Analizning optik usullari


-§. Spektrning turli sohalarida ishlatiladigan


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/12
Sana18.06.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1579829
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1-Mavzu ANALIZNING OPTIK USULLARI (1)

30.3-§. Spektrning turli sohalarida ishlatiladigan
optik materiallar 
Spektrning yaqin ultrabinafsha (185

350 nm) sohasida ishlaydigan 
asboblarning optik qismlari (linzalar va prizma) kvarsdan yasaladi. 
Ko’rinuvchi va yaqin infraqizil (350

700 nm va 0,7

2,5 mkm) sohalarda 
shaffof optik elementlar optik shishalardan tayyorlanadi, prizma va 
linzalar TF1 va TF3 shishalaridan, boshqa detallar esa KV8 shishadan 
tayyorlanadi. Oddiy shishalar spektrning infraqizil sohasi (2,5

50 mkm) 
uchun shaffof emas. Bu yerda optik materiallar sifatida ba’zi kristallar va 
maxsus shishalar ishlatiladi. Bularga kvars, uch oltingugurtli mishyak, 
selen-mishyak va tellurli maxsus shishalar kiradi. Bulardan asosan 
kyuvetalarning oynalari va linzalar tayyorlanadi. Prizmalar esa 
laboratoriya sharoitida o’stiriladigan osh tuzi (NaCl), ftorli litiy (LiF), 
ftorli kalsiy (CaF
2
), flyuorit, bromli kaliy (KBr), kaliy xlor (KCl) va 


bromli seziydan (CsBr) tayyorlanadi. Infraqizil yorug’likni to’plovchi, 
uning yo’lini buruvchi har xil yassi va qabariq ko’zgular oddiy 
shishalardan tayyorlanadi va nur qaytarish koeffisiyenti yuqori bo’lishi 
uchun ularning yuzasiga alyuminiy metali yurgiziladi. 
30.4-§. Yorug’lik qabul qilgichlar 
Elektromagnit nurlarning ko’rinuvchi qismini eng yaxshi sezuvchi 
qabul qilgichlardan biri inson ko’zidir. Ma’lum vaqt qorong’ulikka 
moslashgan ko’z to’lqin uzunligi 

= 550 nm bo’lgan yorug’likni 
yigirmata fotoni bir vaqtda chiqargan chaqnashni sezadi. Miqdoriy 
o’lchashlarga ko’z yaramaydi, chunki uning sezgirligi tushayotgan 
yorug’likning intensivligiga qarab ko’p marta o’zgaradi. 
Hozir ham o’z mavqyeini yo’qotmagan eski yorug’lik qabul 
qilgichlardan biri fotoplastinkadir. Fotografik emulsiya bromli 
kumushning mayda kristallari joylashtirilgan qalinligi 10 – 20 mkm 
bo’lgan yorug’likni sezuvchi yelimshiq qatlamdan iborat bo’ladi. Bu 
kichik zarrachalarning yuzasida metall holidagi yoki oltingugurtli 
kumushning submikroskopik o’lchamli zarrachalari ya’ni, yorug’lik 
sezish markazlari joylashtiriladi. 

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling