Petrografiya
Download 417.94 Kb. Pdf ko'rish
|
petrografiya
Abissal tog’ jinslari. Gabbro teng, o'rta va katta donali jins
bo'lib, asosan plagioklaz va piroksendan tashkil topgan. Ikkinchi darajali minerallar olivin, shoh aldamchisi va biotitdan, aksessor minerallar magnetit, ilmenit, apatitdan iborat bo'lib, ahyon-ahyonda pirrotin, xromit va pikotit uchraydi. Normal gabbroning tarkibida 35-70 foiz piroksen bo'lib, leykokratli gabbroda uning miqdori 15-35 foizgacha kamayib, melanokratli turida esa 70-85 foizgacha ortib boradi. Gabbro tog’ jinsining tarkibida rombik va monoklinal piroksenlar uchraydi. Monoklinal piroksen asosan diallag, ayrim hollarda avgitdan tashkil topgan. Diallag ichida rombik piroksen, yashil yoki qo'ng’ir shoh aldamchisining parallel o'simtalari uchraydi. Rombik piroksen bronzit va giperstendan tashkil topgan bo'lib, yumaloq shakldagi kristallar hosil qiladi. Ayrim hollarda esa ularning idiomorf kristallari ham uchraydi. Ahyon-ahyonda olivin donasi atrofida piroksen reaksion halqa hosil qiladi. Olivin ikkinchi darajali mineral holida uchraydi. Shoh aldamchisining gabbroda bo'lishi epimagmatik bosqichda jins sovishi jarayonida piroksen o'rniga amfibollar rivojlanishi bilan bog’langan. Plagioklaz tarkibi Labrador – bitovnit – anortit qatoriga to'g’ri keladi. Jins tarkibida plagioklazning ko'p miqdorda uchrashiga qaramasdan, labrador to'q kulrang va to'q yashil bo'lgani uchun gabbro ham to'q kulrangdir. Jins tarkibida qaysi rangli mineral uchrashiga qarab gabbro bir necha turga bo'linadi: Normal gabbroda rangli minerallardan monoklinal piroksen- diallag, avgit uchraydi. Norit normal gabbrodan rombik piroksen turlari - bronzit va giperstenning kelishi bilan farq qiladi. Gabbro – noritda piroksenning ikkala turi uchraydi. Agar jins tarkibida olivin uchrasa, olivinli gabbro va olivinli norit deb ataladi. Shoh aldamchisili gabbroda rangli minerallar oddiy shoh aldamchisidan 16
tashkil topgan. Olivin va labrador (biotovnit) tarkibli jins troktolit deb nomlanadi. Anortozit leykokratli tog’ jinsi bo'lib, tarkibida asosli plagioklaz (№50-90) uchraydi. Uning tarkibida oz miqdorda piroksen va olivin (10-15%) uchrashi mumkin. Plagioklaz labradordan (№ 50-70) tashkil topgan bo'lsa, tog’ jinsi labradorit deb nomlanadi. Gabbroidlar o'rta donali, labradorit va pegmatoidli gabbro turi yirik va gigant kristallidir. Gabbroidlarga ko'proq gabbro strukturasi xosdir. Plagioklaz va piroksen prizmatik va kalta ustunsimon kristallar hosil qiladi, ularga bir xil idiomorfizm darajasi xosdir. Piroksen va plagioklaz ko'pincha ksenomorf shaklida uchraydi. Gabbroidlarda yana poykilit va sideronit strukturalari bo'ladi. Tog’ jinsi teksturasi massiv va yo'l-yo'lsimon. Download 417.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling