Analizning optik usullari
-§. Spektr oluvchi asboblarning turlari
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
1-Mavzu ANALIZNING OPTIK USULLARI (1)
30.5-§. Spektr oluvchi asboblarning turlari
Spektral asbobning tuzilishi uning optik sxemasi, spektrni qayd qilish usuli va ba’zida bajariladigan analizning turi bilan aniqlanadi. Spektroskop – nur kirish kollimatori, dispersiyalovchi qism va kuzatish trubasidan iborat. Bu asbob asosan, metallurgiya, tibbiyot va biologiyada sifat va yarim miqdoriy analizlarni o’tkazish uchun qo’llaniladi. Stiloskop – metallar va qotishmalardagi turli elementlarning miqdorini, ular chiqargan spektral chiziqlarning nisbiy intensivligiga ko’ra qo’pol (50% gacha nisbiy xatoliklar bilan) yaqinlashishda aniqlashga mo’ljallangan. Stiloskopda yorug’lik manbai sifatida uning buyum stolchasiga o’rnatiladigan namuna bilan aylana shaklidagi doimiy elektrod (temir yoki misdan) o’rtasida hosil qilinadigan yoy yoki uchqun razryadlari xizmat qiladi. Stilometr – po’lat va qotishmalardagi turli elementlarning miqdorini ularga tegishli chiziqlarning nisbiy intensivligi bo’yicha tez topish uchun ishlatiladi. Stiloskopdan farqli stilometrda spektral chiziqning intensivligi fototokka aylantiriladi va kuchaytirilgandan so’ng uning qiymati o’lchaniladi. Kvantometr – atom emission spektrlari yordamida po’lat va qotishmalarning tarkibiga kiruvchi bir nechta elementni bir vaqtda aniqlash uchun ishlatiladi. Stilometrdan farqli kvantometrda monoxromator o’rniga polixromator o’rnatilgan. Polixromator chiqarish tirqishining orqasiga fotoelementlar yoki fotoko’paytirgichlar o’rnatilgan. Ba’zi kvantometrlarda ularning soni 100 tagacha boradi. Har xil analiz uchun ishlatishga mo’ljallangan, spektrni fotoelektrik usul bilan qayd qiluvchi ko’pchilik spektral asboblar spektrometrlarga kiradi. Ularda spektr olish monoxromator uzluksiz ajratib berayotgan spektrning qismlarini o’ziyozar asbobga qayd qilish orqali amalga oshiriladi. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling