Petrografiya
NEFELINLI SIENIT-FONOLIT GURUHI
Download 417.94 Kb. Pdf ko'rish
|
petrografiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Abissal tog’ jinslari.
NEFELINLI SIENIT-FONOLIT GURUHI Nefelinli sienit fonolit guruhiga kiruvchi tog’ jinslari yer yuzida kam tarqalgan bo'lib, hamma magmatik jinslarning taxminan bir foizchasini tashkil qiladi. Ularning intruziv turlari effuzivlariga nisbatan ko'proq rivojlangan.
traxitoidsimon tog’ jinsi bo'lib, uning tarkibida ishqorli dala shpatlari (65-70 foiz), nefelin (20 foiz) va rangli minerallar (10-15 foiz) uchraydi. Nefelin miqdorining oshib borishi bilan nefelinli sienit asta-sekin dala shpatlarisiz feldshpatoidli tog’ jinslariga o'tib boradi. Dala shpatlari nefelinli sienitlarda mikroklin-pertit yoki ortoklaz- pertit, ayrim hollarda esa epimagmatik albitdan tashkil topgan. Nefelinning idiomorf yoki ksenomorf kristallari ko'pincha egirin- avgit, arfedsonit yoki lepidomelandan iborat. Egirin uzun prizmatik kristallarni yoki ksenomorf donalarni hosil qiladi. Ayrim hollarda uzun, ingichka egirin kristallarini nefelinning yirik donalari qamrab oladi. Nefelinli sienitlarda magmatik kalsit (4-5 foiz) va ba'zan ko'p miqdorda evdialit, evkolit, astrofilitlarning uchrashi tabiiy. 26
Nefelinli sienit strukturasi gipidiomorf donali bo'lib, u femik va salik minerallar idiomorfizmning o'zgarib turishi bilan ajralib turadi. Tog’ jinslarining ayrim turlari agpait strukturali bo'lib, unga nefelin va dala shpatlarining rangli minerallarga nisbatan keskin idiomorfligi xosdir. Tog’ jinsini tashkil qiluvchi minerallar miqdorining barqaror emasligi, struktura va teksturaning o'zgarib turishi nefelinli sienitning ko'p turlarga bo'linishiga olib keladi. Tog’ jinslari birinchi marta topilgan joyni hisobga olib, ular xibinit, mariupolit va miaskit deb nomlangan.
Download 417.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling