Petrografiya
Gipabissal va effuziv tog’ jinslari
Download 417.94 Kb. Pdf ko'rish
|
petrografiya
Gipabissal va effuziv tog’ jinslari. Asxist - tog’ jinslariga
esseksit - porfir, teralit-porfir, asseksit - diabaz, teralit - diabaz va teshenitlar kiradi. Esseksit - porfir, teralit - porfir jinslari esseksit va teralitlardan porfir strukturaliligi bilan farq qiladi. Esseksit - diabaz, teralit - diabazlar esa abissal tog’ jinslaridan ofit strukturalari bilan ajralib turadi. Teshenit jinsi tarkibida asos plagioklaz (labrador), analsim, barkevikit, titan-avgit va ma'danli minerallar uchraydi. Diasxist tog’ jinslarini kamptonit va monchikit tashkil qiladi. Bu jinslar qora, to'q kulrang, porfir strukturali. Kamptonit mayda donali lamprofir tipidagi jins bo'lib, plagioklaz (andezin-labrador) va barkevikitning prizmatik kristallaridan iborat. Ayrim hollarda titan-avgit yoki egirin agregatlari uchraydi. Bu minerallar tog’ jinsining asosiy qismini tashkil qiladilar. Fenokristallar barkevikit va titan - avgitdan yoki avgit, biotitdan tashkil topadi, ayrim hollarda olivin ham uchrashi mumkin.
V.Е. Tryoger ma'lumotlariga qaraganda kamptonit tarkibida plagioklaz bilan ortoklaz ma'lum birikma hosil qiladi. Plagioklaz agregat yadrosini tashkil qilgan bo'lib, uning atrofida ortoklaz joylashadi. Ishqorli gabbroidlarning effuziv monandi tefrit va tefrito- bazaltdir. Bu jinslar qora bo'lgani uchun ko'pincha ularni bazaltlardan ajratib bo'lmaydi. Tefritlarning mineral tarkibi teralitlarga to'g’ri keladi. Jins tarkibida asosan olivin, avgit, egirin-avgit, asos plagioklaz, leysit va nefelin uchraydi. Asosiy massada yuqorida qayd qilingan minerallar mikrolitlaridan tashqari yana sanidin va vulqon shishasi uchrashi mumkin. Jinsning tarkibida ko'p miqdorda olivin uchrasa, uni olivinli tefrit deb ataladi. Tefrito-bazalt bazalt bilan tefrit orasidagi tog’ jinsidir. Download 417.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling