Analizning optik usullari
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
1-Mavzu ANALIZNING OPTIK USULLARI (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- To’lqin uzunligi
ANALIZNING OPTIK USULLARI Analizning spektroskopik usullariga elektromagnit nurlarning modda bilan o’zaro ta’sirini o’rganishga asoslangan fizikaviy usullar kiradi. Bu o’zaro ta’sir turli xil energetik o’tishlarga olib keladi va tajribada bu hodisalarning natijasi elektromagnit nurlarning chiqishi, yutilishi va sochilishi ko’rinishida qayd qilinadi (1.1-rasm). Elektromagnit nurlanish yoki yorug’lik ikki xil yo’l bilan bayon qilinishi mumkin. Birinchisi, yorug’likning to’lqin tabiatidan kelib chiqib u elektromagnit nurlarning sochilishi, qaytishi, sinishi, interferensiyasi va difraksiyasi kabi optik hodisalarni tushuntiradi. Ikkinchisi esa, yorug’likning korpuskulyar tabiatidan kelib chiqib atom va molekulalar tomonidan elektromagnit nurlarning yutilishi va chiqarilishini tushuntiradi. Maksvel bo’yicha elektromagnit to’lqinni magnit maydoni bilan bog’liq bo’lgan o’zgaruvchi elektr maydon ko’rinishida tasavvur qilish mumkin (1.2-rasm). 30.1-rasm. Modda bilan elektromagnit nurlarning o’zaro ta’sirini umumiy manzarasi 30.2-rasm. Elektromagnit to’lqinning sxematik tasviri. Ye – elektr va N – magnit maydonlari, x – to’lqin tarqalishining yo’nalishi To’lqinlarning o’zi tarqalayotgan (o’zini o’rab turgan) muhit bilan o’zaro ta’sirini elektr va magnit vektorlaridan foydalanib qarash mumkin. Quyida yorug’likning to’lqin xossasidan kelib chiqadigan ba’zi xarakteristikalari keltirilgan. To’lqin uzunligi – bir to’liq tebranish uchun ketgan vaqt ichida to’lqin tomonidan bosib o’tilgan masofa. To’lqin uzunligini o’lchash uchun SI sistemasining birligi metr (m) yoki metrning shu oraliq uchun mos bo’lgan birliklari ishlatiladi nanometr (1nm = 1*10 -9 m), mikrometr (1mkm = 1*10 -6 m). Angstrem ( nm m A o 1 , 0 10 1 10 ) birligi foydalanish uchun tavsiya qilinmasada, hozir ham anana bo’yicha tez-tez ishlatiladi. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling