Petrografiya
Download 417.94 Kb. Pdf ko'rish
|
petrografiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Beshinchi laboratoriya ishi Mavzu
Nazorat savollari:
1.Metamorfizmning omillarini aytib bering. 2. Gneys, slanes, kvarsit, marmar, amfibolit, eklogit va boshqalarga qanday mineral tarkib, struktura, tekstura xos va ular qanday sharoitda hosil bo'ladi?
44
Beshinchi laboratoriya ishi Mavzu: Metamorfik va metasomatik jinslar- rogovik, skarn, serpentinit, asbest, greyzen, listvenit va boshqa jinslar. Nazariy asoslar: Kontakt metamorfizm jinslari Kontakt metamorfizm jinslari ikki turga bo'linadi: 1). Kontakt termal (soviyotgan intruzivning harorati ta'siri natijasida atrofdagi jinslarning o'zgarishi); 2). Kontakt metasomatik. Kontakt termal metamorfizm jinslari: rogovik, marmar, kvarsit va boshqalar. Rogoviklarda quyidagi fatsiyalar uchraydi: 1). Kvars-albitli rogovik, 2). Amfibolli rogovik 3). Piroksenli rogovik, 4). Sanidinitli rogovik. Kvars-albit rogovik fatsiyasi. Rogoviklar zich jins bo'lib, ko'pincha chig’anoqsimon sinadi, rangi har xil. Gil jinslarining hisobiga hosil bo'lgan rogoviklar kvars, albit, seritsit, biotit, kordierit, andaluzit, kamroq epidotdan tashkil topgan. Asos va o'ta magmatik jinslar va ularning tufogen jinslari va mergellar hisobiga hosil bo'lgan rogoviklar qora, yashil - kulrang bo'lib, mayda donali albit – epidot-aktinolitdan tashkil topgan. Vulqon shishasi to'liq mayda tangasimon xlorit va slyudali minerallar bilan almashilinadi. Amfibol rogovik fatsiyasi. Bu fatsiyada barqaror minerallar oddiy rogovaya obmanka, o'rta va asos plagioklaz va kamroq piroksendan iborat. Gilli jinslar qora, zich rogoviklarga aylanadi. Ularning tarkibida kvars, dala shpatlari, slyuda, andaluzit yoki 45
kordierit uchraydi. Ohakli-silikatli rogoviklar (skarnoidlar) dolomit, kalsit, forsterit, kvarsdan tashkil topgan. Asos magmatik tog’ jinslari hisobiga hosil bo'lgan rogoviklar amfibolli jinslarni tashkil qiladi. Ularning tarkibida rogovaya obmanka va plagioklaz uchraydi. Piroksen rogovik fatsiyasi. Bu fatsiya jinslari kontaktga yaqin joyda rivojlanadi. Ular yuqori haroratli minerallardan tashkil topgan: piroksen, sillimonit, vollastonit, forsterit. Sanidinit fatsiyasi. Bu fatsiya jinslari harorat 775-990 0 C da hosil bo'ladi. Fatsiya jinslariga quyidagi belgilar xos: 1. Piroksen pijonitdan tashkil topgan;2. Grossulyar uchramaydi: 3. Plagioklazning yuqori haroratli turi rivojlanadi; 4. Kritik minerallardan sanidinit uchraydi. Marmarlar karbonat jinslarining hisobiga hosil bo'ladi. Ular o'rta, yirik donali bo'lib, rangi har xildir. Download 417.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling