Photoshop grafik muharririning instrumentlari


Download 142.21 Kb.
bet1/4
Sana24.08.2023
Hajmi142.21 Kb.
#1669898
  1   2   3   4
Bog'liq
Ma\'ruza 2 davomi-DESKTOP-VNTMBA3

“Adobe PhotoShop” grafik muharririning uskunalar paneli elementlari.


AJRATIB OLISH INSTRUMENTLARI
ADOBE PHOTOSHOP dasturining instrumentlar paneli standart holda dastur oynasining chap qismida joylashgan bo’ladi. Unda tasvirlar yaratishda va qayta ishlashda ishlatiladigan barcha instrumentlari joylashgan bo’lib, ular 4 guruhga ajratiladi . Ulardan 21 tasi ko’ringan holda qolganlari yashirin holda beriladi. Yashiringan instrumentlarni ko’rish uchun sichqoncha ko’rsatkichi ko’rinib turgan instrumentni ustiga keltirilib, uning o’ng tugmasini bosish kerak. Shuningdek instrumentlar panelini bir ustun yoki ikki ustun ko’rinishida tasvirlash mumkin. Buning uchun instrumentlar panelining ustki qismidagi strelkani bosish kerak.
«Перемещение» (Move Tool (V)) – bu 1-guruhning 1-instrumenti bo’lib, u siljitish instrumenti deyiladi. Uning yordamida qatlamlarni, tasvurni belgilangan qismini, konturlarni va yo’naltirivchi chiziqlarni bir joydan ikkinchi joyga siljitish vazifasini bajaradi. Buning uchun bu instrument ko’rsatkichi siljitish kerak bo’lgan ob’ekt ustiga keltirilib sichqoncha chap tugmasi bosilgah holda harakatga keltiriladi.
Tasvirning kerakli qismini ajratib olish instrumentlari
Raqamli tasvirlar bilan ishlashda tez tez tasvirning aniq bir qismlariga har xil filtrlar qo’llashga to’g’ri keladi. Buning uchun avval tasvirni kerakli qismini ajratib olish, keyin uni tahrirlashga o’tish lozim. Photoshop dasturida tasvirning qismlarini ajratish uchun bir necha instrumenlar mavjud. Ular instrumentlar panelining 1-gurux instrumentlari hisoblanib, asosan tasvirni kerakli qismini ajratib olish vazifasini bajaradi. Bu instrumentlar quyidagilardir:
  • «Прямоугольная область» (Rectangular Marquee Tool (M)) – bu instrument tasvirning kerakli qismini to’g’ri to’rtburchak va kvadrat shaklda ajratib olish uchun xizmat qiladi. Kvadrat shaklda ajratib olish uchun “Shift” tugmasi bilan birgalikda ishlatiladi;
  • «Овальная область» (Elliptical Marquee Tool) – bu instrument tasvirning kerakli qismini ellips va aylana shaklida ajratib olish uchun xizmat qiladi. Aylana shaklda ajratib olish uchun “Shift” tugmasi bilan birgalikda ishlatiladi;
  • «Область вертикальная строка» (Single Column Marquee Tool) – bu instrument tasvrning korsatilgan joyidan 1 px qalinlikdagi vertikal qismini ajratishda ishlatiladi;
  • «Область горизонтальная строка» (Single Row Marquee Tool) – bu instrument tasvrning korsatilgan joyidan 1 px qalinlikdagi gorizontal qismini ajratishda ishlatiladi;


Download 142.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling