Petrografiya
Kataklastik metamorfizm jinslari
Download 417.94 Kb. Pdf ko'rish
|
petrografiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishni bajarish tartibi
Kataklastik metamorfizm jinslari
Metamorfizmning bu turi bir tomonlama bosim va past harorat ta'sirida sodir bo'ladi. Tektonik jarayonlar ta'sirida jinslar maydalanadi va uqalanadi. Bu metamorfizmning mahsulotlariga kataklazirlangan jinslar, kataklazit, milonit va tektonik brekchiyalar kiradi.
Kataklazirlangan jinslar. Bu jinslarda birlamchi struktura saqlanib qoladi. Jinsda mo'rt minerallar (kvars, dala shpatlari) maydalanadi, plastik minerallar (slyudalar) eziladi. Kvars to'lqinsimon va mozaikali so'nadi. Kataklazirlangan jinslar tarkibi bo'yicha granitga, gabbro va boshqa jinslarga to'g’ri kelishi mumkin. Jinsning strukturasi kataklastik. 47
Kataklazitlar. U oldingi jinsdan ko'proq maydalanganligi bilan farq qiladi. Kataklazitlarda ko'proq porfiroklastik va blastosementli strukturalar uchraydi. Qoldiq minerallarga qarab birlamchi jinslarni aniqlash mumkin. Kukunlangan minerallar hisobiga xlorit, seritsit va boshqa minerallar rivojlanishi mumkin. Milonitlar juda mayda kukunlangan jinsdir. Tog’ jinsi mayin va changsimon materiallardan tashkil topgan bo'lib, uning orasida birlamchi minerallarning qoldiqlari saqlanib qoladi. Kukunlangan materiallar hisobiga xlorit, seritsit va boshqa minerallar rivojlanadi. Tektonik brekchiya burmachanlik hududlarida va tektonik yoriqlar atrofida rivojlanadi. Tog’ jinsi har xil katta - kichiklikdagi qirrali bo'laklardan tashkil topgan bo'lib, mayda zarrachalar bilan sementlanadi. Ishni bajarish tartibi: 1. Rogovik, skarn, serpentinit, asbest, greyzen, listvenit va boshqa jinslar to'g’risida, nazariy asoslardan foydalanib, qisqacha konspekt yoziladi. Tog’ jinslarini namunalarda va microskop yordamida o'rganganda quyidagilarga e'tibor berish kerak: jinsning rangiga, strukturasiga, teksturasiga, minerallarni tarkibiga, o'lchamiga, hosil bo'lish sharoitiga va qaysi tog’ jinsini hisobiga hosil bo'lganligiga. 2. Talaba hisobot yozganda qisqacha yozilgan konspektdan keyin laboratoriya davomida o'rgangan jinslar ta'rifini keltiradi va jinslarni namunalarda va mikroskopda ko'rsatib beradi.
Download 417.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling