Petrografiya
Gipabissal tog’ jinslari
Download 417.94 Kb. Pdf ko'rish
|
petrografiya
Gipabissal tog’ jinslari. Granit guruhining gipabissal turlari
granit massivlari bilan genetik bog’langan bo'lib, ular ikki guruhga asxist (mikrogranit, granit - porfir) va diasxist - ( pegmatit va aplit) tog’ jinslariga bo'linadi. 9 Mikrogranit granitdan jinsni tashkil qiluvchi mineral donachalarining maydaligi bilan farq qiladi. Granit - porfir esa granitdan porfir strukturasi bilan ajralib turadi. Porfirlarni kvars va kaliyli dala shpati tashkil qiladi. Ayrim hollarda plagioklaz, shoh aldamchisi, biotit va piroksen uchrashi mumkin. Aplit mayda donali, ayrim hollarda porfirsimon tuzilishga ega bo'lib, kulrang, sarg’ish yoki pushtirangli leykokrat tog’ jinsidir. Uning tarkibida kvars, kaliyli dala shpati - ortoklaz yoki mikroklin, ayrim hollarda nordon plagioklaz (albit) uchraydi. Rangli minerallardan juda oz miqdorda slyudalar, ba'zan ishqorli piroksen va shoh aldamchisi uchraydi. Aksessor minerallar granat, turmalin, apatit va ortitdan tashkil topgan. Tog’ jinsining strukturasi aplitli. Pegmatitlar tog’ jinsini tashkil qiluvchi minerallarning yirikligi bilan ajralib turadi. Ortoklaz yoki mikroklin va kvars ko'pincha qoidali birikib pegmatit strukturasini hosil qiladi. Pegmatitlar asosan kvars, ishqorli dala shpatlaridan; kamroq slyudalar, turmalin, spodumen va boshqa minerallardan tashkil topgan. Aplit va pegmatitlar tarkibiga va yotish holatiga qaraganda ko'p qismi kristallanib bo'lgan magmatik massivini qoldiq qismining kristallanishini mahsulidir. Download 417.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling