Petrografiya
Gipabissal, effuziv va vulkanogen tog’ jinslari
Download 417.94 Kb. Pdf ko'rish
|
petrografiya
Gipabissal, effuziv va vulkanogen tog’ jinslari. Peridotit
guruhining gipabissal turi pikrit va pikrit-porfirit, effuziv - meymechit va vulkanogen turi kimberlitdan iborat. Pikrit - porfirit ko'pincha gabbro guruhining gipabissal va effuziv turlari bilan assotsiatsiya tashkil qiladi, kamroq peridotitlar bilan birga uchraydi. Tog’ jinslari qora, zich, mayda donali bo'lib, olivin va piroksendan (avgit, gipersten) tashkil topgan. Ayrim hollarda uning tarkibida shoh aldamchisi, biotit va asos plagioklaz bo'lishi mumkin. Aksessor minerallardan magnetit, apatit va shpinel uchraydi. Pikrit-porfiritga birlamchi minerallar bo'yicha ikkilamchi minerallarning yuqori darajada rivojlanishi xosdir. Meymechit birinchi marta Sibir platformasining shimolida Meymechit daryosi havzasida aniqlangan. Tog’ jinsi qora rangli
22
bo'lib, porfir strukturali. Porfirlar olivindan tashkil topgan bo'lib, asosiy massa vulqon shishasidan iborat. Kimberlit tog’ jinsini tashkil qiluvchi minerallar olivin, flagopit, bronzit, perovskit, pikotit, apatit, ilmenitdan iborat. Unda piroksenit, peridotit, dunit, eklogit va boshqa jinslarning bo'laklari uchrashi mumkin. Kimberlitlar trubkasimon jism bo'lib, portlash trubkasini-diatermani hosil qiladi. Ular chuqurda peridotit daykalari bilan qo'shiladi. Bu tog’ jinslari katta geologik ahamiyatga ega bo'lib, yer qobig’i barqaror oblastining (kraton) o'ziga xos mahsulidir. Portlash trubkalari Sibirning shimoliy sharqida, shimoliy Kareliyada, Afrika va boshqa regionlarda bor.
Download 417.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling