Petrografiya
Metamorfik tog’ jinslarining teksturasi
Download 417.94 Kb. Pdf ko'rish
|
petrografiya
Metamorfik tog’ jinslarining teksturasi
Metamorfik jinslarga quyidagi teksturalar xosdir: massiv, yo'l- yo'l, slanessimon, xol-xol, ochkovaya va bodomsimon. Massiv teksturali jinslarga quyidagilar xosdir: jinsni tashkil qiluvchi minerallar tartibsiz joylashgan bo'lib, ular markazga qarab va ma'lum yo'nalish bo'yicha yo'nalmagan bo'ladi. Bu tekstura bir xil materialli jinslarning qayta kristallanishi natijasida hosil bo'ladi. Massiv tekstura marmar va kvarsitlarga xosdir. Yo'l-yo'l tekstura jinslarda yo'llarning ket-ket kelishi xos bo'lib, yo'llar bir - birlaridan mineral tarkibi, strukturasi va boshqa belgilari bilan farq qiladi. Ularning kelib chiqishi har xil bo'ladi. Ular qoldiqli tekstura bo'lib, birlamchi qatlamli jinslar (qumtosh, ohaktosh, gillar va boshqalar) hisobiga hosil bo'ladi. Bu tekstura yana metamorfizm jarayonida minerallarning qayta joylanishi hisobiga hosil ham bo'ladi. Gneyssimon tekstura yo'l-yo'l teksturaning turi bo'lib, gneys va migmatitlar teksturasini alohida ta'kidlash uchun ishlatiladi. Slanessimon tekstura jinsda parallel joylashgan yo'llar borligi bilan ajralib turadi. Bu teksturali jinsda plastinkali, cheshuykali,
34
uzun yo'nalgan minerallarni hamda linzasimon agregatlarning parallel joylashganligi xosdir. Slaneslanish birlamchi va ikkilamchi bo'ladi. Birlamchi slaneslanish sedimentatsiya va diagenez davrida hosil bo'ladi. Ikkilamchi slaneslanish metamorfizm jarayonida hosil bo'ladi. Minerallar bir-biriga uzun tomoni bilan parallel joylashib bo'lib, ular maksimal bosim yo'nalishiga perpendikulyar holda o'sadilar. Xol-xol tekstura jinslarga xollarning borligi xos bo'lib, ular asosiy massadan o'zining tarkibi, ayrim hollarda strukturasi bilan ajralib turadi. Bu struktura rogoviklarga xosdir. Ochkovaya teksturali jinslarda dumaloq, yoki uzun tuzilishga ega bo'lgan agregatlarning borligi xosdir. Ular bir yoki bir necha minerallardan tashkil topgan bo'lib, slaneslanishga parallel joylashadi. Jins tashkil qiluvchi yirik minerallarni mayda donalar o'rab oladi. Ochkovaya tekstura odatda slaneslangan va milonitlashgan granit, granito-gneys va porfiro-blastlarga nisbatan ishlatiladi. Bu tekstura qoldiq tekstura bo'lib, dinamometamorfizm jarayonida hosil bo'ladi. Download 417.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling