46
birlamchi jinslardan mineral tarkibi bilan keskin farq qiladi. Ular
ichida keng tarqalgan jinslar quyidagilardir: greyzen, serpentinit,
ikkilamchi kvarsitlar, propilitlar, berezitlar, listvenitlar va boshqalar.
Greyzenlar - metasomatozning mahsuli bo'lib, eritmalar,
gazlar, bug’lar ta'sirida ko'proq granit jinslar o'zgarishidan hosil
bo'ladi. Jins oq, kulrang bo’lib, asosan kvars, muskovitdan tashkil
topgan, kamroq turmalin, flyuorit, litiyli slyuda, topaz, apatit va
boshqa minerallar uchraydi. Ma'danli minerallardan turmalin,
kassiterit, volframit, vismutin, sulfidlar va boshqa minerallar
uchrashi mumkin. Uning strukturasi granoblastli, lepidoblastli,
teksturasi massiv.
Serpentinitlar past haroratli gidrotermal eritmalarning o'ta asos
magmatik jinslarga ta'siri natijasida hosil bo'ladi. Tog’ jinsi yashil,
och-yashil rangli, mayda donali, tolasimon va halqasimon
strukturali. Uning tarkibida xrizotil, bastit, antigorit hamda xrizotil
- asbestlar uchraydi. Qoldiq minerallardan olivin, piroksen va
boshqalar uchraydi. Serpentinit asbest olish manbaidir. U bilan
xromit, titanomagnetit, kobalt, platina va boshqalar olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: