Pichoqchilik san’ati


QORASUV PIChOQChILIK MAKTABI


Download 0.81 Mb.
bet4/6
Sana20.12.2022
Hajmi0.81 Mb.
#1037763
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Pichoqchilik

QORASUV PIChOQChILIK MAKTABI

QORASUV PIChOQChILIK MAKTABI

Qorasuv pichog’i o’ziga xos bo’lib boshqa pichoqchilik maktablaridan farq qiladi. Yerma hamda susma sopli, gulbandiga gullar solingan bo’ladi. U o’tkir qilib yasalib, dastasiga chilmixlar, ko’zlar o’rnatib chiroyli hashamdor qilib yasaladi.

Qorasuv pichog’i qadimdan rivojlanib kelayotgan noyob san’at durdonalaridan biridir.

Asqar pichoqsoz — asli nomi Asqar xo’ja Oysarxo’ja o’g’li. (1878—1964 yy.) Andijon viloyati Qorasuv qishlog’idagi atoqli pichoqsoz usta. U 1878 yilda Andijon viloyatining Qorasuv qishlog’ida tug’ilgan. U yoshlik chog’idanoq pi choqsozlik kasbini puxta egallab tez orada o’zining ajoyib pichoqlari bilan Farg’ona vodiysida shuhrat k,ozongan. U yasagan o’tkir tig’li bejirim pichoqlar uzoquzoqlarga tarqaldi. Qorasuvli pichoqsozlar o’sha vaqtlardayoq qili, xanjar, shon va pichoq yasashda nom qozongan edilar. Pichoqsoz Asqar ana shu Qorasuv pichoqlarining yirik vakili bo’lib, yoshlikda To’xtasin pichoqsoz ustadan o’rgangan. U Qorasuv va Shahrixonda pichoqsozlik qilgan.

CHUST PIChOQChILIK MAKTABI

CHUST PIChOQChILIK MAKTABI

Chust ustalari yasagan pichoqlar boshqa pichoqlardan keskin farq qiladi. Pichoqning dasta hamda tig’i uzunroq, tig’ining uchi tashqariga, dastasining uchi ichkariga tomon qayrilgan bo’ladi. Chust shaqarlarida x,ali x,am pichoqchilik o’z an’analarini davom ettirib kelmoqda. Farg’ona vodiysida Chust asosiy pichoq tayyorlash vatani bo’lib, ular boshqa pichoqchilik maktablaridan mutlaqo farq qiladi. Chust pichoqlari qat’iyligi, shaklining soddaligi hamda siqiqligi bilan mashhur.

XIVA PIChOQChILIK MAKTABI

XIVA PIChOQChILIK MAKTABI

Xorazmdagi Xiva shaharlari hali ham o’z an’analarini davom ettirib kelmoqda. Hozirda xivalik ustalarimizning XIX—XX asrlarda ishlagan pichoqlari jumhuriyatimizning turli muzeylarida doimiy ekspozisiyaga aylanib qolgan. Bu pichoqchi ustalarning ishlarini ko’rar ekanmiz pichoq shakllarining nozikligi, bezakdorligi hamda metallni mohirona qayta ishlanganligini ko’ramiz. Ular pichoqlarining tig’i yuzining nozik islimiy naqshlar bilan bezatilganligini, «qinbog’ipning metalldan yasalib badiiy naqshlar bilan bezalganligini ko’ramiz.


Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling