Pirimqul qodirov


Download 423.72 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/10
Sana20.08.2020
Hajmi423.72 Kb.
#127057
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
pirimqul qodirov erk lot ziyouz com


www.ziyouz.com kutubxonasi 

13

Bu — qizning muhabbat izhori edi. 



Sattorning ovozi shodlik tug‘yonidan tovlanib eshitildi. 

— Agar ixtiyoringaz mening qo‘limda bo‘lsa, men uni ko‘z qorachig‘imday asrayman. Faqat... 

Qani edi... 

Sattor so‘nggi so‘zlarni dardli tovush bilan aytdi-yu, bir lahza jim turib qoldi. Roziya to‘xtab, 

uning yuziga intizor ko‘zlar bilan qisqa bir nazar tashladi-da, yana yerga ko‘z tikdi. U Sattorning 

muhabbat haqida, balki to‘y va uylanish haqida ochiqroq gapirishini kutdi. Bu juda mushkul 

bo‘lganligi uchun «Sattor qanday gap ochishni bilmay qiynalyapti!» deb o‘yladi. U Sattorning 

ovozidagi dardli ohangga javoban «dardingizni ayta qoling, davosi topiladi!» deganday kulimsirab 

ham qo‘ydi. 

 



 

Biroq Sattorni ezayotgan dard Roziya o‘ylagandan butunlay boshqacha, Sattor bundan besh yil 

burun hali institutda o‘qib yurgan kezlarida qishloqdagi ota-onasining qistovlariga bo‘ysunib uylanib 

qo‘ygan. Uning yoshgina xotini, to‘rt yashar o‘g‘ilchasi bilan hali ham qishloqda yashaydi, Sattorning 

keksa onasiga dalda berib, qishin-yozin shahardagi zrining yo‘liga ko‘z tikadi. Sattorning Toshkentda 

uy-joyi yo‘q, o‘zi yotoqxonada turadi. Ishxonalaridan uy bermagunlaricha xotini bilan o‘g‘lini 

ko‘chirib kelishni istamaydi. 

Uylangan yillari Sattor qishloqqa tez-tez borar edi. Ammo, shaharda o‘tgan so‘nggi yillar uni juda 

o‘zgartirib yubordimi, har qalay u hozir qishloqqa faqat og‘ir majburiyat yuzasidan oyda-yilda bir 

boradi. Har borganda ko‘r-ko‘rona uylanganidan ko‘ngli cho‘kib qaytadi. 

Uning nazarida, bir-biridan ko‘hlik kizlar, ayniqsa, so‘ngga yillarda juda ko‘payib ketyapti. Sattor 

ko‘zga yaqin yigit, Toshkentda ularning ba’zilari bilan tanishib, bilishib ham ko‘rgan. Ammo haqiqiy 

joziba va haqiqiy mehr qanaqa bo‘lishini Sattor mana endi, Roziyaga qarab bilmoqda edi. Uni hali 

hech bir odam Roziyachalik e’zozlay olmagan, hech bir qiz hali uning qadr-qimmatini bunchalik 

baland ko‘tarmagan, unga Roziyachalik ta’sir ko‘rsata olmagan. Sattor Roziyadan juda katta bir 

yaxshilik ko‘rayotganday bo‘ladi, undan ajralib qolishdan qo‘rqadi. Ayni vaqtda, oilasi borligini 

aytmasa, igunday pok qizning muhabbatini nopok qo‘l bilan o‘g‘irlab olayogganday bo‘ladi. Bu 

o‘g‘rilikning bir kun emas, bir kun fosh bo‘lish xavfi qalbiga muttasil tahlika soladi, eng shirin 

damlariga ham og‘u qo‘shadi. Shuning uchun Sattor bugun Roziyaga haqiqatni aytmoqchi bo‘lib 

kelgan. Aytganda ham, Roziyani cho‘chitadigan tarzda emas, aksincha, qizni unga hamdard qiladigan 

yo‘sinda aytishni istaydi. Satgor hozir mana shu istak bilan Roziyaga yuzlandi. 

Oydinda Roziyaning qoshlari kumushning qorasiday hiyol tovlanib ko‘rindi. Mayin 

kulimsirayotgan lablar hozirgi onlardan fakat quvonch va shodlik kutadi. Roziya uning uylangan 

bo‘lishi mumkinligini hayoliga ham keltirmayapti! Uni o‘zi tengli bo‘ydoq yigit deb o‘ylayotgani 

shundoqqina bilinib turibdi. Sattor hozir aytsa gul ustiga do‘l yog‘dirganday bo‘lishini sezdi. 

«Axir men ham bir vaqtlar uylanmagan yigit edim-ku. Nahotki, bir soat-yarim soat o‘sha damlarga 

qaytib yashay olmasam? Roziyaning yonida, uning shodlanishini ko‘rib o‘zim ham birpas yayrab 

yurishga haqqim yo‘qmi? Baribir men Roziyani aldab boshi berk ko‘chaga olib kirolmayman. 

Aytaman! Payti keldi. Balki o‘zi so‘rab qolar...». 

Sattor Roziyaning ko‘lini sekin qo‘yib yubordi. 

Qani edi, — dedi Sattor boyagi dardli so‘zlarini takrorlab, — odamlarga baxt ulashish mening 

qo‘limda bo‘lsa... Men baxtni sandig‘i bilan sizga keltirib berar edim. Istaganingizni oling edi. 

— Men... avval «o‘zingiz oling» desam-chi? 

— Baxt ulashadigan odamning avval olishga haqqi bo‘lmasa kerak. 

— Nima uchun? 

— Chunki... qoidaga binoan bo‘zchi belboqqa yolchimaydi. 



Pirimqul Qodirov. Erk (qissa) 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

14

— Xo‘p, agar o‘sha sandiqda men istagan baxt bo‘lmasa-chi? 



— Qayoqda bo‘lishi mumkin, Roziya? 

— Buni baxt ulashadigan odamdan so‘rash kerak. 

— Endi, u odam ham xom sut emgan banda, bilmasligi mumkin... 

— Men ham hali bilmayman. 

— Unda men yoningizga tushib, baxtingizni birga qidiraymi? 

Sirli bir nafosatga to‘lgan, goh sho‘x, goh ma’yus tuyg‘ularga yo‘g‘rilgan bu savol-javob davomida 

Roziya ancha o‘zini bosib oldi. Boya uni bo‘shashtirib, ixtiyorini Sattorga berib qo‘ygan qo‘rqinchli 

istak o‘rnini kuvonchli bir erk tuyg‘usi egalladi. Roziya endi Sattorni o‘z izmiga bo‘ysundirgisi keldi: 

— Mayli, yuring! 

Sattor ham uning izmi bilan dunyoning narigi chetigacha borishga tayyordek: 

— Yuring! — dedi. 

Roziya Sattorning bilagidan oldi. Ikkovi anhorning piyodalar ko‘prigiga karab ketishdi. 

Shu vaqtgacha tovush chiqarmay jim oqayotgan anhor ko‘prikdan berida allaqanday nishablikka 

duch kelib, tog‘ daryosiday shovillab o‘tayotgani bilindi. Sattor qarama-qarshi tomonga ketayottan 

shiddatli to‘lqinlarga qaradi. Ularning har biri osmondagi oydan bir bo‘lak sindirib olib, o‘zi bilan 

oqizib ketmoqchi bo‘lardi. Ammo oyning suv yuziga sochilgan aksi to‘lqindan-to‘lqinga o‘tib, 

Sattorlardan ajralmasdan oqimga qarshi suzib borardi. Sattorning qalbidagi ziddiyat ham mana shu 

to‘lqinlarga o‘xshar, Roziyadan tushayotgan sehrli nurni oy nuri kabi chil-chil sindirib oqizib 

ketmoqchi bo‘lardi. To‘lqinlarga bo‘ysunmayotgan bu nur esa go‘yo, Sattorning o‘zini oqimga qarshi 

boshlab borar, Roziyadan boshqa hamma narsani unutishga, nurday erkin bo‘lishga undardi. Roziya 

stadion tomonidan ustma-ust eshitilib turgan qiyqiriqqa boshi bilan ishora qilib kuldi: 

— Futbol ishqibozlari rosa baqiryapti-ku! 

Roziya stadionda baqirayottan odamlarni emas, Sattor hozir yonginasida bo‘layotgan o‘yin 

shovqinini eshitmayotganligidan zavqlanib kulmoqda edi. Sattor buni go‘yo tan oldi va Roziyaning 

haziliga yarasha sho‘xroq javob qilardi: 

— Lekin baqirayotganlar boshqa, Roziya. Haqiqiy ishqibozlar baqirmaydi. Rustam-dostonga 

o‘xshab na’ra tortishadi. 

Minglab ishqibozlarning bir ovozdan «u-u-o-a-ahh!» deb nido qilgani yana eshitildi. Roziya 

quvnoq tovush bilan: 

— Shumi? — deb so‘radi. 

— Bu hali na’ra emas. Lekin «oh» ursa osmon larzaga keladi degani shu. Qarang, Alpomishga 

o‘xshaydimi, yo‘qmi? 

Sattor Alpomishni ko‘rgan odamga o‘xshab gapirgani ham Roziyaning zavqini keltirdi. Roziya 

jo‘rttaga unga taqlid qildi: 

— Alpomishgami? O’xshaydi! Metro Boychibar bo‘ladi-yu, unga mana shu Alpomishingiz 

minadi... 

— Minsa juda yarashadi! 

— Boya men shu gapingizni moskvalik mehmonga aytib kulgiga qoldim. 

Roziyaning so‘nggi gapida noz aralash erkalik bor edi. Uning bu erkaligi ham Sattorga juda 

yoqimli tuyuldi: 

— Mening gapim fakat eng yoqimli kulgiga sabab bo‘lishi mumkin, — dedi u Roziyaning so‘zidan 

ham oldin, erkaligiga javob berib. 

— Gapingizning obro‘si muncha baland? — deb Roziya yana tegishdi. 

Bu orada ular ko‘priqdan o‘tib maydonga qarab ketdilar. Yo‘llarida uchragan odamlar ikkoviga 

qiziqib qarayotganlarini Roziya endi sezdi. Chiroqlar tagida qo‘ltiqlashib kelayottan chiroyli-chiroyli 

uchta qiz goh Sattorga, goh Roziyaga havas bilan tikilib o‘tishdi. Shu payt Roziya o‘zidan ham, 

Sattordan ham faxrlanib jil-maydi. Sattor zsa bu iftixorga haqqi yo‘qligini eslab, boshini egdi. Ovozi 


Pirimqul Qodirov. Erk (qissa) 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

15

birdan pasayib, tutilib-tutilib gapira boshladi: 



— Gapimning obro‘si baland emas, lekin bu... stadiondagi... behisob odamni jo‘n transport eplay 

oladimi? Metroning katta bir stantsiyasi mana shu atrofda qurilishi kerak. 

Sattorga hozir ish to‘g‘risida o‘ylash va gapirish osonroq edi. U metroning xomaki loyihasiga yana 

ko‘p aniqliklar kiritilganini, tunnel mana shu atrofda anhorning tagidan o‘tib, maydonning osti bilan 

xiyobonga qarab ketishi kerakligini so‘zlay boshladi. 

Bir qarashda zerikarli tuyuladigan bu mavzu ham Roziyaga o‘zining eng maroqli tomoni bilan 

ko‘rinar edi. Hali qancha odam Toshkentda metro bo‘lishini tasavvur ham qilolmaydi. Sattor bilan 

Roziya esa bu katta ishning ilk rejalari uchun jon kuydirib yurishibdi. Buni o‘ylagan sari Roziyaning 

ko‘ngli tog‘day ko‘tariladi. Biri ustiga biri qo‘shilayotgan zavq, quvonch, iftixor tuyg‘ulari benihoya 

yoqimli edi. Roziya yana Sattorga erkalanib: 

— Bu hammasi hali xomxayol! — dedi. 

— Lekin qachondir bir vaqt metro, albatta, quriladi, men bunga ishonaman, Roziya. Hozir 

respublikamizning eng katta rahbarlari ham metroga astoydil e’tibor berishyapti. Moskvalik 

mehmonlar kelgandan beri biz kechalari ham qolib ishlayapmiz. Hali Maksimichdan umid katta edi. 

Siz unga voqeani tushuntirib juda yaxshi qilibsiz-da, lekin! 

Sattor Roziyani o‘ng qo‘li bilan yelkasidan olib, boyagiday erkalab silkitdi. Ko‘li kiftigacha ochiq 

ko‘ylak kiygan Roziya yelkasining yalang‘och joyi bilan Sattorning biqinidagi chandiqni yana his 

qiladi. 


O’sha mudhish voqeaning to‘polonida u Sattorni yo‘qotib qo‘ygani, hatto uning kimligini, oti 

nimaligini bilmay qolgani zsiga tushdi. Keyin Roziya metroning tayyorgarlik ishlariga jalb etilgani, 

shu ish ustida Sattorni topib olgani, bugun u bilan uchinchi marta uchrashayotgani hayolidan o‘tdi. 

Hozir u buning quvonchini metro haqidagi gapga o‘shib aytdi: 

— Toshkentimiz Osiyo qit’asida birinchi bo‘lib metro qursa-ya! Ajoyib bo‘lar edi-da! 

— Ha, Yaponiya orol ekani hisobga olinsa, Osiyoday ulug‘ materikda hali bitta ham metro yo‘q. 

— Loyihalaringiz tasdiqlanarmikan-a? 

— Loyihalarimiz, deng. Yer osti qatlamlari aniqlanmaganda loyihalar havoga chizilarmidi? 

Roziya shunday aniq, shunday buyuk ish ikkovini birlashtirib turganini yana bir marta shodlanib 

his qildi. 

— Xo‘p, Sattor, loyihalarimiz. 

— Hali loyihalarning xomakisini ishlayapmiz, xolos. Lekin, mana bu maydonga bir qarang... 

Ular maydonning g‘arbidagi balandlikda to‘xtashdi. Maydonning anhor qirg‘og‘iga chiqadigan 

tomoni hali bitmagan. Chetlari tosh va chim bilan ishlanayottan yo‘lkalarning bir qismigina tayyor 

bo‘lgan, xolos. Maydonning narigi tomonida ham qurilish davom etyapti. Ko‘targich kranlar osmonga 

nayzalarini sanchib turibdi. Ammo maydonning asosiy sahni allaqachon bitgan va o‘zining 

ko‘rkamligi, bag‘ri kengligi bilan butun shaharga husn kiritgan edi. 

— Ilgari bu yerda nimalar borligini eslaysizmi? — so‘radi Sattor. 

Roziya eslay boshladi: 

— Hu ana u yerdan tramvay chinqirib burilar edi. Iflos suvli bir ariq bor edi. Xom g‘ishtdan 

qurilgan uylar... Qandaydir bir ombor... 

— Anhorning bo‘yida-chi? Xuddi tovuqning kattagiga o‘xshagan uychalar betartib qalashib 

turmasmidi? 

— Maydonga o‘tiladigan yo‘l ham juda tor edi-ya. 

— Mana endi ko‘ring! Hozir bu maydonni har bir toshkentlik butun jahonga faxrlanib ko‘rsatishi 

mumkinmi, yo‘qmi? 

— Mumkin! 

— Gap shundaki, Roziya, mana shu maydonning loyihasi ham hozirgi metroning loyihasiga 

o‘xshab ko‘p munozaralarga sabab bo‘lgan. Men bu loyihaning chet yoqasiga sal-pal ishtirok 


Pirimqul Qodirov. Erk (qissa) 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

16

qilganman, bilaman. Hali zilzila davom etib turgan paytlar edi. «Maydonni bunchalik qilish kerak 



emas, nima, aerodrom quramizmi?» deganlar bor edi. «Bu maydon butun kuch bilan mablag‘ni olib 

qo‘yadi, undan ko‘ra uy-joy qurilishiga zo‘r beraylik» deganlar bor edi. Lekin Toshkentning markazida 

shunday bir ko‘rkam maydon bo‘lmaguncha shaharning chiroyi ochilmasligini astoydil sezib yurganlar 

ko‘pchilik edi. Oxiri mana... 

Roziya Sattorning yuziga o‘tli bir ehtirom bilan tikildi. 

— Shu ko‘pchilikning orasida siz ham... 

Sattor maqtanchoq ko‘rinishdan ko‘rqib uning so‘zini bo‘ldi: 

— Men minglarning biri edim, xolos. Juda kichkina bir loyihachi edim. Lekin maydonning mana 

shunday qurilishi uchun jon kuydirib yurganim rost. 

— O’shanda men oxirgi kursda edim, — dedi Roziya. — Buzilgan imoratlarning o‘rnini 

tozalashga chiqar edik. Esingizdami? Eski tanklar binolarni qulatib berar edi. Mana shu maydonning 

o‘rnini tozalash uchun ham bir necha marta shanbalikka chiqib, rosa changga botib ishlaganmiz. 

— Ajabo! Men aytgan minglarning biri o‘zingiz ekansiz-ku! 

Roziya bilan Sattorning orasiga yana bitta yaqinlik ipi tortilganday bo‘ldi. Go‘yo, mana shu 

maydonning o‘tmishi ham ularni birlashtirdi. 

— Yana besh-olti yil o‘tib, metro ham qurilsa, bugungi gaplarimizni qanaqa qilib eslarkinmiz, 

Roziya? 

Bu gap Roziyaga «kelajagimiz ham bir!» deganday eshitildi. 

— Kuvonib, yayrab eslardik-da! 

Roziya Sattor bilan nima to‘g‘risida so‘zlashmasin, — o‘tmishdan ham, kelajakdan ham, ko‘z 

o‘ngidagi maydondan ham, atrofidagi narsalardan ham o‘z baxtini topayotganday quvonadi. Uning 

tolei go‘yo butun borliqqa sochilgan-u,  Sattor birga yurib, unga hamma joydan baxt terib beryapti. 

Shu tariqa yashnab-yayrab maydonni kesib o‘tishdi. 

Odam siyrak. Toshkentliklar hali 6u yerga ko‘p kelib o‘rganishmagan. Narigi yoqdagi go‘zal 

favvoralar qurilishi endi boshlangan. Namoyishlar xiyobonining o‘rtasiga — oyoq ostiga marjonday 

tizib qo‘yilgan qator yer-chiroqlar hali yondirilgan emas. Shunday bo‘lsa ham, maydon go‘zal edi. 

Roziya to‘xtab osmonga qaradi. Uning nazarida yulduzlar hozir mashshoqlarga aylanib, Sattor 

ikkovlari uchun g‘alati bir kuy chalmoqda edi. Roziya shu kuy ostida Sattor bilan o‘yinga tushgisi 

keldi. 

— Sattor, eshityapsizmi? — so‘radi u sirli tovush bilan. 



— Nimani? 

— Yulduzlar kuy chalyapti. 

— Ha! 

Roziya sumkasini bilagiga solib, chap qo‘lini Sattorning yelkasiga qo‘ydi. Sattor Roziyaning 



istagini tushunib, o‘ng qo‘li bilan belidan oldi. 

— Tangomi? — dedi. 

— Yo‘q, vals! 

Sattor Roziyani ohista quchib, «O’zbek vals»ini og‘zida chalib, nim qorong‘i maydonda uni gir-gir 

aylantirar ekan, o‘zini dunyoda eng tolei baland bir kishidek his qildi. Vujudida ulkan maydonni u 

boshidan bu boshigacha shu holatda o‘nlab marta aylanib chiqishga yetadigan bir kuch sezdi. 

Uning uchun olamda faqat Roziya bor edi. Boyagi chigal dard goho ko‘ngliga tikanday qadalib 

qo‘ysa ham, endi bu tikanni Roziyaning qo‘li bilan olib tashlash mumkinga o‘xshardi. Ichki bir ovoz 

Sattorga shivirlardi: «Shunday aqlli qiz nahotki seni tushunmasa, sening mushkulingni oson qilmasa? 

Roziyaga ishon, u sening o‘zingni hamma dardu g‘amlaringdan baland qo‘ya oladi, har qanday holatda 

ham seni deydi!». Sattor bu ichki ovozning zavqiga berilib, vaqt qanday o‘tganini, qancha masofalar 

ortda qolganini sezmas edi. 

 


Pirimqul Qodirov. Erk (qissa) 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

17

 

Bir payt ular Xadicha Sulaymonova ko‘chasidan aylanib o‘tib, o‘quvchilar saroyining qarshisidagi 



ochiq kafega keldilar. Roziya qachonlardan beri dam olmay piyoda yurgan bo‘lsaam, charchoqlik 

sezmas edi. Sattor uning quruqshab turgan lablariga qarab: 

— Cho‘llabsiz-a! — dedi. — Hali ovqat ham yemagandirsiz? Restoranga bora qolaylik. 

— Men och qolganim yo‘q. Shu yer yaxshi emasmi? Ochiq havo. 

Sattor Roziyani chetroqda turgan stolga boshladi. Xizmat har kimning o‘zidan ekan. Sattor yaltiroq 

ma’dan vazachalarda morojenoe keltirib qo‘ydi. 

— Hozir, — deb kulib qaytib ketdi. U ikki qo‘lida ikki fujer to‘la shampan vinosi bilan Roziyaga 

qarab kelayotgan edi, o‘ng tomondagi stollar yonidan kimdir uni chaqirdi. Sattor yurib ketayotgan 

bo‘yicha o‘girilib qaradi. Chaqirgan odam uning hamkasbi Nodir Inoyatov edi. Nodirning yonida 

ishxonalarining boshlig‘i Fayzulla Beknazarov ham shampan ichib salqinlab o‘tirgan ekan. Ular ikkovi 

Sattorga sinovchan nazar bilan tikilib turar edi. Sattor to‘xtab ularga tomon bir-ikki qadam tashladi. 

— Uch marta o‘tib bizga qayrilib qaramading-a! — dedi Nodir. Uning yupqa lablari va kisiq 

ko‘zlarida gina aralash kinoya bor edi. 

— Men ko‘rmay qolibman! — Sattor Fayzulla Beknazarovga uzr so‘raganday qilib qaradi. 

— Ha, ko‘zing qamashib ketganga o‘xshaydi, — dedi yana Nodir. U boshliqning nomidan ham 

kinoya qilayotganga o‘xshardi. Beknazarov indamas, ammo Sattorning yashnab turgan yuziga, uning 

ikki qo‘lida bijillab o‘ynayotgan ikki fujer shampan vinosiga xiyol hayratlanib qarar edi. «Xotinim, 

o‘g‘lim borligini, ularni olib kelaman deb uy so‘rab ariza berganimni eslayotgan bo‘lsa kerak!» degan 

o‘y Sattorning qalbini muzlatib o‘tdi. 

U o‘ng‘aysiz holatdan qutulish uchun gapni hazilga burdi. 

— Ko‘z qamashgan yo‘q-ku... lekin ko‘rib turibsizlar, hozir atrofga alanglaydigan paytim emas. 

— Yoningda shunday qiz yurgandan keyin atrofga alanglarmiding. Ammo balosan! — dedi Nodir 

va sersoch boshini Roziya o‘tirgan tomonga silkitib davom etdi: 

— Bu ho‘ o‘sha... sen qutqargan qiz-ku. O’ziyam juda ochilib ketibdi. — Nodir Fayzulla 

Beknazarovga izoh berdi — Sattor mana shu qizni deb pichoq yegan edi-da. O’shanda men ham 

stadiondan chiqib kelayotuvdim. Ammo, unda menga bunchalik go‘zal ko‘rinmagan edi. Hozir juda... 

Sattor gapni tezroq tamomlagisi kelib Nodirning so‘zini bo‘ldi: 

— Qani, Fayzulla aka, yuringlar, birga chanqoq bosdi qilaylik... 

— Yo‘q, mayli, siz boring, — dedi Beknazarov. — Lekin endi... pichoq-michoqdan ehtiyot 

bo‘ling. Bizga ham keraksiz. 

Sattor kulib, xayrlashib ketayotgan edi, Nodir uning ketidan gap otdi: 

— Ha, sen bizga eng rostgo‘y, eng vijdonli odam bo‘lganing uchun keraksan. Buni u qizga ham 

bildirib qo‘y, do‘stim. 

Nodir Sattorning oilasi borligini eslab va Roziya hali buni bilmasligini sezib istehzo qilmoqda edi. 

Xotin-qizlar bilan munosabatda vijdonni ham, insofni ham tan olmaydigan Nodirning istehzosi 

Sattorga o‘qday tegdi. U achchiq bir javob aytgasi kelib keskin o‘girildi. Shu payt qo‘lidagi vino 

chayqalib, ozginasi to‘kildi. Bu Sattorning shahdini qaytardi. U istehzoli iljayib: 

— Nasihatlar uchun rahmat! — deya oldi, xolos. Sattor Roziyaning oldiga qaytganida rangidan 

qoni qochib, yuzi bo‘zarib qolgan edi. Ammo o‘zini xushhol ko‘rsatishga tirishib: 

— Qani, oldik, Roziya, — dedi. — Kechirasiz. Hamkasblar uchrab gapga tutib qolishdi. Qani, 

oling! 

Roziya vinosi hamon o‘ynab turgan qadahni sekin qo‘liga oldi va Sattorga boyagiday mehrli 



ko‘zlar bilan qaradi. U Sattor bilan birinchi marta urishtirib ichadigan qadahi umrbod esda qoladigan 

damlardan nishona bo‘lishini istardi. 

Ammo Sattorda boyagi ufurib turgan bayram kayfiyati endi yo‘q. Roziyaning nazarida, uning 


Pirimqul Qodirov. Erk (qissa) 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

18

yelkalari ham allanechuk pasayib, o‘zi bir oz cho‘kib qolganday ko‘rinadi. «Oling, oling» deyishlari 



ham anchayin bir mehmonga qilinadigan yuzaki manziratni eslatadi. 

— Hamkasblaringiz biron... noxush xabar aytishdimi?— dedi Roziya. 

— He, yo‘q, shunchaki gap... 

Sattor Fayzulla Beknazarovning «Pichoq-michoqdan ehtiyot bo‘ling!» degan tagdor gapini esladi. 

«Roziya bilan to‘g‘rilikcha yuribman-ku, nega boshliqning gapini darrov o‘zimga olaman!» deb Sattor 

ichida o‘zidan ranjidi. Ammo Nodirning «balosan!» degani buning aksini isbotlayotganga o‘xshadi. 

«Shunday qizni qo‘lga tushiribsan, o‘shanda buni qutqarganingning haqini ol, bo‘sh kelma, xotining 

borligini bildirmay yuraver, maza qil!» demoqchi edi Nodir unga. Nodir uchun chiroyli qizlar bilan 

lazzatlanib yurish — ovga chiqib, qarmoq tashlab, katta o‘lja olishday gap edi. Bunaqa «ovni» Sattor 

ham bir vaqtlar bilar edi. Ammo hozir Roziyani o‘tkinchi bir «ov» deb o‘ylasa o‘zidan jirkanardi. 

Nodirning so‘zlaridagi «ovchilik» ma’nosi esa Sattorning qalbidagi eng pok, eng aziz tuyg‘ulariga iflos 

bir qo‘l kabi tegib, chirkin iz qoldirdi. 

Hozir Sattorni ezayotgan yana bir narsa shuki, Nodir uni o‘ziga o‘xshatib «Balosan!» deganda, 

so‘ng uning rostgo‘yligini masxara qilganda, Sattor javob topolmadi, «Nasihatlar uchun rahmat!» deb 

pisillab qo‘ya qoldi. Chunki, uning tili qisiq edi! 

Sattor qadahni qo‘lga oldi. Roziya uning bir narsa deyishini kutmoqda edi. Qizning mehr to‘la 

ko‘zlari Sattorga yordam berishga, uning har qanday mushkulini oson qilishga tayyor ekanini 

bildirardi. Roziya uni boyagiday beg‘am va shod qiyofada ko‘rishni istardi. 

— Kechirasiz, Roziya... Mening hayolim bo‘lindi. Iching! Mana shu birinchi qadahimiz... oxirgi 

qadah bo‘lmasin. Dunyoda hech kim, hech narsa bizni bir-birimizdan... — «ajrata olmasin» deyishga 

Satgor jur’at etmadi... — bizni bir-birimizga qarshi qo‘yolmasin! 

— Yaxshi! 

Shampan ichib, morojenoe yeb o‘tirganlarida Roziyaning husni yana ham ochilib ketdi. Uning 

qizlik jozibasi atrofdagi hamma odamlarning e’tiborini tortmoqda edi. 

Biroq Roziyaning odamlarga bu qadar sehrli ko‘rinayotgan husni Sattor tufayli ochilib ketgani 

qizning har bir harakatidan, har bir nigohidan bilinib turardi. Sattor o‘ziga havas bilan qarayotgan 

ko‘zlarni ko‘rib, yuragi allanechuk uvushdi. U muhabbat tuyg‘usining tobora baland cho‘qkisiga 

chiqib borayotganini sezar, bu cho‘qqidan yiqilib ketsa chilparchin bo‘lishini o‘ylab, qalbini vahima 

bosar edi. U Roziyadan hali zamon mahrum bo‘lib qolishini oldindan sezayotganday iztirob chekar, 

Roziyaga termilib-termilib qarar edi. 

Roziya esa Sattordagi bu holatlarga muhabbat izhoridan oldin bo‘ladigan taraddud va tashvish 

sabab bo‘lyapti, deb o‘ylardi. Bugun hal qiluvchi bir gap bo‘linini o‘ylaganda, Roziyaning yuragi ham 

taka-puka bo‘lib qo‘yardi. Ammo Sattorning iztirobi unikidan kuchliroq ekani qizga dalda berar, 

shampan ham tasir qilib, olam uning ko‘ziga behad go‘zal ko‘rinardi. 

Ular kafedan chikib yana anhor tomonga qarab ketayotganlarida Sattor og‘ir tin olib: 

— Roziya, — dedi. — Sizdan boshqa kiz bo‘lsa, men ko‘nglimdagi sirlarimni aytib o‘tirmas edim. 

Lekin siz men uchun shunchaki bir qiz emassiz, topilmaydigan bir insonsiz. Men bu dunyoda faqat siz 

bilan baxtiyor bo‘la olishimni sezib turibman. 

Muhabbat izohini kutayotgan Roziya «boshlandi!» — deb shirin bir ehtirosdan entikdi. Sattor 

ovozi bo‘g‘ilib gapirdi: 

— Lekin men... siz bilan o‘tayotgan mana shu mas’ud damlarga haqqim bormi, yo‘qmi, 

bilmayman. 

— Nega endi? 

— Men hozir sizga munosib emasman, deb qo‘rqaman! Roziya bu gapni kamtarlik deb o‘ylab 

zavqi keldi. 

Bugun Sattordan faxrlangan paytlarini eslab kuldi-yu: 

— Siz hali o‘zingizni bilmas ekansiz, — dedi. 


Pirimqul Qodirov. Erk (qissa) 

 

 



Download 423.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling