Phet simulations
Download 8.56 Kb.
|
PhET
FIZIKA FANINI O’QITISHDA ZAMONAVIY INNOVATSION TEXNOLOGIYA “PHET SIMULATIONS” DASTURIDAN FOYDALANIB VIRTUAL LABORATORIYALAR YARATISH. Ma’lumki, fan va texnika ja’dal sur’atlar bilan rivojlanayotgan bugungi kunda ko’plab ilmiy bilimlar, tushuncha va tasavvurlar hajmi keskin ortib bormoqda. Bu, bir tomondan, fan-texnikaning yangi soha va bo’limlarining taraqqiy etishi tufayli uning differentsiallashuvini ta’minlayotgan bo’lsa, ikkinchi tomondan, fanlar orasida integratsiya jarayonini vujudga keltirmoqda. Bunday sharoitda,yuqori malakali pedagoglarga bo’lgan talablar ortib borib, barkamol avlodni asrlar davomida shakllanib kelgan umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash layoqatiga ega, fanning fundamental asoslarini, pedagogika va psixologiya metodlarini mukammal egallagan, kasbiy tayyorgarligi yuksak darajada bo’lgan hamda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan doimiy o’quv xonasida qo’lda bajarildigan laboratoriya mashg’ulotini emas, zamonaviy innovatsion virtual labaratoriya mashg’ulotini qo’shimcha qilib (Masalan “PHET simulations” dasturidan)amaliyotda qo’llash talabalar uchun qulay hamda qiziqarli bo’ladi. Davlat ta’lim standartlari doirasida fizika fanini o’qitish jarayonida zamonaviy innovatsion texnologiyalardan foydalanib, darsni kutaringki ruhda va mazmunli o’tishini yanada takomillashtirish hozirda dolzarb hisoblanadi. Fizika fanida axborot-kommunikatsion texnologiyalaridan (elektron darslik,o’quv filmi, virtual laboratoriya ishlari) foydalanish dars samaradorligini oshishiga zamin yaratadi. O’quv filmlari ko’gazmaliligi bilan ajralib turadi. Unda auditoriyada ko’rsatishning iloji bo’lmagan fizik va astranomik hodisa va jarayonlarni fizik qonunlar asosida yaratilgan hayolan tasavurimizdagi plannini ko'rish beradi. Download 8.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling