Gipabissal tog’ jinslari. Granodiorit guruhining asxist turiga
mikrogranodiorit va granodiorit-porfir, diasxist turiga esa aplit va
pegmatitlar kiradi. Bu jinslar granit guruhining huddi shu turlaridan
plagioklazning bir oz ko'pligi bilan farq qiladi.
Effuziv tog’ jinslari. Datsit - kaynotip, datsit – porfir -
paleotip effuziv tog’ jinsi bo'lib, tarkibiga ko'ra granodioritga to'g’ri
keladi. Tog’ jinsi porfir strukturali, ayrim hollarda afir tuzilishiga
ega. Bu jinslarga porfirlarni plagioklaz va kvars tashkil qilishi
xos bo'lib, ozroq miqdorda shoh aldamchisi, biotit, ba'zan
piroksen porfirlari uchraydi. Ortoklazning fenokristallari bo'lmaydi.
Asosiy massa dala shpatlari, kvars va shoh aldamchisidan
tashkil topgan. Ko'pincha vulqon shishasi ham uchraydi. U
nordonroq, rangi ochroqdir. Jinsning asosiy massasi felzit,
mikrofelzit, sferolit va granofir strukturalidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |