Petrografiya
Gipabissal tog’ jinslari
Download 417.94 Kb. Pdf ko'rish
|
petrografiya
Gipabissal tog’ jinslari. Gabbro-bazalt guruhini gipabissal
turlari-mikrogabbro, gabbro – pegmatit, dolerit, diabaz va gabbro – porfiritlarning mineral tarkibi gabbronikiga mos keladi. Birinchi jins gabbrodan mikrogabbroli strukturasi bilan farq qiladi. Gabbro-porfirit porfir strukturali bo'lib, fenokristallarni piroksen va plagioklaz tashkil qiladi. Diabaz va doleritlar mayda va o'rta donali jins bo'lib, ular tarkibida asosan plagioklaz va avgit bor. Asosliroq diabazlarda (olivinli diabaz) idiomorfliroq olivin ham uchraydi. Ayrim hollarda kvars ham uchrashi mumkin (kvarsli diabaz). Jins tarkibida ahyon-ahyonda kvars bilan birga ortoklaz bo'lib, ular mikropegmatit birikmani hosil qiladilar (kongodiabaz). Odatda ikkilamchi jarayonlarda o'zgarmagan kaynotip jinslar dolerit deb ataladi. Diabaz esa ko'pincha o'zgargan paleotip tog’ jinsidir. Ular ofit strukturali bo'lib, plagioklaz piroksenga nisbatan idiomorfliligi bilan ajralib turadi. 17
Diabaz va doleritning mineral tarkibi bir xil bo'lib, ular bir- biridan ofit strukturasining har xil turlariga mansubligi bilan farq qiladilar. Diabaz tog’ jinsiga diabaz struktura xosdir. Unda plagioklaz va piroksen donalarining katta-kichikligi bir xil bo'lib, plagioklaz donalarining orasida piroksenning kristalli joylashadi. Dolerit jinsiga dolerit strukturasi xos bo'lib, plagioklaz donalari orasida piroksenning bir necha kristallari uchraydi. Gabbro-pegmatit yirik va gigant kristalli tog’ jinsi. Uning tarkibida plagioklaz (labrador), avgit, amfibol, titanomagnetit uchraydi. Tog’ jinsida yana oz miqdorda ortoklaz va kvars bo'lib, ular mikropegmatit strukturani hosil qiladi.
Download 417.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling