Petrografiya
Gipabissal tog’ jinslari
Download 417.94 Kb. Pdf ko'rish
|
petrografiya
Gipabissal tog’ jinslari. Diorit-andezit guruhining gipabissal
turlari dioritlarga nisbatan ko'proq tarqalgan. Asxist tog’ jinslari mikrodiorit va diorit-porfirit, diasxist jinslar esa diorit-aplit, diorit- pegmatit hamda lamprofirlardan tashkil topgan. Mikrodiorit dioritdan mayda va mikrodonachaligi hamda qoraroqligi bilan ajralib turadi. Porfirlar plagioklaz (ko'pincha zonal tuzilishiga ega), shoh aldamchisi va kamroq piroksendan tashkil topgan. Jinsning asosiy massasi to'liq kristallangan bo'lib, yuqorida qayd qilingan minerallarning mayda donachalaridan tashkil topgan. Leykokratli tomirsimon jinslar - diorit-aplit va diorit- pegmatitlar kamdan-kam uchraydi. Diorit - aplit asosan plagioklazdan (andezin yoki oligoklaz) tashkil topgan. Oz miqdorda kvars (5 foiz), shox aldamchisi va biotit, ba'zan ortoklaz uchraydi. Jinsning strukturasi aplitli. Diorit-pegmatit katta, yirik donali jins bo'lib, plagioklaz (andezin, oligoklaz-andezin),
13
shoh aldamchisi va biotit, orasira piroksendan tashkil topgan. Ayrim hollarda kvars (3-10 foiz) uchraydi. Lamprofir melanokratli tog’ jinsi bo'lib, mayda donali, kulrang. Dala shpatlari plagioklazdan (andezin-labrador) iborat. Jins tarkibida qaysi rangli mineral kelishiga qarab lamprofirlar turlarga ajratiladi. Biotitli lamprofir kersantit, shoh aldamchili lamprofir spessartit deb nomlanadi. Lamprofir tog’ jinslariga lamprofir struktura xos bo'lib, u rangli minerallarning fenokristallari borligi bilan farq qiladi.
Download 417.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling