11
mikroklin) ko'pdir. Granodioritda uchraydigan plagioklaz granitnikiga
nisbatan asosliroqligi (№30-40, andezin) bilan ajralib turadi.
Jins tarkibining 20-25 foizini kvars, 15-20 foizini rangli
minerallar tashkil qiladi. Rangli minerallar oddiy shoh aldamchisi,
biotit, ayrim hollarda piroksendan iborat. Aksessor minerallardan
apatit, magnetit va sfen uchraydi. Ayrim hollarda granodioritda
dala shpatlaridan faqat plagioklaz uchrashi mumkin, unda jins
plagiogranodiorit deb ataladi. Granodiorit bilan granit
orasidagi jins adamalit deb nomlangan (Trioldagi Adamella
tog’i nomidan olingan).
Do'stlaringiz bilan baham: