Nazorat savollari:
1.Granit-liparit, granodiorit-datsit va diorit-andezit guruh
jinslarining abissal, gipabissal va effuziv turlarini aytib bering.
2. Granit-liparit, granodiorit-datsit va dioirit-andezit guruh
jinslariga qanday mineral tarkib, struktura va tekstura xos?
Uchinchi laboratoriya ishi
Mavzu: Gabbro - bazalt, peridotit, sienit-traxit, nefelinli sienit
va ishqorli gabbroidlar guruh jinslarini o'rganish.
Nazariy asoslar:
GABBRO - BAZALT GURUHI
Asosli jinslarning effuziv turlari keng tarqalgan bo'lib, ular
qolgan hamma effuziv jinslardan to'rt marta ko'pdir. Gabbro -
bazalt guruhining gipabissal turlari abissal turlariga nisbatan
ko'proq rivojlangan. Ular o'ta asosli jinslar bilan birga hamma
intruziv jinslarni yer yuzida tarqalgan maydonining 2 foizini tashkil
qiladi.
Gabbroidlar geologik va petrografik tomondan asta-sekin
peridotit, diorit - andezit, sienit-traxit va ishqorli gabbroidlar
guruhi jinslariga o'tib boradi.
15
Do'stlaringiz bilan baham: |