Ishni bajarish tartibi:
1.Metamorfik jinslarning tuzilishi, regional metamorfizm
jinslar - gneys, slanes, kvarsit, marmar, amfibolit, eklogit va
boshqa jinslar to'g’risida nazariy asoslardan foydalanib, qisqacha
konspekt yoziladi. Tog’ jinslarini namunalarda va mikroskop
yordamida o'rganganda quyidagilarga e'tibor berish kerak:
jinsning rangi, strukturasi, teksturasi, minerallar tarkibi, o'lchami
va hosil bo'lish sharoitiga.
2. Talaba hisobot yozganda qisqacha yozilgan konspektdan
keyin laboratoriya davomida o'rgangan jinslarning ta'rifini keltiradi
va jinslarni namunalarda va mikroskopda ko'rsatib beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |