Effuziv tog’ jinslari. Diorit guruhining effuziv turlari andezit
(kaynotip) va andezit – porfiritdir (paleotip). Andezitlar
bazaltlar bilan bir qatorda keng tarqalgan. Tabiatda andezitlar
andezit-bazalt orqali asta-sekin bazaltga o'tib boradi. Tog’ jinsi
to'q kulrang bo'lgani uchun oddiy ko'z bilan bazaltdan ajratish
ancha qiyin. Andezit porfir strukturali bo'lib, porfirlar plagioklaz va
rangli minerallardan tashkil topgan. Plagioklaz porfirlari ko'pincha
zonal tuzilishga ega bo'lib, uning o'rta qismi (№ 50-70) chekka
qismiga (№ 30-40) qaraganda asosli bo'ladi. Rangli
minerallarning yirik kristallari bazan shoh aldamchisidan, ba'zan
biotit va piroksendan iborat. Jinsning asosiy massasi gialopilit
(andezit) yoki pilotaksit strukturalidir. U ko'proq plagioklazning
mikroliti, kamroq rangli minerallar va magnetitdan tashkil topgan.
Ko'pincha mikrolitlarni vulqon shishasi qamrab oladi.
Andezit-porfirit andezitdan birlamchi minerallarning o'zgarganligi
bilan farq qiladi. Plagioklaz o'rnida seritsit, rangli minerallar
hisobiga xlorit, kalsit va vulqon shisha o'rnida xlorit rivojlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |