12
Abissal tog’ jinslari. Diorit kulrang, teng donali, ayrim
hollarda porfirsimon tog’ jinsi, uning tarkibida plagioklaz (60-65
foiz) va rangli minerallar (30-35 foiz) uchraydi. Plagioklaz
tarkibi andezinga (№ 35-44) to'g’ri keladi. U ko'pincha zonal
tuzilishga ega bo'lib, kristallning o'rta qismini labrador, chekka
qismini esa oligoklaz tashkil qiladi. Rangli minerallar asosan shoh
aldamchisi va biotitdan, kamroq piroksendan tashkil topgan.
Normal dioritda kvars uchramaydi, ayrim hollarda unda kvars
bilan ortoklaz 5 foiz uchrashi mumkin. Aksessor minerallar apatit
va magnetitdan, kamroq ilmenit, sfen, sirkondan iborat. Ularning
miqdori 5 foizdan oshmaydi.
Agar tog’ jinsi tarkibida 10-15 foiz kvars uchrasa, kvarsli
diorit deb nomlanadi. Dioritning strukturasi granit va sienitlarga
xos bo'lgan gipidiomorf donali strukturadan farq qiladi. Dioritlarda
plagioklaz rangli minerallarga nisbatan idiomorfliroqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: