Php da satr tipi va massivlar tipi String (satr) tipi Satr


Download 24.66 Kb.
bet2/3
Sana09.04.2023
Hajmi24.66 Kb.
#1345459
1   2   3
Bog'liq
3.-PHP da satr tipi va massivlar tipi

Array (massiv) tipi.
PHP dasturlash tilida massiv tipi tartiblangan kartalarga o‘xshaydi va qiymatini kalitga o‘zlashtiradigan tipdir. Bu tip bir necha yo‘nalishlarda optimallashtiriladi, shuning uchun siz uni xususiy massiv, ro‘yxat (vektor), xesh- jadvali (kartani amalga oshirish uchun ishlatiladi), stek, navbat va boshqalar sifatida foydalanishingiz mumkin. Modomiki, PHP dasturlash tilida bir massivni qiymatini boshqasiga o‘zlashtirish uchun daraxtlardan foydalanasiz.
Massivlarni array() konstruksiyasi yordamida aniqlanadi yoki elementlariga qiymat berish bilan aniqlanadi.
array() konstruksiyasi yordamida aniqlash.
array ([key] => value,
[key1] => value1, ... )
PHP dasturlash tilining array() konstruksiyasi vergul bilan ajratilgan juft parametrlar kalit => qiymat bilan ajratilgan. => belgi mos ravishda qiymat va uning kaliti o‘rtasida aloqa o‘rnatadi. Kalit butun son bo‘lishi mumkin, uning qiymati esa PHP dasturlash tilidagi ixtiyoriy tipni qabul qilishi mumkin. Kalit raqamini biz ko‘pincha indeks deb ataymiz. PHP dasturlash tilida indekslash noldan boshlanadi.
Massiv elementining qiymatini olish uchun massiv nomi va kvadrat qavs ichida uning kaliti ko‘rsatilishi kerak. Agar massiv kaliti standart butun son bo‘lsa, u holda uning qiymatini butun son deb qarasa bo‘ladi, aks holda u satr deb qaraladi. SHuning uchun $a["1"] yozuv $a[1] yozuvga teng kuchli, $a["-1"] yozuv esa $a[-1] yozuvga teng kuchli.
Misol. PHP dasturlash tilida massivlar.
$books = array ("php" =>
"PHP users guide",
12 => true);
echo $books["php"];
//ekranga chiqaradi: "PHP users guide"
echo $books[12]; //ekranga chiqaradi: 1
?>
Agarda element uchun kalit berilmagan bo‘lsa, u holda kalit sifatida kalitning maksimal qiymatiga bir qo‘shib hisoblanadi. Agarda qiymati mavjud kalit ko‘rsatilgan bo‘lsa, u holda shu kalit qiymatini ekranga chiqaradi. PHP 4.3.0 dasturlash tili
versiyasidan boshlab kalitning maksimal qiymati manfiy son deb qaralsa, u holda massivning keyingi kaliti nol (0) bo‘ladi.
Misol. PHP dasturlash tilida massivlar.
// $arr hamda $arr1 massivlar ekvivalentdir.
$arr = array(5 => 43, 32, 56, "b" => 12);
$arr1 = array(5 => 43, 6 => 32,
7 => 56, "b" => 12);
?>
Agarda TRUE yoki FALSE kalit sifatida qo‘llanilsa, u holda uning qiymati mos ravishda integer tipining bir va noliga i‘zlashtiriladi. Agar NULL dan foydalanilsa, u holda kalit o‘rniga bo‘sh satr hosil bo‘ladi. Bu bo‘sh satrni kalit sifatida foydalansa bo‘ladi, ammo uni qo‘shtirnoqqa olish kerak bo‘ladi. Bu usul bo‘sh kvadrat qavsni ishlatish kabi emas. Massivlar yoki ob’ektlar kaliti sifatida foydalanish mumkin ham emas.

Download 24.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling