uning musiqasida ruhiy hissiyotning xaqiqiy ochilishi bor.
Chaykovskiy mumtoz, milliy kompozitordir. U o`z asarlarida rus jamiyati hayotini va uning turmushiy tarzini, rus tabiatini tasvirlaydi. Chaykovskiy musiqasining intonatsion ohangdorligi rus xalq qo`shiqlariga hamohangdir. Uning musiqasi rus xalq qo`shiqlariga yaqindir. Petr Ilich Chaykovskiy bolaligi Votkinskda, so`ngra Volopaevskda o`tgan. Kompozitor kundalik daftariga yozgan satrlarida “Mening asarlarimda neki rus elementlari yangrayotgan bo`lsa, bularning barchasi mening rus tabiatida, rus dalasida, Rossiya zaminida rus bo`lib tug`ilganimdandir” deb yozib qoldirgan ekan.
Hayotiy va ijodiy yo`li. Chaykovskiy 1840-yil 25 aprel Votkinsk shahridagi metallurgiya zavodining direktori, tog` injeneri Ilya Petrovich oilasida dunyoga kelgan. Otasi yaxshigina fleyta asbobida chalishni bilar edi. Oilada 4 ta farzandning ikkinchisi bo`lgan Chaykovskiy bolaligida noziktabiatli kasalmand, hissiyotli bola bo`lgan. 1854-yilda, onasi Aleksandra Assier vafotidan so`ng, Chaykovskiy chuqur g`am-alamga botadi. Shundan bo`lsa kerakki, ba`zan kompozitor ish jarayonida o`z hissiyotlarini va qahr- g`azabini jilovlay olmasdi. Alyabevning “Solovey” (Bulbul) qo`shig`i Petr onasining sevimli qo`shig`i edi va keyinchalik Chaykovskiy bu qo`shiqni albatta ko`z yoshlari bilan onasini xotirlab tinglar edi.
Mana shu yillari, fortepianoda birinchi saboq olish mashg`ulotlari boshlandi. Uning birinchi fortepiano o`qituvchisi Mariya Markovna Palchikovadir. Frantsuz millatiga mansub, Fanni Dyurbax-Chaykovskiyning tarbiyachisi va birinchi o`qituvchisi va enagasidir. Fanni Dyurbax bolalar ichida Petrga alohida mehr qo`yib, uni P`er deb erkalatar edi. Petr Chaykovskiy adabiyotga ham befarq emas edi.Bolaligida turli mavzularda hikoyalar va she`rlar yozgan.Keyinchalik kompozitor vafotidan so`ng, uning akasi Modest Chaykovskiy ukasi xotirasiga ma`lumotlar to`plash uchun Shveytsariyadagi Monbelyar shahriga Fanni Dyurbaxni qidirib keladi. Kichkina Chaykovskiyning yozgan she`r va hikoyalarini saqlab qo`ygan Fanni Dyurbax ularni Modest Chaykovskiyga qaytarib beradi.
Chaykovskiy 10 yoshga to`lganida, uni Peterburgdagi xuquqshunoslik bilim yurtiga o`qishga berishdi.Bu bilim yurtida hohlovchi talabalar uchun musiqadan mashg`ulotlar o`tkazilar edi. Aynan shu erda Chaykovskiy simfonik kontsertlariga borar va rus g`arb kompozitorlari ijodidagi asarlarni o`rganar edi. Ayniqsa M.I.Glinkaning”Ivan Susanin” va Motsartning” Don Juan” operalari Chaykovskiyda katta taassurot qoldirdi. Motsart uning eng sevimli kompozitori va kumiri edi.
1859 -yil Chaykovskiy xuquqshunoslik bilim yurtini tamomlagach, yustitsiya vazirligida xizmat qila boshladi, ammo Chaykovskiyni musiqa olami ko`proq jalb etar edi.U o`z xaqida opasi Aleksandraga xat yozar ekan:”Men musiqa nazariyasini chuqur o`rgandim, qa`tiy qaror qildimki, ertami- kechmi men xizmatimni musiqaga almashtiraman”.
1862-yilda Chaykovskiy Peterburgdagi konservatoriyaga o`qishga kirib, yosh kompozitorning tarbiyasida katta ahamiyatga ega bo`lgan A.Rubinshteyn va N.Zaremba nomli mashhur pedagoglar sinfida tahsil ola boshlaydi.
1868-yilda xor va orkestr uchun yaratgan kantatasi bilan Peterburg konservatoriyasini muvaffaqiyatli tamomlab, Moskvada endigina ochilgan konservatoriya direktori N.Rubinshteynning taklifiga ko`ra, Moskva konservatoriyasiga ishga keladi. U erda kompozitsiya, garmoniya, musiqa nazariyasi, cholg`ulashtirish fanlaridan dars bera boshlaydi. Pedagoglik tajribasidan kelib chiqqan holda, 1872-yilda nashriyotda bosilgan “Rukovodstvo k prakticheskomu izucheniyu garmonii” ilmiy kitobini yozadi.
Moskvada Chaykovskiy musiqiy hayotning diqqat markazida bo`ladi. U bir qator mashhur muzikantlar, artistlar, shoirlar bilan tanishadi. Dramaturg Ostrovskiy, shoir Pleheev, muzikant N.Rubinshteyn, musiqiy tanqidchi Kashkin, va atoqli L.Tolstoy bilan bo`lgan tanishuvi Chaykovskiyning realistik printsiplarining tasdiqlanishida ijobiy rol o`ynagan.
Pedagoglik faoliyatidan tashqari, Chaykovskiy musiqiy tanqidchi sifatida ham faoliyat yuritgan. U Glinka ijodining ahamiyati xaqida va milliy musiqani rivojlanib o`z yo`lidan ketishi xaqida, ijodini endigina boshlayotgan Rimskiy-Korsakovning kelajagi borligini va norvegiya kompozitori Grig ijodining xalq ijodiyoti bilan bo`lgan aloqasining ijobiy tomonlari xaqida yozgan.
Bu davrda kompozitor, o`zining asarlari ustida jadal ishlay boshladi.Bu davr juda unumdor bo`lib, :3 ta simfoniya, birinchi fortepiano uchun kontsert, “Voevoda”(Askarboshi), “Oprichnik”(Ivan Grozniy tuzgan maxsus qo`shini boyari),”Undina”, “Kuznets Vakula”(Temirchi Vakula) kabi 4 ta opera, 3 ta kvartet, “Lebedinoe ozero”(Oqqush ko`li) baleti, “Vremena goda”(Yil fasllari) fortepiano tsikli kabi asarlari yaratilgan. Bu davrning asarlari quvnoq va optimistik ruhdadir. Aynan shu davrlarda Chaykovskiyning “Romeo va Juletta”, “Burya” (Bo`ron), “Francheska da Rimmini” dramatik asarlari ham yaratilgan.
Uning asarlarini targ`ib qilgan, pianinochi va dirijer N.G. Rubinshteyn, uning asarlarini bosmaga tushirgan, nashriyotchi Yurgenson, musiqiy tanqidchi Larosh kabi insonlar Chaykovskiyni qo`llab quvvatlab turishgan.
Antonina Milyukova--Chaykovskiyning rafiqasi.Chaykovskiyning Milyukovaga uylanishi uning hayotida muhim ahamiyatga ega.Ular o`zaro murosaga kelisha olmasliklari va oiladagi noxush, keskin holat kompozitorni asabiy-negativ ahvolga solib qo`ydi va shuningdek kompozitor tushkunlikka tushgan holda o`z joniga qasd qilish fikridan qaytib, rafiqasini tark etadi.Hayoti davomida ular boshqa uchrashishmadi, shunga qaramasdan, Chaykovskiy ancha yillar mobaynida Antonina Milyukovani moddiy tomondan ta`minlab turgan.
Chaykovskiy musiqasi lirikdir. Yoyilgan musiqa,ifodaning asosiy vositasidir. Melodiya (ohang) o`z ichiga rus xalq qo`shiqlarining keng kuychanligini, insoniy nutqning deklamatsion-kuychanlik ifodasini o`z ichiga oladi. Chaykovskiy musiqasi yuqori professional, badiiy etuklikda bo`lgani bilan oddiyliligi bilan farq qiladi. Garmoniya va shakl, musiqa mazmuni tomonlama belgilanadi.Sekventsion rivojlanish uslubidan keng foydalanilgan. Chaykovskiy asarlarida ko`proq raqs usullari yangraydi, asosan val ritmi nafaqat uning baletlarida, balki simfonik opera kamer-cholg`u va vokal muzikalarida ham eshitiladi. Chaykovskiy ham Glinka kabi ukrain, italyan, frantsuz xalqi uchun qo`shiqli va raqsli ohangni ishlatgan. Opera kompozitori bo`lish uchun, Chaykovskiyning tanlagan yo`li murakkab va azobli edi. U hayotning realistik tarziga asoslangan holda, lirik operasini yaratishga intilgan. Badiiy natijaga, Chaykovskiy 5 chi simfoniyasi va “Evgeniy Onegin “operasida erishdi.
Operalardan farqli o`laroq, Chaykovskiy o`zining simfonik asarlarida, o`z tabiiy tili va uslubini topdi. Uning birinchi simfoniyasidayoq simfonik tsiklning yangi risolasi, cholg`ulashtirishning yangi usullari va garmonik rejaning dadilligini ko`rishimiz mumkin. U o`ziga xos melodik uslubni yaratgan .
Kompozitor o`zining dramatik tabiatidan kelib chiqib, dasturli asarga mos adabiy syujetni tanlar edi. Chaykovskiy, jahon simfonizmining rivojlanish tarixiga liriko-dramatik, lirik-fojeali simfoniyalar yaratuvchisi sifatida kirib kelgan.
“XIX asrning rus musiqasida, simfoniyani “hissiyotli, falsafiy tovushlar” darajasiga olib chiqish, faqatgina Chaykovskiyga qo`l keldi”, deb ifodalaydi B.V. Asafev. Uning asarlarida, simfonik uslubning harakat va dinamika vositalari yordami, simfonizmning lirik tabiati, psixologizm, obrazlar konkretlik janriga bo`lgan tayanch ifoda topar edi. Chaykovskiy, qalbida to`plangan barcha dard alamlarni qanday his etsa, simfoniyani ham shunday his etar, simfoniyaning yaratilishi esa Chaykovskiy uchun “xaqiqiy lirik” jarayon edi. Chaykovskiy, o`z simfoniyalarida avvalambor insonning ruhiy, hissiy hayotini aks ettirishga harakat qilar edi.

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling