19
Peridotit guruhiga taalluqli bo'lgan jinslar o'ta asos jinslar
bo'lib, har xil sharoitda hosil bo'ladi. Ko'pincha ular bazalt
magmasi differensiatsiyalanishining mahsuli bo'lib, gabbro
massivining chekka fatsiyasini tashkil qiladi. Ayrim hollarda ular
ishqorli gabbroidlar bilan bog’langan bo'lib, uning belgilari ishqoriy
xususiyatga egaligidir. Kamdan-kam peridotit guruhiga kiruvchi
tog’ jinslari o'ta asos magma mahsulidir. Magmaning kimyoviy
tarkibi tog’ jinsining mineral tarkibini belgilaydi. Tog’ jinsini tashkil
qiluvchi minerallar: olivin, piroksen, shoh aldamchisi - temir-
magnezial silikatlaridir. Rudali minerallar esa ayrim jins turlariga
xosdir.
Do'stlaringiz bilan baham: