Analizning optik usullari


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/12
Sana18.06.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1579829
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
1-Mavzu ANALIZNING OPTIK USULLARI (1)

Vidikonlar deb ataluvchi zaryad to’plash bilan ishlovchi uzatuvchi 
televizion trubkalar, fotoplastinkaning eng yaqin o’xshashi hisoblanadi. 
Bu qurilmalarda nishon-plastinkaga purkash yo’li bilan biriktirilgan 
yarimo’tkazgich yoki segnetoelektrik materialining yorug’likka sezgir 
qatlami fotoemulsiya rolini o’ynaydi. Ishlash qoidasi (prinsipi) bo’yicha 
yorug’likka sezgir qatlam fotodiodga, fotoqarshilikka yoki piroelektrikka 
o’xshaydi. Yorug’lik tushayotgan bunday nishonning yorug’likka sezgir 
qatlamida, tasvirning fotoplastinkadagi taqsimlanishiga o’xshash, elektr 
zaryadlarining taqsimlanishi hosil qilinadi. Bu “tasvir” nishonning sirtida 
katta tezlikda chopayotgan (skan qilayotgan) elektron nur yordamida 
o’qiladi.
Vidikonlar xuddi fotoplastinkalar kabi sezgir elementlar uzluksiz 
taqsimlangan ko’p elementli detektorlarga misol bo’ladi. Zamonaviy 
spektr 
oluvchi 
asboblarda, 
elementlari 
diskret 
taqsimlangan 
ko’pelementli nurlanish qabul qilgichlar ham keng ishlatiladi. Bunday 
qurilmalar, yuqorida bayon qilingan juda ham kichik qattiq sezgir 
elementlardan birining, nihoyatda ko’pchiligi qator (chiziqli detektorlar) 
yoki ko’p qatordan (matrisa ko’rinishdagi detektorlar) iborat qilib 
joylashtirilgan 
og’irroq plastinkadan iborat bo’ladi. Raqamli 


fotoapparatlarda qo’llanilayotgan zaryad orqali bog’langan asboblar 
asosida yaratilgan matrisa detektorlari bunga misol bo’ladi. Spektr 
oluvchi asboblar uchun mo’ljallangan chiziqli detektorlarning o’lchami 
1– 1,5 sm va matrisa detektorlariniki esa 1x1 sm ni tashkil etadi. Chiziqli 
detektorga bir necha ming, matrisaga esa 10
4
–10
5
ta sezgir element 
joylashtirilgan bo’ladi. Detektorda sezgir elementlarning soni qancha 
ko’p bo’lsa, spektr shuncha aniq aks ettiriladi. Alohida elementlarning 
signallarini qayd etish, skan qilish orqali ketma-ket amalga oshadigan 
vidikonlardan farqli, bu yerda u bir vaqtda va o’zaro bog’liq bo’lmagan 
holda qayd qilinadi. Bu holda detektordan kelayotgan ma’lumot, 
ko’pchilik kanallarga bir vaqtda parallel keladi, shuning uchun bunday 
turdagi detektorlarni ko’p kanalli detektorlar ham deyishadi. 

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling